Xiva III Xalqaro "Lazgi" raqs festivaliga tayyorlanmoqda

Joriy yilning 25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida III "Lazgi" xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi.

Manba: Afisha / O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Festival 2022-yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Festivalning maqsadi: Xorazm "Lazgi" raqs san’atining asriy an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish; raqs san’ati orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik va madaniy aloqalar ko‘lamini kengaytirish.

Festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, "Lazgi" xalqaro raqs festivali tanlovi, davra suhbati, xorijiy mutaxassislar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari, shuningdek, "Xorazm lazgi raqsi" nomli konsert dasturlari va san’atga oid ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

Festivalda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning professional raqs jamoalari va ijrochilari ikki yo‘nalishda (raqs san’ati sohasida yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan yakkaxon raqs ijrochilari va raqs jamoalari) ishtirok etadi.

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.