Kettik!
Haftalik afisha
Birinchi yozgi Kettik muborak bo‘lsin, o‘rtoqlar! Xotirjamlikni saqlang va quyida ko‘rsatilgan tadbirlarga e'tibor qiling.
Payshanba
MUSIQA
Eko Ritm festivali: musiqa, tabiat va birlik
Jonli konsert, eko-kvestlar, ta’limiy o‘yinlar va Yevropadan kelgan DJlar - bularning barchasi birgalikda Yer bizning umumiy uyimiz ekanligini eslatib turadi.
Moviy gumbazlar xiyoboni
"chipta" bo‘yicha kirish bepul — plastik idishlar, kiyim, o‘yinchoq olib keling yoki daraxt ekish uchun donat tayyorlang
TADBIR
Jazz Evening: Broadway’s Hits
Brodveyning afsonaviy ohanglari shinam muhitda, kechki shahar manzarasi bilan. Dress-kod: kechki
Sonet restorani
Holiday Inn, O'qchi ko'chasi, 3
210 000 UZS (ovqat va ichimliklar uchun alohida haq to‘lanadi)
Juma
TADBIR
"Ityurak" spektakli
Sahnada yangi mavjudot dunyoga keladi — inson bilan it o‘rtasidagi, erkinlik bilan dasturlash oralig‘idagi. Bulgakovning asariga Nechayev, Oruell va Avesto matnlari qo‘shilgan bu spektakl, tanlov tobora xomxayolga aylanib borayotgan dunyoda biz kimligimizni qayta idrok etishga undaydi.
"Ilhom" teatri
Paxtakor ko‘chasi, 5
от 150 000 UZS
Shanba
TADBIR
Storitelling bo‘yicha vorkshop
Matn yozayotgan, video olayotgan yoki shunchaki o‘zingiz va faoliyatingiz haqida so‘zlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bu yerga marhamat.
Cultura gastrobar
Sharof Rashidov ko‘chasi, 40
250 000 UZS (включает велком-дринк)
Yakshanba
MUSIQA
ÖZ — 3 yoshda: reyv, ping-pong va xotiralar
Sevimli DJ’lar, chill musiqa, raqslar, taomlar va stol tennisi - o‘z tarixining boshlanishida bo‘lgan barcha narsalar yana bir joyda to‘planadi.
Musiqaxona
Pahlavon Mahmud shoh ko‘chasi, 25-uy
вход свободный
TADBIR
"Qoch, Lola, qoch" filmi namoyishi
Bir hikoyaning uch talqini, yagona shahar, sevishgan juftlik va barchasini qutqarish uchun atigi yigirma daqiqa. Tasodiflar, qarorlar va vaqt haqidagi mashhur nemis trilleri - Gyote instituti homiyligida asl tilda rus tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Kinoxona
Suqrot ko‘chasi, 10
50 000 UZS
MA’RUZA
Kino ma’ruza: "Ekshen filmlar"
Bryus Li nega afsonaga aylandi? 80-yillarda jangari filmlar qanday hukmronlik qildi va keyinchalik nima xato ketdi? Kinoshunoslar va podkastchilar ekshen (action) janri qanday yuksalish va inqirozlarni boshdan kechirganini hamda uning qayta tiklanishi... aynan Indoneziyada boshlanganining sabablarini gapirib berishadi.
Community Coffee Bar
O'qchi ko'chasi, 3
50 000 UZS
SAN’AT
Art-kechki ovqat: "Luvrga sayohat"
Bu oqshom siz Toshkentdan chiqmay turib, Luvrda bo‘lasiz. Shampan vinosi solingan qadah atrofida buyuk asarlar, rassomlar va san’atni haqiqiy ma’noda qanday idrok etish haqida suhbat bo‘ladi.
"Kandinskiy" san’at klubi
350 000 UZS (ma’ruza + shampan vinosi qadahi)
TADBIR
"Ka mate. Ka ora" spektakli
O‘zini va jamiyat me’yorlariga sig‘maydiganlarni qabul qilish haqidagi vizual-plastik tomoshа.
"Ilhom" teatri
Paxtakor ko‘chasi, 5
от 150 000 UZS
TADBIR
RIKUDO FEST: shovqin, underground, moshpit
To‘rtta guruh, cheklanmagan bar va hatto yozgi jala ham o‘chirolmaydigan quvvat. Bu tun murosaga kelishni istamaganlar uchun. Yosh chegarasi: 16+ (обязательно иметь документ)
VM Bar
ул. Ўзбекистон овози, 21
50 000 UZS - 7-iyungacha repost qilinsa, repostsiz - 80 000 UZS
Oldingi sonlar
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.