Tarixiy manbalarda qayd etilgan eng qadimgi kutubxona sifatida
miloddan avvalgi VII asrda Ossuriya podshosi Ashshurbanipal tomonidan Nineviya saroyida
barpo etilgan kutubxona tan olinadi. U sopol taxtachalar to‘plamidan iborat bo‘lib, qadimgi dunyodan
saqlanib qolgan eng yirik kutubxona hisoblanadi.
Ashshurbanipal kutubxonasi vayronalaridan topilgan “Gilgamesh
dostoni” parchasi bitilgan sopol taxtacha
Hozirgi O‘zbekiston hududida ko‘plab kutubxonalar faoliyat
olib borgan: Buxoroda Somoniylar saroyidagi ulkan kitob xazinasidan Ibn Sinoning
o‘zi foydalangan. Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan rasadxona qoshida astronomiya,
matematika, yunon va arab falsafasiga oid asarlar saqlangan kutubxona faoliyat
yuritgan. Xivada XVIII asrda tashkil etilgan Olloqulixon madrasasi qoshida ham
kutubxona faoliyat yuritgan.
Bugungi kunda dunyoning eng yirik kutubxonalari —
Britaniya kutubxonasi, AQSh Kongressi kutubxonasi, Strasburg kutubxonasi va
Daniya Qirollik kutubxonasi — tinch
va sokin arxiv emas, ular
allaqachon hayot qaynayotgan
markazlarga, haqiqiy o‘ziga xos shahar makonlariga aylangan.
Bizning yo‘lko‘rsatkichimiz, sizni Aleksandriya kutubxonasiga olib
bormasligi mumkin, ammo Toshkentdagi o‘qish zallarida undan ham qiziqarliroq
narsalarni topish mumkin. Bu yerda cheksiz skrollingdan (axborotni taqdim etish shakli bo‘lib, unda tarkib
(matn, tasvir) vertikal yoki gorizontal yo‘nalishda harakatlanadi) dam olish, satrlarni chuqur his qilish, boshliq
nazoratisiz ishlash yoki shunchaki hikoyalar va bilimlar to‘la javonlarga
singib ketish uchun “safe space” (ya‘ni inson yoki odamlar
guruhi uchun jismoniy va hissiy jihatdan xavfsiz muhitni ta’minlaydigan joy
bo‘lib, u yerda ular o‘zlarini noto‘g‘ri tushunchalar va salbiy fikrlardan
qo‘rqmasdan erkin ifoda etishlari mumkin) topishingiz
mumkin.
1. O‘zbekiston temir yo‘lchilari va transport quruvchilari markaziy kasaba uyushmasi kutubxonasi
Manzil va borish yo‘li: Amir Temur shoh
ko‘chasi, 30. Mo‘ljal
- Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi, “Sevimli” telekanali yonida
Foydalanish tartibi: kirish tekin, ammo ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Qulayliklari:
·
o‘qish
zali va kitob fondi;
·
18
ta o‘rindiq, stol va stullar – qulay joylashish imkoniyati;
·
nihoyatda sokin muhit;
·
internet
yaxshi ishlaydi;
·
rozetkalar,
konditsioner mavjud, hojatxona toza;
·
xodimlar
ochiqko‘ngil, tashrif buyuruvchilarni iliq kutib olishadi.
Quyidagi faoliyat uchun mos: o‘qish,
ishlash, o‘rganish uchun
universal joy.
To‘lov: umuman bepul.
Muloqot tili: rus tili
Ish vaqti:
·
dushanba–juma:
09:00–17:00;
·
tushlik:
13:00–14:00;
·
shanba–yakshanba:
dam olish kunlari.
2. Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi (AKM)
Manzil va borish yo‘li: Hamid Olimjon
maydoni, 12A. AKM
ko‘p qavatli binoning 2 va 3-qavatlarida joylashgan. Mo‘ljal “Hamid
Olimjon” metro bekati.
Foydalanish tartibi: pasport bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish zarur. Kirish
tekin.
Qulayliklari:
·
ikkita
o‘qish zali (sig‘imi – taxminan 50 kishi);
·
20–50
o‘rinli anjumanlar zali;
·
bitta
divan, ikkita kreslo, shuningdek, zamonaviy plastik va yog‘och stullar;
·
xona
sokin; tadbirlar o‘tkazilganda oldindan xabar beriladi;
·
wi-fi
mavjud, yaxshi ishlaydi;
·
konditsioner
va rozetkalar bor;
·
hojatxonalar
toza, biroq ta’mirlanmagan (qoniqarli holatda);
·
xodimlar
samimiy va xushmuomala.
Quyidagi faoliyat uchun mos: o‘qish, mutolaa, masofaviy ish, ijodiy va adabiy uchrashuvlar.
To‘lov: umuman bepul.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Ish vaqti:
·
dushanba–shanba:
10:00–17:00;
·
yakshanba
– dam olish kuni;
·
oyning
oxirgi kuni – sanitariya kuni, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
Aloqa uchun:
3. Respublika bolalar kutubxonasi
Manzil va borish yo‘li: Yahyo G‘ulomov
ko‘chasi, 47-uy.
Foydalanish tartibi: kirish tekin. Kitobxon chiptasini rasmiylashtirish uchun (kitoblarni
uyga olib ketish maqsadida) ro‘yxatdan o‘tish kerak. Tadbirlarga alohida
bepul ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Qulayliklari:
·
butun
kutubxona bo‘ylab — yumshoq o‘rindiqlar, stol va stullar o‘rnatilgan,
shuningdek, ochiq havoda stollar bilan jihozlangan shinam hovlisi ham bor;
·
ish
kunlari juda tinch joy,
dam olish kunlari esa,
ayniqsa, bolalar zalida, biroz shovqinliroq bo‘ladi;
·
parolsiz
ochiq wi-fi mavjud;
·
rozetkalar,
konditsionerlar, ozoda hojatxonalar va hatto bufet ham bor;
·
xodimlar
e’tiborli va mehribon, doimo yordam berishga tayyor.
Qo‘shimcha: EBSCO tizimiga kirishga imkon beruvchi kompyuter
sinfi.
Quyidagi faoliyat uchun mos: o‘qish, o‘rganish, kovorking, darslarga tayyorgarlik ko‘rish, madaniy
va ta’lim tadbirlarida ishtirok etish.
To‘lov: umuman bepul.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari.
Ish vaqti:
·
har
kuni 10:00 dan 21:00 gacha;
·
sanitariya
kuni — oyning oxirgi seshanba kuni.
Aloqa ma’lumotlari:
4. “Turon” axborot-kutubxona markazi
Manzil va borish yo‘li:
ikkita binoda joylashgan
Ohangrabo ko‘chasi, 1-uy — 212-maktab yonida;
6-Zarqaynar berk ko‘chasi, 1 — Abdulla Qodiriy bog‘i yaqinida.
Foydalanish tartibi: Kirish tekin. Bir martalik ID-karta sotib olinadi (10 000 so‘m, 3
yil amal qiladi). Shundan so‘ng kutubxonadan to‘liq bepul foydalanish
mumkin.
Qulayliklari:
·
qulay
stullar va divanlar bilan jihozlangan shinam zallar;
·
o‘qish,
dam olish va ishlash uchun zonalar;
·
asosan
tinch joy, lekin yaqin
atrofda vaqtinchalik qurilish ishlari (deyarli yakunlangan) olib borilmoqda;
·
wi-fi
mavjud;
·
rozetkalar
va konditsionerlar bor;
·
hojatxonalar
toza;
·
xodimlar
e’tiborli, o‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zlasha oladilar.
Quyidagi faoliyat uchun mos: o‘qish, o‘rganish, noutbukda masofaviy ishlash.
To‘lov: ID-kartadan tashqari bepul.
Muloqot tili: o‘zbek (asosiy), rus va ingliz tillari.
Ish vaqti:
·
dushanba
– juma kunlari 09:00 dan 21:00 gacha;
·
shanba
kuni 09:00 dan 18:00 gacha;
·
yakshanba
– dam olish kuni.
Aloqa ma’lumotlari:
+998 (90) 008-94-91
5. Fransuz alyansi
Manzil va borish yo‘li: Zulfiyaxonim
ko‘chasi, 112. Mo‘ljal — “Anhor”
bog‘i.
Foydalanish tartibi: kirish tekin, ammo kutubxona va raqamli xizmatlardan faqat ro‘yxatdan
o‘tgan a’zolar foydalana oladi.
Masalan, a’zolik: yiliga 100 000 so‘m – tadbirlarda
qatnashish, mediatekadan foydalanish, kitoblarni uyga olish, kompyuterda
ishlash va Culturethèque platformasidan onlayn foydalanish huquqini beradi.
Qulayliklari:
·
40
ta o‘qish joyi + 5 ta kompyuterli joy;
·
qulay
jihozlar: stollar, stullar, yumshoq kreslolar;
·
juda
sokin va osuda muhit;
·
barqaror
ishlaydigan wi-fi;
·
rozetkalar,
konditsionerlar, toza hojatxonalar;
·
xodimlar
xushmuomala, muloqotga ochiq, bir necha tilda so‘zlashadi.
Quyidagi faoliyat uchun mos: o‘qish, ishlash, o‘rganish, uchrashuvlar, darslarga tayyorgarlik
ko‘rish, fransuz mediasini ko‘rish va fransuz tili muhitida muloqot qilish.
To‘lov: kirish tekin. Mediateka,
kitoblar va xizmatlardan foydalanish – a’zolik asosida.
Muloqot tillari: fransuz, o‘zbek, rus tillari
Ish vaqti:
·
dushanba
– juma kunlari 09:00–18:00;
·
shanba
kuni 14:00–18:00;
·
yakshanba
– dam olish kuni.
Aloqa ma’lumotlari:
info@af-tachkent.uz
6. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona
Manzil va borish yo‘li: Alisher Navoiy
ko‘chasi, 1.
Foydalanish tartibi:
14 yoshdan boshlab shaxsni tasdiqlovchi hujjat
(pasport, haydovchilik guvohnomasi, harbiy guvohnoma, doimiy yashash
ruxsatnomasi) mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
·
doimiy
foydalanish uchun ID-karta rasmiylashtiriladi (10 000 so‘m, amal qilish muddati
3 yil);
·
shaxsni
tasdiqlovchi hujjat va to‘lov kvitansiyasi orqali bir marta kirish ham mumkin;
·
kitoblar
faqat zallarda o‘qish uchun beriladi, uyga olib ketish mumkin emas.
Qulayliklari:
·
ko‘plab
ixtisoslashtirilgan zallar: huquqiy axborot zalidan media-markazgacha;
·
elektron
katalog va dissertatsiyalar bazasidan foydalanish imkoniyati;
·
qulay
mebellar bilan jihozlangan zallar: stollar, kreslolar, divanlar;
·
wi-fi
mavjud, kuniga 45 daqiqa bepul internet taqdim etiladi, shuningdek, pulli
media-markaz ham mavjud;
·
kutubxonada
rozetkalar, konditsionerlar, hojatxonalar mavjud, nusxa ko‘chirish, skanerlash
va chop etish xizmatlari ko‘rsatiladi;
·
keng
va sokin zallar, ayniqsa “tafakkur” va “istiqbol” zallari individual ishlash
uchun qulay;
·
xodimlar
malakali va xushmuomala.
Quyidagi faoliyat uchun mos: o‘qish, mutolaa, tadqiqotlarga tayyorgarlik, noutbukda ishlash, dissertatsiyalarni
o‘rganish, nodir adabiyotlarni izlash, arxivlar va internetdan foydalanish
Pullik/bepul xizmatlar:
·
ID-karta
- 10 000 so‘m (3 yil muddatga);
·
internet
– dastlabki 45 daqiqa bepul, keyin narxnoma asosida;
·
bir
martalik foydalanish – to‘lov kvitansiyasi asosida;
·
qo‘shimcha
xizmatlar (nusxa olish, skanerlash, bibliografiya) – pulli.
Muloqot tillari: o‘zbek va rus tillari, xodimlar ingliz tilida so‘zlashuvchi
foydalanuvchilar bilan ham ishlaydi
Ish vaqti:
·
dushanba–juma
kunlari 08:00–21:00;
·
shanba–yakshanba
kunlari 09:00–17:00;
·
sanitariya
kuni: har oyning oxirgi ish kuni;
·
rasmiy
bayram kunlari yopiq;
·
zallar
bo‘yicha ish jadvali alohida belgilanadi.
Aloqa ma’lumotlari:
7. “Bilim” axborot-kutubxona markazi
Manzil va borish yo‘li: Chilonzor massivi, Ts-14 mavzesi.
Foydalanish tartibi:
·
14
yoshdan boshlab (alohida hollarda 12 yoshdan) foydalanish mumkin;
·
o‘quvchi
chiptasi talab etiladi, u pasport (yoki nusxasi), 2 ta fotosurat va zarur
hollarda o‘qish yoki ish joyidan kafolat xati taqdim etilganda beriladi;
·
ro‘yxatdan
o‘tish narxi 10 000 so‘m, chipta 3 yil amal qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
·
chet
el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ro‘yxatdan o‘tishlari
mumkin;
·
boshqa
shahardan tashrif buyurgan fuqarolar uchun vaqtinchalik o‘quvchi chiptasi
mavjud, faqat o‘quv zallarida xizmat ko‘rsatiladi.
Qulayliklari:
·
15
kunga 5 tagacha kitob beriladi (muddatni uzaytirish imkoniyati mavjud);
·
noyob
va qimmatli nashrlar faqat o‘quv zallarida foydalanish uchun beriladi;
·
o‘quv
zalida nashrlar soni cheklanmagan;
·
qulay
stol va stullar bilan jihozlangan o‘quv zali;
·
hojatxonalar;
·
wi-fi;
·
rozetkalar.
Quyidagi faoliyat uchun mos: o‘qish, noyob nashrlar bilan ishlash, o‘qishga va ilmiy faoliyatga
tayyorgarlik ko‘rish.
To‘lov: o‘quvchi chiptasi pulli – 10 000 so‘m.
Muloqot tillari: o‘zbek va rus tillari
Ish vaqti:
·
dushanba
– juma kunlari 09:00 – 21:00;
·
shanba
– yakshanba kunlari 09:00 – 17:00 (faqat o‘quv zali ishlaydi);
·
har
oyning oxirgi kuni – sanitariya kuni.
Aloqa ma’lumotlari:
+998 (71) 276-66-30, 276-66-79, 276-75-61
libtashkent@natlib.uz
8. Gyote instituti kutubxonasi
Manzil va borish yo‘li: Amir Temur shoh ko‘chasi, 42.
Foydalanish tartibi:
kutubxona keng jamoatchilik uchun
ochiq. Mediatekadan foydalanish uchun o‘quvchi chiptasi zarur:
·
Elektron
chipta - BibToGo ilovasi orqali rasmiylashtiriladi;
·
Plastik
chipta – rasmiylashtirish uchun onlayn shaklni to‘ldirish lozim.
Faollashtirish uchun shaxsni va Toshkentda
yashash/ishlash/o‘qishni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish lozim. Kirish tekin, foydalanish bepul,
chipta ham bepul.
Qulayliklari:
·
zamonaviy
o‘quv zali;
·
osuda,
sokin muhit;
·
kitoblar,
jurnallar, CD, DVDdan foydalanish imkoniyati;
·
internet
(wi-fi);
·
qulay
foydalanish shartlari: 3 haftagacha muddatga 5 tagacha material olish mumkin;
·
muddatni
onlayn yoki ilova orqali uzaytirish imkoniyati mavjud;
·
jarimalar:
kechiktirish uchun kuniga 25 000 so‘m, chizilgan sahifa uchun 15 000 so‘m,
kitob shikastlanganda zararni qoplash lozim;
·
kutubxonada
rozetkalar, konditsionerlar, hojatxonalar mavjud;
·
50
dan ortiq joy.
Quyidagi faoliyat uchun mos: nemis adabiyoti bilan ishlash, darslarga tayyorgarlik ko‘rish, mustaqil
o‘qish, til amaliyoti.
To‘lov: o‘quvchi kartasi – bepul. Foydalanish – bepul. Kitoblarni
kechiktirish yoki shikastlash uchun jarimalar mavjud.
Muloqot tillari: nemis, o‘zbek, rus tillari.
Ish vaqti:
·
Dushanba
– juma: 09:00–20:00;
·
shanba
kuni 09:00 – 18:00;
·
yakshanba
dam olish kuni.
Aloqa ma’lumotlari:
bibliothek-taschkent@goethe.de
+ 998 (78) 140-14-98
* * *
Bugungi kunda kutubxonalarni chang bosgan o‘tmish deb hisoblash noto‘g‘ri, ular
zamonaviy hayotimizning jonli qismidir, faqat biroz sokinroq hayotda yashaydi. Shiddatli
mehnat sur’ati va doimiy shoshilinch muhitda ba’zan vaqt to‘xtab qolgandek
tuyuladigan joyga kirish faqatgina foyda keltiradi. Chunki ba’zida hammamizga
o‘z fikrlarimizni aniq eshitish uchun sukunat kerak bo‘ladi. Ehtimol,
kutubxonalarning g‘ayrioddiy kuchi ham aynan shundadir.









