Qo‘g‘irchoq teatrlari va yosh tomoshabinlar teatrlari o‘rtasida spektakl yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Bolalar kontenti rivojlantirish markazi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda qo‘g‘irchoq teatrlari va yosh tomoshabinlar teatrlari o‘rtasida spektakl sahnalashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilmoqda.

Loyiha milliy ertaklar, dostonlar va mashhur tarixiy qahramonlarga yangi hayot bag‘ishlashga qaratilgan. Tashkilotchilar milliy tarix, bebaho ma’naviy meros, qadriyatlar va milliy madaniyatni o‘zida mujassam etgan ijodiy shou-tomoshalar loyihalarini ko‘rib chiqmoqda.
Ariza topshirish muddati: 27 martdan 27 aprelgacha.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.