Community ruknimizning yangi qahramoni — Faniya Dedenyeva. Rassomning hayot yo‘li bizni nafaqat hunarmandchilik tarixi sifatida, balki ijodkorlik hayotga ma’no berib, asosiy yo‘nalishga aylanishi mumkinligi namunasi sifatida ham qiziqtiradi.
Faniya Dedenevaning ijodiy tarjimayi holi oilasini fojiali yo‘qotishdan boshlangan. U bolalar uyida tarbiyalangan, institutga kirishni orzu qilgan, ammo ishlashga majbur bo‘lgan. Bu sinovlar uni sindirmadi, aksincha, o‘z dardini ijod orqali yengishga undadi.
Hozirda Faniya Dedenyeva nafaqat rassom, balki pedagog sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, u institutda tahsil olishga ulguradi, mehribonlik uylaridagi bolalar bilan shug‘ullanadi, mahorat darslarini o‘tkazadi, Toshkent tarixi muzeyida ishlaydi.
“Ishlab, o‘qiganingda ko‘proq bilim olasan va bolalarga ko‘proq narsa o‘rgata olasan. Bu men uchun muhim, shuning uchun o‘qishni davom ettirgan bo‘lardim”, – deydi Faniya Dedenyeva.
U bilan suhbat juda samimiy va ta’sirli bo‘ldi. Video YouTube kanalimizda (suhbat rus tilida) ko‘rishingiz mumkin.