Kettik! 15.05

Kettik!

Haftalik afisha

May oyi bizni yorqin voqealar bilan quvontirishda davom etmoqda! Bu haftada bizni fransuz nuari klassikasi, TNT rezidentidan stendap, keng ko‘lamli xalqaro operetta gala-konserti, tor doiradagi monospektakl va, albatta, afsonaviy «Ruki vverx!» bilan uchrashuv kutmoqda. Eng kichik tomoshabinlar uchun esa maxsus bolalar konserti tayyorlangan. Qayerga borishni tanlang va Toshkent madaniyatidan zavqlaning!

Juma

MUSIQA

Retro Film klubida "Samuray"

Retro Film klubida "Samuray"

Rejissyor Jan-Pyer Melvilning 1967-yilda suratga olingan jinoiy neo-nuar filmi ushbu janrdagi eng nufuzli Yevropa filmlaridan biridir. Alen Delon o‘z sha'n kodeksi asosida yashovchi, kamgap va sovuqqon professional qotil Jef Kostello rolida. Minimalistik estetika, jarangdor musiqa va har bir kadr ustidan mutlaq nazorat. Film bugungi kunda ham butun dunyo kinomaktablarida o‘rganiladi.

“Panorama” kinoteatri

5-zal

kirish bepul

TEATR

Nayka Kaziyevaning "Stand-up"

Nayka Kaziyevaning "Stand-up"

Aktrisa va qiziqchi, TNT telekanalidagi “Ayollar stendapi” rezidenti, “KVN Oliy ligasi” hamda “Ochiq mikrofon” loyihalari ishtirokchisi. Shukin nomidagi teatr institutini tamomlagan. Uning sahnaga chiqishlari murakkab va nozik mavzularga bag‘ishlangan bo‘lib, bunday hazillarni do‘stlaringa aytib berging keladi.

SAHNA stand-up klubi

Matbuotchilar ko‘chasi, 17

100 000 so‘mdan boshlanadi

Yakshanba

MUSIQA

Opperetta.uz gala-konserti

Opperetta.uz gala-konserti

III Xalqaro musiqali teatrlar forumi doirasida gala-konsert. Bir sahnada O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston teatrlarining yetakchi yakkaxonlari sahnaga chiqadi. Dasturdan operetta va operalardan ariyalar, milliy va zamonaviy asarlar hamda raqslar o‘rin olgan.

Operetta teatri

Chilonzor-C, Cho‘ponota ko‘chasi

110 000 so‘mdan 154 000 so‘mgacha

TADBIR

"Qo‘shni ayol" monospektakli

"Qo‘shni ayol" monospektakli

Tomoshabinga bir qo‘l masofada kechadigan samimiy monospektakl – bir inson taqdirining ichki kechinmalarga boy hikoyasi. Bu truppaning Sankt-Peterburgdagi “Yoshlar. Teatr. Fest” xalqaro festivaliga jo‘nab ketishi oldidan so‘nggi namoyish bo‘lib, unda spektakl O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. Joylar soni cheklangan. Joylarni band qilish uchun Telegram manzili: @misanthropic_toad / +998993465117

”Drugiye zveri” teatri

1-Olmachi tor ko‘chasi, 37

80 000 so‘m

MUSIQA

“Next avlodi” bolalar konserti

“Next avlodi” bolalar konserti

Davlat musiqali komediya teatri sahnasida bolalar uchun konsert dasturi. Yosh ijrochilarning vokal va xoreografik chiqishlari sizga uzoq vaqtga quvvat bag‘ishlashni va’da qiladi. Oilaviy tongni maroqli o‘tkazish uchun ajoyib tanlov.

Operetta teatri

Chilonzor-C, Cho‘ponota ko‘chasi

33 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha

Dushanba

MUSIQA

"Ruki vverx!" guruhining konserti

"Ruki vverx!" guruhining konserti

1995-yilda tashkil topgan Rossiya pop-guruhi. “Kroshka moya”, “Plach, moya dusha”, “Student” — bir necha avlod yoddan biladigan xitlardir. Arenada jonli ijro va to‘liq dasturga ega katta konsert bo‘lib o‘tadi.

Humo Arena

Afrosiyob va Beshog‘och ko‘chalari kesishmasi

390 000 so‘mdan 1 450 000 so‘mgacha

Chorshanba

TADBIR

"Oqqush ko'li" baleti

"Oqqush ko'li" baleti

Pyotr Ilich Chaykovskiyning dunyoda eng ko‘p sahnalashtiriladigan baletlaridan biri. Yovuz sehrgar tomonidan oqqushga aylantirilgan Odetta va shahzoda Zigfrid haqidagi qissa. Mamlakat bosh sahnasida jonli orkestr jo‘rligidagi klassik sahna asari.

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri

Zarafshon ko‘chasi, 28

77 000 so‘mdan 440 000 so‘mgacha

Oldingi sonlar

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.