Bizning to‘plamimizdagi filmlar nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi yilmavzusiga bag‘ishlangan, balki “o‘sha” bayramona kayfiyatni hamyaratadi. Bular komediyalardan tortib she’riy dramalar vaertaklargacha, xullas ozroq bo‘lsa ham tantana ruhini beradiganhikoyalar.

Yangi yil bilan! Yangi yil film konserti. O‘zbekfilm tabrigi (1971)

Bu eng aniq misol emas-u, lekin 70-yillarning boshlarida O‘zbekistonda Yangi yil ekranda qanday jaranglagani va aks etganiniifodalaydi. Bu badiiy film emas, balki yangi yil haqidagi film-konsertdir. Kadrda Botir Zokirov qo‘shiqlari, balerina Galiya Izmaylova raqsi va “Yalla” ijrosidagi “Andijon polkasi”. Milliy ohanglar, tanish kuylar vabir paytlar bayram oqshomida oilalarni birlashtirgan televideniyemuhiti.
Syujeti uchun emas, balki kayfiyat beruvchi o‘tmishdan kelgan Yangi yil maktubi sifatida qabul qilish mumkin.

Qizlar, Yangi yil bilan (2022, Qozog‘iston), Askar Bisembin

Yosh kelin Janiya to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytdauning rejalarini sobiq xotini oldiga qochib ketgan xiyonatkorkuyov barbod qiladi. Yangi yilni singan ko‘ngil bilan kutibolishga tayyorlanayotganda, yaxshi ertaklarda bo‘lganidek, uningoldiga sodiq do‘stlari Saya va Dana yordamga kelishadi. Ularafsonada aytilgan shaxsiy hayotni yaxshilashga yordamberadigan mo‘jizaviy toshga qishki sayohatni taklif qilishadi.

Majburan otaga aylangan erkak (2020, Qozog‘iston), Oljas Ibrayev

Yangi yil hikoyalarida kamdan-kam hollarda haqiqiy yangiliknikutasiz, lekin ba’zida u sodir bo‘lib turadi, masalan, 2020-yili TaukelMuslim bosh rolni ijro etgan lentada.
Bosh qahramon politsiyadan qochib, tasodifan begona xonadongatushib qoladi-u yerda ikki yosh bola: bizga haqiqiy ota ber, deyatilak bildirayotgan bo‘ladi. Shu tarzda, notanish odam to‘satdan otagaaylanib, aqlli, ammo tinib-tinchimas bolalarni boshqarishga harakat qiladi. Eng oddiy bayramni haqiqiy sarguzashtga aylantiradigantasodiflar haqidagi maroqli hikoya.

“Kelin ham odam-2” (2019, Qozog‘iston), Askar Uzabayev

Ushbu dilogiyaning syujeti kelin va qaynona o‘rtasidagi abadiy qarama-qarshilik bo‘lib, bu holat komediyalarning alohidayo‘nalishiga aylanib ulgurdi.
Birinchi qismda qahramonlarning tanasi almashib qoladi va ular bir-birlarini yaxshiroq tushuna boshlaydilar. Yangi yil mo‘jizasi esaAyjan va uning turmush o‘rtog‘i Maqsat bilan sodir bo‘ladi – turmush, ish va farzand kutish ularni shunchalik charchatadiki, taqdirularning hayotiga aralashishga qaror qiladi.
Mazkur kartina ushbu janrda kamdan-kam kuzatiladigan omadli film: tanish oilaviy hikoya, Yangi yil moʻjizasi, yulduzli ijro va hatto RozaRimbayeva ham o‘zini ijro etadi. Mintaqada Yangi yil haqidagifilmlar ichida omadli chiqqan kam sonli kinolardan desak bo‘ladi.

“Qizil olma” (1975, Qirg‘iziston), Tolomush Okeyev 

Agar Yangi yil ta’tillarida komediyalar emas, balki sokin, chiroylikino ko‘rishni istasangiz, bu aynan shunday film. TolomushOkeyevning Qizil olma asari 60-70-yillarning yosh rejissyorlarikinoning yangi tilini kashf etgan vaqt – “qirg‘iz mo‘jizasi davriningshe’riy dramasidir.Temir olomon orasida qo‘qqisdan uchratib qolgan o‘ta maftunkorqizni sevib qoladi. Ammo uning samimiy hislari kundalik hayot bilanyuzlashadi. Yigit o‘z orzusi timsoli  qizil olmani sovg‘a qilmoqchibo‘lganida, buni qiz umuman tushunmay, hatto asabiylashadi.
Yillar o‘tadi. Qahramon mashhur rassomga aylanadi, ammo o‘sha ismi noma’lum qo‘liga olma ushlagan qizning timsoli uni tushlarida tark etmaydi. Rassom o‘tmish bilan hozirgi hayotni yarashtirishga harakat qiladi, o‘z hayotini yo‘lga qo‘yishga va yoshlikdagi tuyg‘ular bilan kattalar hayoti o‘rtasida uyg‘unlik topishga intiladi.

“Birtuuganchik” (2014, Qirg‘iziston), Daniyar Bolotbekov, AsxatTabaldiyev

Bosh qahramon Baqit uylanmoqchi bo‘ladi, ammo otasi ham qayta uylangani sababli to‘satdan o‘gay ukasi Aman paydo bo‘lganini bilib qoladi. Beso‘naqay va biroz g‘alati bo‘lgan bu bola Baqitning hayotini ostin-ustun qilib yuboradi.
Film shunchaki komediya emas — u oilaviy qadriyatlar, ota-onalar bilan munosabatlar va to‘y an’analari haqida. Qahramonlar janrga xos tarzda turli-tuman, ko‘pincha esa kulgili vaziyatlarga tushadi. Shu bilan birga, tomoshabin haqiqiy oila har qanday tushunmovchilikdan afzalroq degan muhim xulosani ham oladi.
Ssenariy va rejissura KVN (Quvnoqlar va zukkolar klubi)ning “Asia MIX” jamoasi a’zolariga tegishli, bosh rollarda esa taniqli KVNchilar va qirg‘iz aktyorlari.
“Birtuuganchik” (2014, Qirg‘iziston)