HD Portrait

Vyacheslav Axunov: "Erkinlik хuddi kislorod bilan bog‘liq kasallikka o‘xshaydi" (VIDEO)

HD magazine Tahririyati

1 daqiqa o‘qish
Vyacheslav Axunov: "Erkinlik хuddi kislorod bilan bog‘liq kasallikka o‘xshaydi" (VIDEO)

HD magazine nashri konseptual rassom Vyacheslav Axunovning videoportretini taqdim etadi.

U bolaligidan etikdo‘zlik ustaxonasini orzu qilardi, bugun esa ustaxonasining bo‘sh devorlarini yorqin ranglar bilan bezatmoqda. Rassom uchun erkinlik mutlaq emas, balki mantiqiy qarama-qarshilikdir: “Erkinlik kislorodga o‘xshaydi: kislorod ko‘payib ketsa odam o‘ladi”, – deydi Axunov.

U yoshligida otasiga qarshi borgan, ko‘p marotaba ishidan ayrilgan, taqiqlar va senzuraga uchragan, ammo aynan qarshilik hissi uning ijodiy quvvatiga aylangan.

“Yolg‘izlik rassomning qismati. Konseptuallik (asarning g‘oyasi yoki konsepsiyasi uning moddiy mujassamlashuvidan muhimligi) yolg‘izlikni va tafakkurni yaxshi ko‘radi. Bu boshqa turdagi bo‘shliqdir. Bo‘shliq – bu g‘oyalar, tashabbuslar tug‘iladigan makon, ya’ni marosimlar o‘tkaziladigan joydir”, – deydi Axunov o‘z yondashuvi haqida.

Ustaxonadan tashqarida uning hayoti boshqacha: rafiqasi Ozoda bilan 44 yillik turmush, choynak, to‘g‘ralgan piyoz va uydagi sukunat. “Usiz bu uy xotirjamlik maskani bo‘lmasdi”, — deya tan oladi rassom.

To‘liq videoportretni YouTube-kanalimizda tomosha qiling.

Ulashish:

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.