Ketdik! 03.07

Kettik!

Haftalik afisha

Iyulning birinchi haftasi ajoyib darajada boy bo‘lishni va’da qilmoqda. Yetti kun ichida siz bir vaqtning o‘zida Yaponiyada, Ispaniyada va sovet o‘tmishida bo‘lishingiz mumkin. Navoiyda “Karmen” premyerasi, bambukdagi tilaklar bilan Tanabata bayrami, endi o'tmishda qolgan shaharning plyonkali suratlari. Bularning barchasi orasida mutaxassislar va san’atshunoslar bilan san’at, arxitektura va adabiyot haqida suhbatlar. Xullas, ketdik!

Juma

SAN’AT

CTRL+ART yoshlar ko‘rgazmasi

CTRL+ART yoshlar ko‘rgazmasi

Yosh rassomlarning zamonaviy global o‘zgarishlar haqidagi vizual tadqiqoti. Shu bilan birga, Nur Art School bilan hamkorlikda “San’at ichida” maxsus loyihasi ishlaydi — voqea joyida material yaratuvchi bloger va kontent-meykerlar uchun laboratoriya.

Tasviriy san’at galereyasi (NBU)

Buyuk Turon ko‘chasi, 2

10 000 dan 50 000 so‘mgacha

TADBIR

Marionettes video ko‘rgazmasi — Piter Ershmann

Marionettes video ko‘rgazmasi — Piter Ershmann

Shveytsariyalik rassomning video-arti: odamlarning bir xil harakatlari cheksiz takrorlanadi, xuddi halqa kabi. Ko‘rgazma nazorat va erkinlik o‘rtasidagi chegara haqida savol qo‘yadi — odatlarimiz va kundalik harakatlarimizni aslida kim boshqaradi.

ARTepa galereyasi

Osiyo ko‘chasi, 30

Kirish bepul

Shanba

TADBIR

V. Filipenko bilan uy o‘simliklarini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha mahorat darsi

V. Filipenko bilan uy o‘simliklarini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha mahorat darsi

Amaliy mahorat darsi: gullarni ko‘chirib o‘tkazish texnikasi, tuproq va idish tanlash, keyingi parvarish. Har bir ishtirokchi o‘zi ekkan o‘simligini olib ketadi. Narxga barcha materiallar va salqin ichimliklar kiradi.

“9 Muza” san’at maydoni

Muqanna berk ko‘chasi, 18

350 000 so‘m

TADBIR

“Bo‘yoqlar” oilaviy spektakli

“Bo‘yoqlar” oilaviy spektakli

Butun oila uchun interaktiv spektakl: jonlangan bo‘yoqlar palitradan chiqib, asosiy bo‘lish huquqi uchun bahslashadi. Tomoshabinlar bu qarama-qarshilikning ishtirokchisiga aylanadi. Spektakl Buyuk Britaniyadagi eng yirik teatr festivali Fringe’ning eng yaxshi 7 ta spektakli ro‘yxatiga kiritilgan.

Teatr+

Matbuotchilar ko‘chasi, 17

80 000 dan 200 000 so‘mgacha

TADBIR

“Toshkentda eshitilgan” kechki shou dasturi

“Toshkentda eshitilgan” kechki shou dasturi

Komediyachilar va Toshkentning qiziqarli odamlari bilan late night shousi. Kechani Gimal G‘afiyatullin va Yekaterina Kabulova olib boradi. Sahna yuzida shuningdek Yeva Romanova, Rustam Musaqulov va Roma Impuls.

SAHNA Stand-Up Club

50 000 so‘mdan

Yakshanba

MA’RUZA

D. Nesterenkoning “Xayao Miyadzaki olamlari: Ruhlar o‘lkasi” ma’ruzasi

D. Nesterenkoning “Xayao Miyadzaki olamlari: Ruhlar o‘lkasi” ma’ruzasi

“Ruhlar o‘lkasi”ning yapon mifologiyasi, sintoizm va folklor nuqtayi nazaridan tahlili. Ma’ruzachi — filolog Darya Nesterenko. Suhbat Miyadzaki animelaridagi har bir obraz va madaniy ma’no ortida nima turgani haqida bo‘ladi.

“9 Muza” san’at maydoni

Muqanna berk ko‘chasi, 18

300 000 so‘m

MA’RUZA

“Qorong‘u gotikaning tug‘ilishi va o‘rta asrlar tongi” ma’ruzasi — Xafiz Xon

“Qorong‘u gotikaning tug‘ilishi va o‘rta asrlar tongi” ma’ruzasi — Xafiz Xon

XII asrda soborlar qanday qilib yuqoriga intila boshlagani, yorug‘lik qurilish materialiga aylangani va qorong‘u obrazlik butun bir davr tiliga aylangani haqida ma’ruza. Ma’ruzachi — me’morchilik va san’at tarixchisi Xafiz Xon.

Human House Gallery

Kichik Mirabad, 43

100 000 so‘m

TADBIR

“Karmen” operasining premyerasi

“Karmen” operasining premyerasi

Jorj Bize operasining Konstantin Kamımin talqinidagi yangi sahna ko‘rinishi. Voqealar 1940-1950-yillar Ispaniyasiga ko‘chirilgan. Asosiy e’tibor shaxsiy erkinlik va jamiyat bosimiga qarshilik ko‘rsatishga qaratilgan: fojiali yakun bosh qahramon ruhining g‘alabasi sifatida talqin qilinadi.

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri

Zarafshon ko‘chasi, 28

55 000 dan 165 000 so‘mgacha

Dushanba

SAN’AT

“Tortishish Markazi” ko‘rgazmasi — Alim Maratovich

“Tortishish Markazi” ko‘rgazmasi — Alim Maratovich

Alim Maratovich rangtasvir, grafika, dizayn va raqamli san’at uyg‘unligida ijod qiladi. Rassomning ilhom manbayi — Samarqanddagi Tillа-Qori madrasasining muqarnaslari. Muallif an’anaviy naqshlarni qayta talqin qilib, ularni mustaqil shakllar, ohanglar va fazoviy o‘zaro ta’sirlar tizimiga aylantiradi.

Tashkent city mall

2-qavat, Andakulova Gallery

Kirish bepul

Seshanba

MUSIQA

Tanabata festivali

Tanabata festivali

Tanabata — 7-iyulda nishonlanadigan yapon Yulduzlar bayrami. Afsonaga ko‘ra, shu kuni yiliga bir marta Vega va Altair yulduzlari uchrashadi. Mehmonlar qog‘oz chiziqlariga tilaklar yozib, ularni bambukka bog‘lashadi — bayramning asosiy an’anasi shu. Dasturda musiqa va interaktiv tadbirlar ham mavjud.

Ikuo Hirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon-saroyi

Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37A

Kirish bepul

Chorshanba

MA’RUZA

R. Safinaning “Yevropaning mashhur qal’alari 2.0” ma’ruzasi

R. Safinaning “Yevropaning mashhur qal’alari 2.0” ma’ruzasi

Yevropa qal’alari arxitekturasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar silsilasining davomi. Urushlar hamda xo'jayinlar almashinuvini boshdan kechirgan va butun davrlar ramziga aylangan binolar haqida yangi hikoyalar.

“9 Muza” san’at maydoni

Muqanna berk ko‘chasi, 18

300 000 so‘m

Payshanba

TADBIR

D. Nesterenkoning “Yevgeniy Onegin” kitob klubi

D. Nesterenkoning “Yevgeniy Onegin” kitob klubi

Pushkin romanining klub tahlili: birgalikda o‘qish, matn muhokamasi, qahramonlar haqida suhbat va “Onegin” nima uchun 200 yildan so‘ng ham zamonaviy roman sifatida o‘qilishi haqida. Boshlovchi — D. Nesterenko. Narxga choy / qahva / suv va shirinlik kiradi.

“9 Muza” san’at maydoni

Muqanna berk ko‘chasi, 18

200 000 so‘m

TADBIR

“XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi

“XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi

XX asrning turli o‘n yilliklariga oid arxiv plyonkali rasmlar: Yuriy Gagarinning Toshkentga tashrifi, eski shahar ko‘chalari, konstruktivizm geometriyasi va sovet qurilishlarining sanoat estetikasi. Ko‘rgazma 25-avgustgacha davom etadi.

Bonum Factum Gallery

Sodiq Azimov ko‘chasi, 20A

15 000 so‘m

Oldingi sonlar

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.