Boris Anatolyevich Golender 1947-yil 12-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan, kimyo fanlari nomzodi. Koʻp yillar ilmiy sohada ishlagan, shu bilan birga jurnalistika va tarixiy tadqiqotlar bilan ham shugʻullangan. U "Sharq yulduzi" jurnalida maqolalari chop etilgan, "Gʻofur Gʻulom" nashriyotida ishlagan, Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga bagʻishlangan yuzdan ortiq nashrlar muallifi boʻlgan.
U "Окно в прошлое" ("Moziyga bir darcha"), "Мои господа ташкентцы" ("Mening Toshkentlik janoblarim"),"
Polonia Turkestaniana" kitoblarining muallifi, rassomlar Aleksandr Volkov va Pavel Benkov haqidagi hujjatli filmlar ssenariysi muallifi. Toshkentdagi Sergey Yesenin davlat muzeyining asoschilaridan biri bo'lib, u yerda uzoq yillar ilmiy xodim lavozimida ishlagan va ekskursiyalarga rahbarlik qilgan.
Boris Golender shaharni odamlarning taqdiri orqali tasvirlashni bilardi, tarixda
jonli xotirani ko‘rardi va Toshkent ruhini asrab-avaylab kelardi.
Tahririyat nomidan Boris Anatolyevichnig oilasi, yaqinlari va u insonni tarix bo'yicha ustoz, suhbatdosh va tarixga yo‘lboshlovchi deb bilgan hammaga samimiy hamdardligimizni bildiramiz.
