Umar Rajabovning "Yopiq eshik" nomli shaxsiy ko'rgazmasi

Ertaga, 28 aprel kuni, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyining katta ko‘rgazma zalida rassom Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Manba: caravanserai.uz

Umar Rajabov — o‘zbek rassomi, xalqaro darajadagi mukofotlar sohibi. O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi a’zosi va o‘qituvchisi. 

Rassom Xorazm viloyatida tug‘ilgan, yoshligidanoq rassomchilikka qiziqish bildirgan, Urganch san’at litseyida tahsil olgan, 2001-yilda Chexiyada bo‘lib o‘tgan “Yosh iste’dodlar” tanlovida oltin medalni qo‘lga kiritgan, bir yil o‘tib esa Hindistondagi shunday tadbirda kumush medaliga sazovor bo‘lgan. 2003-yilda Shveytsariya elchixonasidagi “Chegara” tanlovida g‘olib chiqqan. Litseyni tugatgach, Rajabov Toshkentdagi K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qishga kirgan. 2014-yildan hozirgi kungacha rassom ushbu oliy o‘quv yurtida dars beradi.

Umar Rajabov akademizm ruhida ish boshlagan, biroq keyinchalik impressionizm yo'nalishini tanlagan. Rassomning asarlari shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

Boshlanishi soat 16:00. Ko‘rgazmaga kirish bepul.

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.