Turkman avangardi polşalik ekspertlarni qiziqtirdi
Polşalik zamonaviy san'at mutaxassislari 29-31-oktyabr kunlari Aşxobodga taşrif buyurib, turkman avangardini Yevropa körgazmalarida namoyiş etiş imkoniyatlarini muhokama qildi. Safar Yevropa Ittifoqining Turkmanistondagi vakolatxonasi va mamlakat Madaniyat vazirligi tomonidan madaniy almaşinuv doirasida taşkil etildi, deb yozdi arzuw.news.

Delegatsiyaga Varşavadagi Zamonaviy san'at muzeyi direktori Yoanna Mytkovska boşçilik qildi, uning tarkibida kurator Magda Lipska va Polşa TIV xodimi Mixal Greçilo ham bor. Mehmonlar Turkmaniston tasviriy san'at muzeyiga taşrif buyurişdan boşladi, u yerda mahalliy rasmçilikning rivojlanişi va avangard oqimlarning paydo bölişini örgandilar.
Polşalik mutaxassislar, ayniqsa, 1920-yillarning boşidan 1930-yillarning örtalarigaça bölgan davr asarlari va mamlakatda professional badiiy ta'limning asosini qöygan Aşxoboddagi birinçi badiiy studiyaning asosçisi Ruvim Mazel ijodiga qiziqiş bildirdilar.
30-oktabr kuni delegatsiya Turkmaniston Madaniyat vazirligi vakillari bilan uçraşib, madaniy muloqotni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida aniq rejalar belgilandi: turkman san'atşunoslari 2027-yilda Varşavada şarq avangardi böyiça xalqaro konferensiyaga taklif qilinadi, turkman avangard rassomlarining asarlari esa bir neça Yevropa mamlakatlarida namoyiş etilişi mumkin.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxşi materiallari, voqealari va madaniy kaşfiyotlarini yuboramiz.