O'sh shahrida deportatsiya qilingan qirg‘izlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi

7 avgust kuni O‘sh viloyat tasviriy san’at muzeyida 1930-yillarda Ukrainaga deportatsiya qilingan qirg‘izlarga oid materiallarga asoslangan “Arxiv san’at sifatida” ko‘rgazmasi ochiladi, deya xabar beradi https://culture.akipress.org/news

O'sh shahrida deportatsiya qilingan qirg‘izlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi

Ekspozitsiya Gulzat Alagozning tadqiqot ishlari natijasida tayyorlangan bo‘lib, arxiv hujjatlari — Stalin qatag‘onlaridan jabr ko‘rgan shaxslarning shaxsiy ishlari, so‘roq bayonnomalari, xatlari va fotosuratlarini o‘z ichiga oladi. Materiallar shaxsiy oilaviy va davlat arxivlaridan olingan.

Avvalroq ko‘rgazma Dushanbeda Art for Social Changes – Central Asia Lab of Cultural Leaders dasturi doirasida o‘tkazilgan edi. Deyarli bir asr davomida saqlangan arxiv hujjatlari tarixning unutilgan sahifalarini anglash va tarixiy xotirani saqlashga xizmat qiladi.

Arxiv materiallari bilan bir qatorda ko‘rgazmada qirg‘iz rassomlarining rangtasvir asarlari, dekorativ-amaliy san’at namunalari va hujjatlar asosida yaratilgan installyatsiyalar, shuningdek, O‘sh viloyat tasviriy san’at muzeyi kolleksiyasidan olingan asarlar namoyish etiladi.

Ulashish:

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.