Zararlarga qaramay, mutaxassislar yodgorlikni "deyarli butun" deya atamoqda va unga tarixiy qiyofasini qaytarish mumkinligiga ishonmoqda.
Muzey ma'lumotlariga ko'ra, toj o'g'rilar uni Apollon galereyasidagi singan vitrinaning tor teshigidan chiqarib olishga urinayotganda shikastlangan; bezaklarning bir qismi singan, oltin burgutlardan biri va bir nechta qimmatbaho toshlar yo'qolgan. Shu bilan birga, Napoleon III buyrug'i bilan 1855-yilda yaratilgan va 20-asr oxirida Luvr tomonidan sotib olingan imperator yodgorligining deyarli barcha zumrad va brilliant toshlari saqlanib qolgan.
Jinoyat sodir etilishi paytida, jinoyatchilar umumiy qiymati 88 million yevroga teng bo'lgan sakkizta zargarlik buyumini olib ketishgan, lekin Napoleon III ning rafiqasiga tegishli tojni qochish paytida tushirib qo'ygan. Hozir uni tiklash uchun maxsus ekspertlar qo'mitasi tuzilmoqda va tanlov orqali akkreditatsiyalangan restavrator tanlanadi; restavratsiya ishlarning narxi hozirning o'zida o'n minglab yevroga baholanmoqda.
