Samarqanddan taxminan 40 km uzoqlikda qadimiy Urgut shahri joylashgan bo‘lib, bu yerda mahalliy sigaret tamakisi ishlab chiqariladi. Shahar mamlakat bo‘ylab moda sayohat qo‘llanmalariga tez-tez kiritiladigan ulkan bozori va Zarafshon tizmasi manzaralari bilan mashhur. Ammo odamlar bu yerga boshqa narsa uchun kelishadi.
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Urgut markazidan besh kilometrcha uzoqlikda aylanasi 16 metr bo‘lgan ulkan chinor bilan mashhur afsonaviy bog‘ joylashgan. Tojik tilida Chor-Chinor «to‘rt chinor» degan ma’noni anglatadi. Bugungi kunda bu yerda ularning soni ancha ko‘p, bog‘ chinorlarning butun bir «sulolasi» tufayli shakllangan, nomdagi to‘rttasi esa — urug‘ning asoschilaridir. Eng qadimgi daraxtlarning yoshi taxminan 1200 yil, yoshroqlariniki esa 600 yil atrofida.
Eng katta chinor ichida bir vaqtlar so‘fiylik maktabi uchun boshpana bo‘lib xizmat qilgan xona mavjud. Aytishlaricha, uning ichiga qirq kishigacha sig‘ishi mumkin edi. Keyinchalik bu yerda oqsoqollar yig‘ilgan. Bugungi kunda bu yerga ziyoratchilar keladi. Qari qo‘riqchi bu yerda sadaqa uchun duo o‘qiydi.
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Daraxtlarning ildizlari yerdan chiqib, yer yuzasi bo‘ylab cho‘ziladi. Ulkan tanasi yon tomonlarga kengayib o‘sadi. Daraxtlar barg yozganda, ularning shox-shabbasi quyoshni to‘sib, sehrli soya yaratadi.
Majmua markazida buloq joylashgan. Suv g‘ayrioddiy shakldagi toshdan otilib chiqib, kichik hovuzga yig‘iladi. Mahalliy aholi bu toshni yovuz ruhlardan o‘g‘irlagan botir haqidagi afsonani aytib berishadi. Tosh bu yerga kelishi bilanoq, undan hayratlanarli darajada musaffo va toza suvli buloq otilib chiqqan. Shu zahotiyoq botir sehrli qushlar olib kelgan to‘rt chinorning nihollarini ekkan: shuning uchun bu daraxtlar zamonga bo‘ysunmaydi va hanuzgacha o‘sib kelmoqda.
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Daraxt ichida turib, uning yoshini anglab yetish qiyin. Asrlar davomida bu yerda qancha odam bo‘lganini tasavvur qilish yanada mushkul. Balki bu joyning jozibadorligi siri ham shundadir — abadiylik go‘yo sizni o‘rab olib, fikrlaringizni Yaratganga qaratishga majbur qiladi…
Eski masjid asta-sekin tartibga keltirilmoqda. Bino ichida elektr yo‘q. Yorug‘lik faqat deraza va eshiklar orqali kiradi. Kun qizig‘ida bu yetarli bo‘ladi.
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Majmuaga keksa bir qo‘riqchi qaraydi. U hududni ko‘rsatadi, masjid eshiklarini ochadi va kattalardan eshitgan hikoyalarni aytib beradi hamda duo o‘qiydi.
Mahalliy aholi eng sevimli hikoyalardan birini aytib berishadi — Sovet davrida bu joyni yo‘q qilmoqchi bo‘lishgan. Daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlash uchun ekskavatorlar keltirilgan, ammo texnika ulkan daraxtlarni joyidan qo‘zg‘ata olmagan. 
Bugungi kunda muqaddas majmua boshqa bir xavfga duch kelmoqda: bu yerda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, mish-mishlarga ko‘ra, hududni beton bilan qoplashmoqchi. Turistik obyekt sifatida majmua tashrif buyurish uchun qulayroq bo‘lishi kerak. Biroq, ming yildan ortiq yashagan bu joy yana qancha o‘zgarishlarga bardosh bera oladi? Va bu o‘zgarishlar foydali bo‘ladimi?
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Foto: Ildor Sodiqov
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Borlig‘imizning chekliligini eslatib, Chor-Chinor atrofida qadimiy qabriston yoyilgan. Va bu joyni o‘zining juda boy va uzoq tarixiga ega bo‘lgan shahar quchoqlab olgan. Ammo bu haqda — boshqa safar.