Joylar
Ignabargli tog‘ yonidan qanday o‘tganimiz haqidagi hikoya
Ildar Sadikov, Mariya Maksmicheva, Sergey Pogosyan

Shohimardon yaqinidagi Archatog' dam olish hududi o'z nomini zich archazor o'rmonlari tufayli olgan. Markaziy Osiyoda mashhur archa - eng ko'p tarqalgan va e'zozlanadigan o'simliklardan biri bo'lib, unga ko'plab mifologik xususiyatlar bog'langan. Shohimardon tog'laridagi havo chindan ham shifobaxsh, ammo Archatog'ga tashrif men uchun sog'lomlashish emas, balki yana bir to'siqni yengish tarixi bo'lib qoldi.
Men tog'alarni va tog' sayrlarini juda yaxshi ko'raman. Balandlikdan doimiy qo'rqishimga qaramay, har safar qiziquvchanlik va kasbiy ishtiyoq ustun keladi. Har gal yana va yana xavf va qo'rquv bilan birga noyob kadrlar ham meni kutayotgan joyga yo'l olaman.
Bu safar Archatog'ga sayrga erta tongda chiqdik, daraga 3-4 kilometr ichkariga kirishni rejalashtirgan edik. Vaqt kam edi, biz Sergey Pogosyan bilan Rishtonga qaytishimiz kerak edi.
Surat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanMart oyida odam kam bo'ladigan va piyoda turizm hamda fotosessiyalar uchun bu juda mos bo'lgan aql bovar qilmas go'zal joy. Umuman olganda, turistik infratuzilma so'nggi paytlarda rivojlanmoqda: dachalar, tog' daryosi bo'yida ijaraga beriladigan topchanlar. Yana eshitishimcha, bu yerga ziyoratchilar juda ko'p keladi: qandaydir muqaddas joylar bu yerda borligini bilmayman, ehtimol, daraxtlar oldida sog'liq va farzandlar so'rab duo qilishar ular...
Orol vatanida: Shohimardon — foto-esseShohimardon — Qirg‘izistondagi O‘zbekistonning to‘rtta rasman tan olingan anklavlaridan biri bo‘lib, bu joy to‘rtinchi solih xalifa Ali va erkin fikrlovchi shoir Hamza nomlari bilan bog‘liq. Shuningdek, bu o‘zbekistonliklar uchun tog‘ kurorti va Oloy tog‘laridagi eng go‘zal joylardan biri bo‘lib, Ko‘ksu va Oqsu daryolarining tez oqimi vodiydan kelayotgan jazirama havoni sovutib, uzoq kutilgan salqinlikni hadya etadi… Farg‘ona viloyati bo‘ylab mart oyidagi ekspeditsiya vaqtida biz u yerga, shu joyning aholisi bilan birga an’anaviy sumalak tayyorlash uchun yo‘l oldik. Ildor Sodiqov va Sergey Pogosyanning fotoessesida bu afsonaviy joyda yashovchi oddiy bir oilaning hayotidagi bayramona lahzalar.mag.humodoc.comAmmo hozir, tongning bahorgi sukunatida, biz hech narsaga chalg'imasdan daraga bemalol kirib bordik.
Surat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey Pogosyan2022-yilda men bu yerga yo'l-yo'lakay kirib o'tgan edim, lekin o'shanda albatta qaytishni niyat qildim. O'shanda toqqa chiqish menga juda og'ir bo'lgan edi. Yoshim tufayli shunaqa bo'lgan bo'lsa kerak deb o'yladim. Ammo shu bilan birga keyingi safar zaiflikni yengishimni o'zimga va'da qildim. Eng muhimi - meni bir daqiqa ham qo'yib yubormagan balandlik qo'rquvi bo'ldi.
Shohimardonning moviy ko’llari - fotoesseQurbonko’lning, ya’ni Moviy ko’llarning zumrad kabi suvi Qirg’iziston hududida, Shohimardondan bir necha kilometr narida joylashgani ularni issiq mavsumda mashhur kurortga aylantirgan. Mavsumdan tashqari esa suv chekinadi va plyaj o’yin-kulgilaridan yiroq sayyohga o’zga sayyora manzaralari namoyon bo’ladi. Moviy ko’l tubida sayr - Ildar Sodiqov va Sergey Pogosyanning fotoessesida.mag.humodoc.comBu safar maqsadimiz imkon qadar uzoqqa borish edi. Biz to'xtamasdan yurdik. Har qadamda o'zimdan o'zim hayratlanardim: doimiy balandlikka ko'tarilishga qaramay, charchoq yo'qday edi.
Surat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanBiz qoyalarga yaqinlashib, ularga chiqmoqchi bo'ldik, men juda balandga chiqib, jarlik ustida turdim - o'sha yerda Sergey Pogosyan men uchun ramziy bo'lgan kadrni oldi. Men turgan tosh shunchaki tubsizlik ustida chiqib turardi. Suratga olish 7-8 daqiqa davom etdi, sovuq terga botdim, lekin chidadim.
So'qmoqning murakkabligiga, to'siqlarga, tepaga chiqishni qiyinlashtiradigan u yer-bu yerda erimay yotgan qorlarga qaramay, biz marraga yetib keldik. Bir payt charchoq ham, qo'rquv ham o'z-o'zidan tarqab ketganini his qildim. Chunki men g'alaba qozondim! Ko'zlarim yengillik va quvonch ko'z yoshlariga to'ldi.
Surat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanBu yurishimiz bir nafasda o'tdi va men uchun bu haqiqiy yutuq bo'ldi. Yonimdagi do'stim va o'z qat'iyatim tufayli men ichki to'siqni yengdim. Bu balandlikka chiqqanimdan keyin juda ko'p narsa o'zgardi. Avvalo - menda. Qo'riqxona bo'ylab bu kichik sayohat men uchun o'zimni, qo'rquvlarimni, shubhalarimni, ishonchsizligimni yengish tarixiga aylandi. Men o'zim uchun yangi shaklga kirdim, ekspeditsiyalar endi menga osonroq tuyulmoqda. To'g'ri, balandlik qo'rquvi butunlay yo'qolmadi, bunga, ehtimol, mening yoshimda erishish qiyindir. Ammo qo'rquv avvalgidek kuchli emas. O'shandan beri men Boysun tog'larini, Hisor tog'larini "zabt etdim"... Umid qilamanki, boshqa cho'qqilar ham oldinda.
Surat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanSurat: Ildar Sodiqov, Sergey PogosyanQizig'i shundaki, daraxtsimon archa - chidamlilik va uzoq umr ramzi. Umuman, tabiatni, daraxtlarni muqaddaslashtirish - odamlarning tarixdan oldingi e'tiqodlarining unutilmagan aks-sadolari bo'lib, bizning madaniyatimizda ham saqlanib qolgan, buni his qilmaslikning iloji yo'q.
Mana shunday erta tongdan boshlangan va tushlikgacha davom etgan bir yurish ongni o'zgartira oldi. Albatta toqqa boring. Hech kim yurmagan yoki yurgan so'qmoqlardan yuring. Tabiat bag'rida o'zingizni kashf eting. Archa o‘rmoni havosidan tuyib-tuyib nafas oling va ruhan ham jisman baquvvat bo‘ling.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.