“Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimediya ko‘rgazmasi
Qachon: 18-23-noyabr
Qayerda:  Tashkent City Mall
Multimedia installyatsiyalari, arxiv xatlari va voqealarni vizual jihatdan qayta tiklash orqali jadid islohotchilari o‘tmishiga sayohat. Sizni davrni o‘zgartirgan madaniyat va g‘oyalar haqidagi qiziqarli hikoya namoyishi kutmoqda.
image
Alex Solely fortepiano kechasi
Qachon: 21-noyabr, 19:00
Aleks Solelydan nafis neoklassik uslubidagi fortepiano kechasi. Yoqimli kinolarimizdan olingan musiqa, tor doiradagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangansamimiy muhit. Dasturdan K. Sen-Sans, E. Sati, Sh. Guno asarlari, L. Eynaudi, Ya. Tirsen, F. Glass musiqalari va Alex Solely mualliflik asarlari o‘rin olgan.
image
“Professor sinfi talabalari” konserti
Qachon: 21-noyabr, 18:00
Chiptalar narxi: 55 000 so‘m.
Konsert Davlat Konservatoriyasining 90 yilligiga bag‘ishlanadi. Yosh ijrochilar ustoz rahbarligida tayyorlangan akademik dasturlarni taqdim etadi.
image
“Orange Day” – Human House mahorat darslari
Qachon: 22-noyabr, 12:00 
Qayerda: Human House 
Kirish bepul
Amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar, art-faollik va do‘stona muloqot. O‘zingizni yangi jabhalarda sinab ko‘rish va Human House muhitidan zavq olish uchun yaxshi imkoniyat.
image
“Dali, Valentino, Dior kabi dizaynerlarni ilhomlantirgan rassomlar haqida” art branch (san’at bilan tanishtiruvchi ma’rifiy tadbir)
Qachon: 22-noyabr, shanba, 15:00
Qayerda: Tut Workspace  
Narxi: 350 000 so‘m (chipta narxiga ma’ruza, choy/qahva, esdalik otkritkalari kiradi)
Moda va san’atga qiziquvchilar uchun ikki spiker – stilist Anastasiya Motorina va san’atshunos Natalya Novikovadan interfaol branch. Dior, Valentino va boshqa dizaynerlarning zamonaviy dizayn yechimlari bo‘yicha muhim hamkorliklari haqida hikoya qiluvchi misollar, voqealar va jonli munozaralar vositasidagi suhbat.
image
NeUyat 2025 festivali: Xotira, ruhiy jarohat
 va ayollar birdamligi haqidagi ko‘chma ko‘rgazma
Qachon: 23-noyabr - 12-dekabr
Qayerda: Bonum Factum galereyasi
Kirish bepul (18+)
Zo‘ravonlik, sukunat va ruhiy jarohatdan sog‘ayish uchun ichki kuch topishmavzusiga bag‘ishlangan to‘rtinchi NeUyat festivali bu yil O‘zbekiston shaharlari  Samarqand, Farg‘ona, Toshkent bo‘ylab sayohat qiluvchi yagona ko‘chma ko‘rgazma shaklida o‘tkazilmoqda.
“Moda va kino: 20-40-yillar – ovozsiz kino va Gollivudning oltin davrlari” ma’ruzasi
Qachon: 23-noyabr, 16:30
Ishtirok etish narxi: 150.000 so‘m
Ma’ruza muallifi: Alesya Kichko
Ilk kino olamiga sayohat  Gollivud timsollari trendlar yaratgan "oltin davr"lar.Kino yulduzlari o‘tmishi, Max Factorning paydo bo‘lishi, mashhur qiyofalarningyaratilishi va davr uslubini belgilagan dizaynerlar – kinodagi moda haqidagi turkumning birinchi ma’ruzasida.
image
Natalya Novikova bilan “Rangtasvirda Injil rivoyatlari” mavzusidagi art branch
Qachon: 23-noyabr, yakshanba, soat 15:00
Qayerda: Tut Workspace 
Narxi: 250 000 so‘m (chipta narxiga ma’ruza, choy/qahva, esdalik otkritkalari kiradi)
Rassomlar ijodidagi mashhur rivoyatlar. Uyg‘onish davridan modern davrigacha bo‘lgan rangtasvirdagi asosiy Injil rivoyatlari tahlili. Nima uchun rassomlar bu mavzularga har doim qaytgan va rasmlarning ramziyligida nima yashiringan? 
image
Yevropa artxaus kinosi kuni
Qachon: 23-noyabr, shanba
18.30 “Muhabbat”, rej. Karoy Makk (1970)
20.30 “Mening yigirmanchi asrim”, rej. Ildiko Enyedi (1988)
Qayerda: Kinoxona 
Kinoxona ilk bor Yevropa artxaus kinosi kuniga qo‘shilib, Vengriya kinosining ikki durdonasini namoyish etadi. Namoyishlar ruscha subtitrlar bilan asl tilda ko‘rsatiladi. Ushbu tadbirdan maqsad — mustaqil kinoteatrlarni birlashtirish va mualliflik kinosini qo‘llab-quvvatlash. 
image
“Nafis san’at ustaxonasi” dasturi ochilishi
Qachon: 23-noyabr, yakshanba
13:00–14:00 — Xomaki tasvirlar ustaxonasi: portret (9+)
15:00–16:00 —Syurpriz ustaxona. Alina Mish (6+)
Respublika bolalar kutubxonasi bilan muzeyning qo‘shma loyihasi – uning doirasida bir qator ustaxonalardagi amaliyotlar, ekskursiyalar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, an’anaviy muzey shakllari zamonaviy madaniy hodisalar bilan uyg‘unlashadi. Ishtirokchilarni tadqiqot, ijod va san’atga jonli ravishda sho‘ng‘ish maydoni kutmoqda.
image
“Kuyovlar” spektakli
Qachon: 25-noyabr, seshanba, 19:00
Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha.
Yorqin aktyorlik ishlari, komediya zavqi va klassik syujetga zamonaviy nuqtayi nazar aks etgan mashhur spektakl. Bosh rollarda tomoshabinlarning sevimli aktyorlari: Tatyana Kravchenko va Aleksandr Pankratov-Chyorniy.
image
Dizayner Rada Safina bilan “Antonio Gaudi arxitekturasi” san’at kechasi
Qachon: 27-noyabr, payshanba, 19:00 
Qayerda:  Tut Workspace 
Narxi: 250 000 so‘m (chipta narxiga ma’ruza, choy/qahva, esdalik otkritkalari kiradi)
Mehmonlar me’morning falsafasi, uning ramzlari, Barselona qiyofasini va me’morchilikdagi uyg‘unlik g‘oyasini o‘zgartirgan tabiiy shakllar va dadil qurilmalar haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
image