"Qishloq ruhoniysi kundaligi" filmi namoyishi

27-mart
19:00
image
Robert Bressonning ushbu filmi — minimalistik, sokin, ta'sirli syujetga ega. Yosh ruhoniyning ma’no va e’tiqod izlash tarixi haqida hikoya qiladi. Namoyishdan keyin kinoklubda film muhokama bo'ladi.
Narxi: istalgan miqdordagi donat
* * *

Jaz kechasi

27-mart
20:00
Фото: Крис Бейр
Kichik sahnadagi jonli jaz — ortiqcha so'zlar talab etilmaydi. Shunchaki tinglash va ritmda bo‘lish uchun keling.
Narxi: 150 000 so‘m
Direkt yoki telefon orqali joy band qiling: 91 006 93 39
* * *

Fransuzcha filmlar festivali: "O‘zgarishlar shamoli" filmi

27-mart
19:00
image
Madaniy o‘zgarishlar fonida ulg‘ayish va erkinlikka erishish tarixi. Fransuz tilidagi festivalning asosiy filmlaridan biri. Fransuz kinosi — har doimgidek, shunchaki syujet emas, undan ham kattaroq narsani anglatadi.
Kirish bepul
* * *

Roma Soyerov ko‘rgazmasi

29-mart
17:30
image
Grafikasi xavotir va jismoniy lirika o‘rtasida muvozanatlashgan yosh rassomning asarlari. "Ilhom" teatrining muhiti idrokka qo‘shimcha qatlam qo‘shadi.
Kirish bepul
* * *

Vinil plastinkalar do‘konini ochish

29-mart
20:00
image
Musiqa ixlosmandlari va strimingdan charchaganlar uchun tashkil etilgan joy. "Nukus89" o'z vinillar do‘konini shinam muhit, musiqa haqidagi suhbatlar va ilk nusxalar savdosi bilan ishga tushirmoqda.
* * *

"Iolanta" operasi

9-mart
18:00
image
Chaykovskiyning lirik dramasi ma’rifat, ichki yorqinlik va muhabbat qudratining hikoyasidir. Mamlakatning asosiy sahnasida qo‘yilgan.
Narxi: 44 000 so‘mdan boshlanadi
* * *

"Ortiqcha narsalardan xalos bo‘lish — yangi narsalarga joy bo‘shatish" nomli ma’ruza

29-mart
17:00
image
Shkaflar, boshimiz va atrofimizdagi muhitni tozalaymiz. Ma’ruza nafaqat tartib to‘g‘risida, balki ichki to‘siqlar haqida ham bo‘ladi. Foydali, strukturali va ilhomlantiruvchi.
Kirish bepul
* * *

"So‘nggi nafasda" filmi

29-mart
19.30
image
Godar, Belmondo va ekrandagi erkinlik. Fransuz klassikasining yangi to‘lqini — dadil, nafis, samimiy. Katta ekranda namoyish etiladi.
Narxi: 50 000 so‘m
* * *

Kamer musiqasi konserti

29-mart
18:00
image
Dasturda Shostakovichning simfonik ko‘lamni kamer nozikligi bilan uyg‘unlashtirgan fortepiano kvinteti hamda Sviridovning Sergey Yesenin she’rlariga bitilgan "Отчалившая Русь" vokal dostoni o‘rin olgan bo‘lib, ular rus lirikasining teranligini namoyon etadi.
Narxi: 55 000 so‘m