Turkiston 2027-yil uçun islom dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi

Islom dunyosi ta'lim, fan va madaniyat taşkiloti (ISESCO) Turkistonni 2027-yil uçun islom dunyosining madaniy poytaxti deb tan oldi, deb xabar beradi inform.kz. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev X ijtimoiy tarmoğida e'lon qildi.

Turkiston 2027-yil uçun islom dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi

Uşbu maqom doirasida keng kölamli madaniy tadbirlar ötkaziş rejalaştirilgan. Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro forum, adabiyot va tilga bağişlangan tadbir, şuningdek turkiy va islom dunyosi muzey işi mutaxassislarining uçraşuvi taşkil etiladi. Taşabbus turkiy tsivilizatsiyaning ma'naviy birligi va vorisiyligini saqlaşga qaratilgan.

Toqayev turkiy davlatlar hamkorligi doirasida madaniy-gumanitar aloqalarning ustuvorligini ta'kidladi. Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida u Turkiy tsivilizatsiya markazi va Daşt tsivilizatsiyasini ommalaştiriş uçun «Mәңgіlіk el» markazini taşkil etişni taklif qildi.

Qozoğiston turkiy xalqlarning tarixiy merosini örganiş, saqlaş va tarğib qilişga alohida e'tibor qaratmoqda

Mamlakatda turkiy davlatlar ilmiy jamoatçiligi iştirokida «Qozoğiston tarixi qadimgi davrlardan to bugungi kungaça» nomli yetti jildlik naşr ustida iş olib borilmoqda. Toqayev, şuningdek, turkiy tsivilizatsiya merosini asraş töğrisidagi Konvensiyani qabul qilişni tezlaştirişga çaqirdi.

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxşi materiallari, voqealari va madaniy kaşfiyotlarini yuboramiz.