Mahalliy «JURNALIST» filmining birinchi rasmiy tizeri chiqdi

Film «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan. Rejissyorlar Sardor Mahmudov va Otabek Yo‘ldoshev, operator Davlat Orazaliyev. Filmning aktyorlar tarkibi hozircha oshkor etilmagan.

Manba: Film kadri / O‘zbekiston Kinematografiya agentligi axborot xizmati

Film syujetiga ko‘ra, yosh va intiluvchan jurnalist Ra’no jiddiy ishga qo‘l uradi va asta-sekin oddiy ko‘ringan voqea ortida yirik jinoiy tizim yashiringanini tushuna boshlaydi. Bosim va tahdidlarga qaramay, jurnalist shov-shuv uchun emas, balki adolat va inson taqdiri uchun kurashish kerakligini anglaydi.

“Kino — bu orkestr. Agar hamma o‘z notalarini to‘g‘ri ijro etsa, natija — san’at!” — deb yozadi filmni suratga olish jarayoni haqida o‘z ijtimoiy tarmoqlarida uning prodyuseri Xusniddin Boymatov. U, shuningdek, premyera sanasi yaqin orada e’lon qilinishini qo‘shimcha qiladi.

Filmda asosiy rollardan birini taniqli aktyor Bobur Yo‘ldoshev ijro etgan O‘zbekiston Kinematografiya Agentligi axborot xizmati, Film prodyuserining Instagram’i.

 

Ulashish:

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.