Ozarbayjon zargarlik sanʼati UNESCOning nomoddiy meros roʻyxatiga kiritildi
Ozarbayjon zargarlik sanʼati rasman UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi, deb xabar beradi iTicket.AZ.

Gap an'anaviy ozarbayjon zargarlik san'ati haqida. Bu oltin va kumushdan zargarlik buyumlarini yasashning ko'p asrlik an'anasi bo'lib, unda o'yma, filigran, qoralash va tosh qadash texnikalaridan foydalaniladi. Ustalar ko'nikmalarni avloddan-avlodga, odatda, oila ichida yoki shogirdlik doirasida o'tkazadilar.
Zargarlik hunarmandchiligining markazlari tarixan Boku, Shusha va Lahij hisoblanadi. Mis va kumush ishlab chiqarishi bilan mashhur bo‘lgan Lahijda ustaxonalar hozirgi kungacha faoliyat yuritadi va sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
"Zargarlikning UNESCO ro'yxatiga kiritilishi — xalqimizning ko'p asrlik madaniyatini va ozarbayjon ustalarining jahon madaniy xilma-xilligiga qo'shgan hissasini tan olishdir",
Bu UNESCO roʻyxatlaridagi birinchi ozarbayjon ramzi emas. Ilgari unga quyidagilar kiritilgan edi:
- mugham — anʼanaviy musiqiy shakl, ya'ni maqom
- Navro‘z — bahorgi tengkunlik bayrami
- gilamdo‘zlik
UNESCO ma'lumotlariga ko'ra, Reprezentativ ro'yxat dunyoning turli mamlakatlaridan 600 dan ortiq elementni o'z ichiga oladi. Unga kiritilish muhofaza maqomini bildirmaydi, lekin xalqaro e'tirof etilishiga va an'anani saqlab qolishga yordam beradi.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.