Kettik! 05.06

Kettik!

Haftalik afisha

Bu hafta zerikishga vaqt bo‘lmaydi! Chunki Bobur Alimxo‘jayevning qo‘shaloq ekspozitsiya texnikasidagi fotoko‘rgazmasi, tonggi yugurishdan so‘ng kofe-reyv, Pushkin tavallud topgan kunga bag‘ishlangan kviz, dam olish kunlarida Sorrentinoning ikkita filmi va Registon maydonida Jon Legend. Bular bilan bir qatorda moda va Karavajo haqidagi ma’ruzalar, art-obyektlar orasida kamera orkestri, nay konserti va yakunida 80-yillar xitlarini ijro etuvchi simfonik orkestr sizni kutib oladi. Kettik!

Payshanba

TADBIR

Duality. X-Ray of Memory fotoko‘rgazmasi — Bobur Alimxo‘jayev

Duality. X-Ray of Memory fotoko‘rgazmasi — Bobur Alimxo‘jayev

2019–2025 yillarda ikki marta ekspozitsiya texnikasida yaratilgan oltita fotopanno. Har bir asar rentgen suratiga o‘xshaydi: insonning faqat o‘zigagina ma’lum bo‘lgan yashirin tomonlarini ochib beradi. Ko‘rgazma 5 iyundan boshlab tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.

Nukus ko‘chasi

31, 1-qavat (IL Home)

Kirish bepul

Juma

TADBIR

“Xalifa Laylak” qo‘g‘irchoq spektakli

“Xalifa Laylak” qo‘g‘irchoq spektakli

Vilgelm Gaufning ertagi asosida sahnalashtirilgan. Xalifa laylakka aylanadi va unga inson qiyofasini qaytaradigan sehrli so‘zni yo‘qotadi. Rejissyor Roman Boklanov ertakni qayta talqin qilib, uni erkinlik va yolg‘izlik haqidagi hikoyaga aylantiradi. Spektakl O‘zbekiston milliy qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadi, hozirda u yerda keng ko‘lamli yangilanishning birinchi bosqichi amalga oshirilgan.

Afrosiyob ko‘chasi

1 (O‘zbekiston milliy qo‘g‘irchoq teatri)

40 000 dan 60 000 so‘mgacha

Shanba

TADBIR

“Barakalla, Pushkin!” intellektual kvizi

“Barakalla, Pushkin!” intellektual kvizi

Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan kviz: ishtirokchilar yozuvchining tarjimayi holi, ijodi, ekranlashtirilgan va teatrlarda sahnalashtirilgan asarlar haqidagi savollarga javob beradi. Jamoalar 6 kishigacha. Ro‘yxatdan o‘tish telegram akkaunt orqali @misanthropic_toad yoki telefon raqami: +998993465117

1-Olmachi yo‘li

37, “Drugiye zveri” teatri

Bir o‘yinchi uchun 70 000 so‘m, to‘lov joyida

TADBIR

Coffee Run Party yugurish va ziyofat

Coffee Run Party yugurish va ziyofat

Zaamin Ultra arafasida — birgalikda ertalabki yugurish, undan so‘ng dj ianiiiron pultga o‘tadi va kofe-reyv boshlanadi. Welcome drink — filtr kofe.

Rassvet Coffee

Kirish bepul

HAMJAMIYAT

“Sun’iy intellekt va ruhiy salomatlik” Meet Up

“Sun’iy intellekt va ruhiy salomatlik” Meet Up

Sun’iy intellekt shifokor, psixolog va psixoterapevt amaliyotini qanday o‘zgartirishi haqidagi birinchi professional Meet Up. Psixologlar, psixoterapevtlar, psixiatrlar, kouchlar, talabalar va mavzuni tushunishni istagan barchaga mo'ljallangan uchrashuv. Format — fanlararo muloqot. Tashkilotchi: @artclub.kandinsky

Impact Hub Tashkent

150 000 so‘mdan

TADBIR

Kinoklub: “Jazda faqat qizlar”

Kinoklub: “Jazda faqat qizlar”

Merilin Monro ishtirokidagi 1959-yilning klassik komediyasi, fikm asl tilda ingliz va rus subtitrlari bilan namoyish etiladi. Tomoshadan so‘ng istaganlar uchun muhokama o‘tkaziladi. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish telegram akkauntlar @opoytseva, @mortenuit yoki telefon raqamlari +998933864730 / +998946783212 orqali

Kichik Mirabod

43

100 000 so‘m

Yakshanba

MODA

“Kino va moda” ma’ruzasi

“Kino va moda” ma’ruzasi

Moda tarixchisi Alesya Kichkoning kinematograf asr davomida fashion-industriyaga asosiy obrazlarni qanday belgilab bergani haqidagi maʼruzasi. Garboning erkaklar kostyumlari, Xepbernning «Tiffani oldidagi nonushta» filmidagi kalta qora koʻylagi, «Matritsa» ning charm plashlari va Miranda Pristlining tahririyati — bularning barchasi ekran tashqarisiga chiqib, haqiqiy trendga aylangan obrazlardir.

«9 Muz» sanʼat maydoni

Muqanna berk koʻchasi, 18

300 000 soʻmdan

TADBIR

«Karavadjo. Yangi rangtasvirning tugʻilishi» art-branchi

«Karavadjo. Yangi rangtasvirning tugʻilishi» art-branchi

Uchrashuv rangtasvir tarixini «oldin» va «keyin»ga ajratgan rassomga bagʻishlangan. Karavadjio birinchi boʻlib yorugʻlikni suratning bosh qahramoniga aylantirgan edi, uning keskin soyalari va deyarli teatrlashtirilgan yoritilishi XVII asr uchun inqilob boʻlib, butun Yevropa barokko rangtasviriga taʼsir koʻrsatdi. Uchrashuvda uning texnikasi, tarjimayi holi va eng mashhur asarlari tahlil qilinadi.

«9 Muza» sanʼat maydoni

Muqanna berk koʻchasi, 18

350 000 soʻmdan

TADBIR

«Boʻronli dovon» filmining tahlili

«Boʻronli dovon» filmining tahlili

Emili Bronte romanining yangi ekranlashtirilishini birgalikda tomosha qilish va kinoshunos Kristina Romanova bilan tahlil qilish. Rejissyor asl manba bilan qanday ishlaydi, nimani oʻzgartiradi, nimani saqlab qoladi va nima uchun «Boʻronli dovon» nashr etilganidan deyarli 180 yil oʻtib ham ekranlashtirilmoqda.

«9 Muza» sanʼat maydoni

Muqanna berk koʻchasi, 18

350 000 soʻmdan

Dushanba

MUSIQA

Jon Legend konserti

Jon Legend konserti

Jon Legend — EGOT maqomi sohibi: sanoatdagi yagona toʻrtlik mukofot — «Gremmi», «Oskar», «Toni» va «Emmi». Jonli pianino soul, All of Me va Ordinary People xitlari — bularning barchasi Registon fonida.

«Registon» maydoni

Samarqand

600 000 soʻmdan

Payshanba

MUSIQA

Romantic Collection orkestri ishtirokida tor doiradagi kecha

Romantic Collection orkestri ishtirokida tor doiradagi kecha

Art-galereya makonida kameral orkestr. Musiqiy kechaning mavzusi — romantikа. Jonli musiqa sanʼat asarlari orasida yangraydi. Chiptalar: showgo.uz

Kichkik Mirobod

43

105 000 soʻmdan

MUSIQA

Mohir nay musiqachisining konserti

Mohir nay musiqachisining konserti

mohir Jahon repertuaridan nay musiqasi kechasi: opera mavzularidagi fantaziyalar, romantik kuylar va ansambl ijrosidagi qo'shiqlar. Dastur venger xalq navolari, nemis romantikasi va «Karmen»dagi Ispaniya muhitini qamrab oladi. Dasturda: Dopplyor — «Venger fantaziyasi»; Taffanel — «Erkin o'qchi» mavzularidagi fantaziya; Veber / Sıbin — «2-sonli konsert allegrosi»; Born — «Karmen mavzularidagi yorqin fantaziya»; Andersen — ikki nay uchun «Harbiy allegro».

Botir Zokirov koʻchasi

1

66 000 soʻm

SAN’AT

Gulya Gromovaning «Hayot rangi: Transformatsiya 36» nomli rangtasvir koʻrgazmasi

Gulya Gromovaning «Hayot rangi: Transformatsiya 36» nomli rangtasvir koʻrgazmasi

Rassom Gulya Gromovaning 36 yillik faoliyati retrospektivasi — 1990-yillardagi asarlardan eng yangilarigacha namoyish etiladi. Ko'rgazma badiiy tili va mavzu ustuvorliklari evolyutsiyasini qamrab oluvchi toʻqqiz qismdan iborat.

Paxtakor koʻchasi

5

Kirish bepul

Juma

TADBIR

Sorrentino Weekend: “Buyuk go‘zallik” va “Latofat”

Sorrentino Weekend: “Buyuk go‘zallik” va “Latofat”

Kinoxona TFS bir rejissyorning ikki filmini shu dam olish kunlariga to‘pladi. “Oskar” sovrindori va Kann festivalining doimiy ishtirokchisi Paolo Sorrentino — zamonaviy Italiyaning asosiy rejissyorlaridan biri hisoblanadi. Ikkala filmni nafaqat bosh roldagi doimiy Toni Servillo, balki Sorrentinoning asosiy savoli birlashtiradi: xomxayollar, kuch va yoshlik ketganda inson nima bilan qoladi? “Buyuk go‘zallik” (2013) filmi namoyishi shanba kuni, “Latofat” (2026) filmi namoyishi esa yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kinoxona TFS

Sokrat ko‘chasi, 10

70 000 so‘mdan

Oldingi sonlar

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.