O'zbekistonlik LAZIZAR brendi "New Era Bride" kolleksiyasi bilan Mercedes-Benz Fashion Week 2026 ni zabt etdi
2026-yil 13-iyun kuni Mercedes-Benz Fashion Week 2026 doirasida yosh o‘zbek brendi LAZIZAR o‘zining «New Era Bride» nomli yangi kolleksiyasini taqdim etdi. Mavsumning eng kutilgan voqealaridan biriga aylangan ushbu namoyish sharq estetikasi, «sokin hashamat» va zamonaviy dizaynning noyob uyg‘unligini namoyish etib, tomoshabinlarning hayratiga sazovor bo‘ldi.

LAZIZARning «New Era Bride» kolleksiyasi sharq arxitekturasi, anʼanaviy toʻy liboslari va tabiiy ranglardan ilhomlangan. Dizayner chiziqlarning benuqson tozaligi va murakkab bichim orqali «sokin hashamat» estetikasini yetkazishga intilgan.
Kolleksiyada tabiiy materiallar: ipak, atlas va organzadan foydalanilgan. Qoʻl mehnatiga, ya'ni ichki ishlov berish va sharq naqshlaridan ilhomlangan kashtachilikka alohida eʼtibor qaratilgan.
LAZIZARning Mercedes-Benz Fashion Week 2026 koʻrgazmasi brend uchun muhim qadam boʻlib, uning Markaziy Osiyo zamonaviy modasi vakili sifatidagi mavqeini mustahkamladi va jahon podiumlariga chiqishga tayyorligini namoyon etdi.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.
