O‘zbekistonda Andru Donalds konsertlari bo‘lib o‘tadi

Andru Donalds — mashhur ENIGMA loyihasining yakkaxoni. Uning konsertlari 28-may kuni Toshkent shahrida, “O‘zbekiston” Xalqaro forumlar saroyida va 31-may kuni Samarqand shahrida, Silk Road Samarkand Tourist Centreda bo‘lib o‘tadi. Xonandaning ovozi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining jo‘rligida yangraydi.

Manba: Tadbir afishasi / ACDF matbuot xizmati

Andru Donalds o'zining "Modern Crusaders", "Seven Lives" va "Je T’aime Till My Dying Day" kabi kompozitsiyalari bilan tanilgan. Konsert "Oltin Asr Multimedia" bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Shuningdek, dasturda qo'shiqchining yakkaxon xitlari, jumladan, Billboard Hot 100 ro'yxatida o'rin olgan "Mishale" qo'shig'ining orkestr versiyasi ham ijro etiladi.

Chiptalar sotuvda.

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.