Koʻrgazma 2026 yil 1 martgacha davom etadi. Bu rassomning eng yirik
yakka loyihasidir: sobiq The Mills toʻqimachilik fabrikasi binosida anʼanaviy
kigiz va ipakdan yasalgan 100 dan ortiq asarlar namoyish etilgan boʻlib,
ular Markaziy Osiyoda xotira, qalb jarohati va ayol tajribasi haqidagi suhbatlar
mavzusiga aylanadi.
Ekspozitsiyaning
asosini muallifning o‘z qo‘li bilan tayyorlagan kigizlari, haykallar,
kollajlar, shuningdek, Mukajanovaning shaxsiy kolleksiyasidagi qadimiy matolar
tashkil etadi, ularning ko‘pchiligi qozoq madaniyatidagi sep (sarpo)
marosimlari bilan bog‘liq. Rassom sepni "to‘y uchun narsalar"
to‘plami sifatida emas, balki merosning metaforasi sifatida qayta talqin
qiladi: go‘zal naqshlar bilan birga oiladagi va tarixdagi qalb jarohatlari,
ayollarning orzu-havaslari va ular duch keladigan bosimlarni ham ko‘rsatgan.
Gulnur Qozogʻiston
koʻchmanchi madaniyati bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan material — anʼanaviy
kigizdan foydalanadi, lekin uni foydali maqsaddan tashqariga chiqaradi: ya’ni gilamlar va koʻrpa-toʻshaklar oʻrniga
tomoshabinlar qatlamli installyatsiyalar, tasviriy san’at asarlari va hajmli shakllarni koʻrishadi.
Ekspozitsiya Tsuen Wan
tumanidagi The Mills majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan bo‘lib,
tomoshabinlar go‘yo bulutlar va Markaziy
Osiyo matolaridan olingan bo‘laklardan yig‘ilgan gulli naqshlar orasidan
o‘tadigan katta o‘lchamdagi installyatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Dasturga
kuratorlik ekskursiyalari va performans tadbirlari ham kiradi: masalan, raqs va
musiqiy tomoshalar globalizatsiya davrida madaniy meros va "qalb sarposi"
mavzusini yangicha talqin qilishga yordam beradi.
Mukajanova Olmaotadagi San'at akademiyasi va Berlindagi Weißensee
Academy of Art bitiruvchisi, u uzoq vaqtdan buyon feminizm, etnografiya va
postsovet optikasi mavzularida ishlab kelmoqda. Uning asarlari
xalqaro maydonlarga, jumladan Venetsiya biennalesi va Yevropa hamda Osiyodagi
zamonaviy muzeylarga ham kirib borgan.
