Guide
Toshkentda rok qayerdan yangraydi? Guruhlar, sahna, qarshilik ruhi haqida gaplashamiz

Psixodelik rokdan death-metalgacha: yosh guruhlar, ijaraga olingan xonadonlardagi mashqlar, samimiy so‘zlar va og‘ir ovozlar. Quyida biz Toshkentning mustaqil rok-sahnasi bo‘yicha qo‘llanma tayyorladik.
O‘zbekistonda rok doimo ijtimoiy me’yorlarga qarshi holda yashab va rivojlanib kelgan. An’anaviylik bosimi hamda jamiyatning shubhali munosabatiga qaramay, mahalliy rok nafaqat o’zini saqlab qoldi, balki o‘ziga xos jonli, samimiy qiyofani shakllantirdi va dolzarbligini yo‘qotmadi.
Har bir guruh – izlanish, o‘zini ifoda etish va san’at kuchiga ishonchning alohida hikoyasidir. Ziddiyatlar va ichki erkinlik energiyasi to‘lqinida O‘zbekistonning zamonaviy rok-sahnasi bo‘ylab sayohat qilib, musiqachilar nimadan va kimdan ilhom olishlari hamda nima haqida kuylayotganlarini bilib olamiz.
Flyin Up
janr: alternativ rok / modern rok / psixodelik rok / etno-rok
Flyin Up – O‘zbekistonning eng o‘ziga xos rok guruhlaridan biri. Ularning ijodida psixodelik rok, etnik ohanglar va zamonaviy alternativ rok unsurlari uyg‘unlashgan. Guruhning qo‘shiqlari o‘ziga xos muhiti va nostandart musiqiy tuzilishi bilan osongina ajralib turadi.
Repertuarda “Dunyolar” qo‘shig‘i alohida o‘rin egallaydi. Unda o‘zbek tili, etnik kuylar va psixodelik usullar yaxlit bir ohangga uyg‘unlashgan.
2023-yil iyun oyida guruh o‘zbek tilidagi birinchi “Jimlik” nomli albomini namoyish etdi. Unga “Qanday go‘zal bu olam”, “Yetilib”, “Aks sado”, “Voz kechish” va boshqa qo‘shiqlar kiritilgan.
Albom o‘zlikni anglash, ichki kurash va erkinlikka intilish mavzulariga bag‘ishlangan. Uning g‘oyalaridan ilhomlangan musiqachilar jimlik ruhini tasviriy tarzda aks ettiruvchi qisqa metrajli filmni ham suratga olishgan.
Filmda ruhiy ta’sirli tasvirlar, tarixiy sahnalar va Sharq afsonalariga ishoralar qo‘llanilgan. Asosiy g‘oya insonning o‘zligini anglash, ma’naviy yuksalish va koinot bilan uyg‘unlik his etish yo‘lini aks ettiradi.
DeathTouch
janr: hard-rok / nyu-metal / alt-metal
Ushbu toshkentlik musiqachilar janr chegaralariga sig‘ishga urinmaydi, aksincha o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etadi. Ba’zi asarlari hard-rokka o‘xshasa, boshqalari nyu-metalga yaqinroq, ammo ular o‘zlarini rasman biror janrga mansub deb hisoblamaydi.
“Janr o‘z-o‘zidan shakllangan. Puxta o‘ylangan tanlovdan ko‘ra ko‘proq ruhiy holatimizni ifodalaydi. Men uchun og‘ir musiqa so‘z bilan doim ham ifodalab bo‘lmaydigan tuyg‘ularni yetkazishga yordam beradi. Har kim unda o‘ziga xos ma’no topishi mumkin”.
Ular nyu-metal va to‘qsoninchi-ikki minginchi yillar sahnasidan ta’sirlangan bo‘lsa-da, ular ko‘proq ichki kechinmalardan ilhomlanadi, ya‘ni boshqa guruhlardan emas.
Qo‘shiq matnlarida ijtimoiy mavzular, soxtalik va ma’naviy bo‘shliqqa qarshi kurash, shaxsiy mulohazalar va haqiqat izlash aks etgan.
«Для меня это способ прожить переживания, выплеснуть все наружу. Но “тяжесть” — вещь относительная»“Rok men uchun kechinmalarni yashab o‘tish, ichki tuyg‘ularni tashqariga chiqarish usuli. Lekin ’og‘irlik’ – nisbiy tushuncha”
Hozircha DeathTouch guruhini striming servislarida
topa olmaysiz. Mavjud yagona yozuv – Tashkent
Live Music Sessions loyihasi doirasidagi jonli ijro, u
ham guruhning dastlabki tarkibi tomonidan ijro etilgan. Yangi material deyarli tayyor, uni shu yil
davomida ommaga taqdim etish
rejalashtirilgan, Xudo xohlasa.
Bu Qala
janr: Indie-Rock/Post-Punk
Bu Qala – o‘z-o‘zini kinoya qilish, so‘z o‘yini va janrlarni aralashtirish orqali o‘ziga xos ifoda tilini yaratayotgan indi guruhi. Nomi “qal’a” yoki “buqalar” deb o‘qiladi va ikkala ma’no ham ularning obrazining bir qismi hisoblanadi. Musiqada — shugeyz, drim-pop va post-pank aralashgan rok, matnlarda esa yoshlikka xos samimiylik, romantika va sog‘lom kinoya aks etadi.
Musiqiy va vizual jihatdan Bu Qala Tumblr nostalgiyasi, TikTok betartibligi va o‘zbek tili hamda madaniyatiga hurmat o‘rtasida muvozanatni saqlaydi. Ularning qo‘shiqlarida yoshlik, muhabbat, ko‘chadagi kuzatuvlar, g‘am-g‘ussa va Samarqand oshi mavzulari aks etadi.
2024-yilda Bu Qala “Zahar” nomli debyut mini-albomini chiqardi va uni “Ilhom” teatri sahnasida taqdim etdi. Bu yil Bu Qala yangi albom va konsert turini tayyorlamoqda – hozircha kichik ko‘lamda, ammo aniq maqsadlar bor. Ular kvartira mashg‘ulotlaridan festival afishalarigacha bo‘lgan yo‘lni qanchalik tez bosib o‘tganini hisobga olsak, bu hali hammasi emas.
«куда пропало солнце?»
janr: emo / post-hardkor / shugeyz / alternativ rok
“куда пропало солнце?” guruhi ichki va musiqiy burilish vaqtida paydo bo‘ldi. Ilgari ular ГЕОМЕТРИЯ? deb nomlangan, yengil indi-rok ijro etgan va BarDuckda sevgi haqida kuylashni orzu qilgan. Lekin endi hamma narsa o‘zgardi: tarkib kengaydi, shu bilan birga musiqaga yondashuv ham o‘zgardi.
“Nomimiz bizning falsafamizni aks ettiradi. Har kimning o‘z nuri bor, u vaqt o‘tishi bilan xiralashishi mumkin. Biz musiqa orqali uni bunga muhtoj bo‘lganlarga qaytarishga intilamiz”
Hozirda guruh o‘zini janr chegaralari bilan cheklamasdan o‘z musiqasida emo, muqobil rok, pop-rep va shugeyzni uyg‘unlashtirmoqda. Guruhning a’zolarining ilhom manbai har xil: masalan Emil uchun – tabiat, Svetayeva, Nyu-York, “Электрофорез” va “Дайте танк(!)” guruhlari; Arslon uchun – baland binolar”, Artistlarga hos layfstayl”, mazali taomlar va TNT telekanali seriallari. Guruhda ikki xonanda bor va ularning ovozlari bir biridan ajralib turadi: ovozlarda – muloqot, qarama-qarshilik va to‘qnashuv mavjud.
куда пропало солнце? - бестолочь - Single | BandLinkListen, download or stream бестолочь - Single now!band.linkYaqinda ularning "SO‘M" nomli debyut albomi chiqdi – musiqachilarning aytishicha, bu ularning o‘zlarini samimiy his qilgan birinchi ishlaridir. Qo‘shiqlarda erkinlik, muhabbat va ular ikki yildan ortiq vaqt davomida bosib o‘tgan yo‘l aks etgan.
“Quyosh har doim ham charaqlab turmaydi. Lekin u g‘oyib bo‘lsa, uni qaytarish mumkin. Va musiqa bunda yordam beradi”.
Insanity House
janr: death-metal
Guruh atigi bir yil oldin tashkil topgan bo‘lsa-da, tezda tanildi: insoniy illatlarni fosh etish, ig‘vogarona matnlar. Falsafasining asosida aql inqilobi yotadi, ilhomning asosiy manbai esa ijtimoiy qo‘rquvlardir.
Insanity death-metal kabi tor janrda ijod qilsa-da, guruh muxlislari soni ortib bormoqda. Guruh faqat o‘z ijodiy materiallarini ijro etadi va hozirda “The First Blood” nomli debyut albomi ustida ishlamoqda – hozircha uni faqat konsert va festivallarda tinglash mumkin.
“Matnlarni asosan bizning ritm-gitarachimiz Ribelius Brante va vokalchi хоnаndаmiz Aelot Inseyn yozadi – ularni ham jamiyat muammolari ilhomlantiradi. Bundan tashqari, biz keyingi ikki albom uchun material ustida faol ishlamoqdamiz: ’In the Remains of the Abyss’ (bizning to‘liq albomimiz) va ’Souls Sellers’ (EP)”.
Treklar kuchli va uyg‘un tarzda yangraydi, ayniqsa, yakkaxonning g‘azabli, o‘tkir va o‘ziga xos ovozi ajralib turadi. Toshkent sahna san’atidan bunday ohangni kutmaganingiz uchun, u sizning e’tiboringizni tortadi.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.




