
Ko‘kalamzorlashtirish, o‘rmonchilik va yashil infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi mutaxassis
Toshkent davlat agrar universiteti "O‘rmon xo‘jaligi muhandisligi" yo‘nalishi bo‘yicha doktorant. Hozirda "Yashilloyixa" loyiha instituti ilmiy bo‘limining bosh mutaxassisi bo‘lib, u yerda istirohat bog‘lari, botanika bog‘lari, himoya o‘rmonzorlarini yaratish, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish va barqaror yashil infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini ilmiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. O‘rmon xo‘jaligi, landshaft arxitekturasi, ko‘kalamzorlashtirish va tanazzulga uchragan hududlarni tiklash sohasida 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy tavsiyalar va amaliy ishlanmalar muallifi va hammuallifi.