Turkmanistonlik rassom o‘z asarlarida Kaspiy dengizining go‘zalligini namoyon etdi
Turkmanistonlik rassom Ovezmuhammed Mammetnurov 1993-yildagi ilk ishidan tortib, 2023-yilda nabirasi tasvirlangan rasmgacha Kaspiy dengiziga bag‘ishlangan bir qator rasmlarni yaratdi.

Turkmaniston xalq rassomi Ovezmuhammed Mammetnurov o‘z ijodida Kaspiy dengizi tabiatining xilma-xilligiga murojaat qiladi. Ustoz faqat tabiatga qarab rasm chizadi, yorug‘lik va ranglarning har bir lahzasini ilg‘ab olishga intiladi, bu haqida Arzuw.news "Neytralniy Turkmenistan" nashriga tayanib xabar berdi.
Rassomning ilk muhim ishlardan biri 1993-yilda yaratilgan "Kaspiy dengizi" kartinasi edi. Undagi asosiy urg‘u — kema silueti. 2013-yilda rassom dengiz stixiyasiga bag‘ishlangan "Kaspiy to‘lqinlari" kartinasini taqdim etdi. Unda kemalar ham, odamlar ham yo‘q. O‘sha yili "Oq yelkanlar" asari paydo bo‘ldi, unda vertikal kompozitsiya va ko‘zgudagi aks osoyishtalik tuyg‘usini yaratadi. 2015-yilda rassom "Kaspiydagi bo‘ron" asarini yaratdi. Polotnodagi dahshatli to‘lqinlar havorang, ko‘k, binafsha, pushti va sariq ranglarni bir-biri bilan aralashtirib yuboradi. Oxirgi asarlardan biri 2023-yilda paydo bo‘lgan va "Kaspiy to‘lqinlari orasida" deb nomlangan. Unga rassom to‘lqinda o‘zini dadil tutib turgan nabirasi qiyofasini kiritgan.
Rassom boshqa mavzularda ham rasm chizadi. Hozirda u rangtasvir asarlari ustida ishlashni davom ettirmoqda. Bu yil u o‘z asarlari to‘plamini "Oqshomdagi quyosh" kartinasi bilan to‘ldirgan.
Shuningdek o‘qing
Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) birinchi ko‘rgazmani ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
HD magazine Tahririyati
Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlaridan so‘ng tog‘larda qurilgan inshootlar saqlanib qoladi
HD magazine Tahririyati
Dimash Qozog‘iston erkaklariga keskin murojaat qildi
HD magazine Tahririyati
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.