Bishkekda qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi ko‘rgazmasi ochildi
Bishkekdagi Milliy tarix muzeyda 18-avgust kuni “Uyg‘unlik go‘zallikni yaratadi: qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi badiiy ko‘rgazmasi” nomli xalqaro badiiy ko‘rgazma ochildi. Ekspozitsiya Qirg‘iziston muzeyi va Xitoyning Tyantszin muzeyi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan.

Ochilish marosimida Qirg‘iziston davlat kotibi Arslan Koychiyev, Xitoy elchisi Lyu Tszyanpin, Ozarbayjon, Belarus va Rossiya elchilari hamda Tyantszin muzeyi va Ichki Mongoliya muzeyi vakillari ishtirok etdi.
«Ko‘rgazma Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy muloqot va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan», — deyiladi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Ko‘rgazmada Qirg‘iziston muzeylari, Tyantszin muzeyi va Ichki Mongoliya muzeyi kolleksiyalaridan tarixiy va badiiy eksponatlar namoyish etilmoqda. Xitoy muzeylari direktorlari video-murojaatida muzeylararo hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladilar.
Ko‘rgazma 2026-yil 15-noyabrgacha ishlaydi.
Shuningdek o‘qing
Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) birinchi ko‘rgazmani ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
HD magazine Tahririyati
Turkmanistonlik rassom o‘z asarlarida Kaspiy dengizining go‘zalligini namoyon etdi
HD magazine Tahririyati
Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlaridan so‘ng tog‘larda qurilgan inshootlar saqlanib qoladi
HD magazine Tahririyati
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.