Boku shahrida Sirojiddin Sayidning yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Boku’da O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Vaqt haykali” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekistondan kelgan mehmonlar Ozarbayjon Respublikasining Birinchi Prezidenti Haydar Aliyev qabri va Shahidlar Xiyobonini ziyorat qildilar.

Manba: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

So‘ngra Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining “Natavan” klubida kitob taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni ozarbayjon xalq yozuvchisi Anar ochib berdi.

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari, ikki mamlakat yozuvchilari, shoirlari va tarjimonlari ishtirok etib, ular “Vaqt haykali” kitobi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Taqdimot davomida taniqli publitsist yozuvchi, “Ozarbayjonim” xalqaro jurnali bosh muharriri, Xalqaro Fanlar akademiyasi akademigi Emil Nosirli O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayidga Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Ozarbayjon do‘sti” oltin ordeni va jurnalning faxriy a’zosi sertifikatini topshirdi.

   

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.