Fotograf, Rossiya fotorassomlar uyushmasi a’zosi. National Geographic, Birinchi kanal, “Известиями” (Rossiya), axborot agentliklari va xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlik qiladi. Bir necha bor xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan, xalqaro fototanlovlarda hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lgan. U ko‘cha, portret, reportaj, hujjatli, moda va tijorat surati janrlarida ishlaydi. Uning ish uslubining o‘ziga xos xususiyatlari – oq-qora ranglarda suratga olish, tajribaviy va nostandart yondashuv, g‘ayrioddiy kompozitsiyalar, yorug‘lik va soyalardan foydalanishlardan iborat.