HD View
“Bizda ikki xil rol bor – vizioner (kelajak bashoratchisi) va uy bekasi”: Mixail Borodin va Yuliya Shaginurova O‘zbekiston kino sanoati haqida (VIDEO)

HD View yangi sonida biz Tashkent Film School va Kinoxona kinoteatri asoschilari bilan uchrashdik. Ularning o‘z loyihalarini ishga tushirishi, yosh rejissyorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilgani kabi mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, nima uchun monopoliya sanoatga to‘sqinlik qilishini va original kontentni xarid qilish nega zarurligini tushunishga ham harakat qildik.
“O‘zim ham tahsil olishim mumkin bo‘lgan maktabni yaratish mening orzum edi”, – deydi maktab hamasoschisi va kinoprodyuser Yuliya Shaginurova. Kino maktabini yaratish istagi ko‘p jihatdan O‘zbekiston kino sanoatidagi adolatsizlik tufayli paydo bo‘lgan.
“Baʼzida menga ushbu maktabni odamlarga ijod bilan shug‘ullanishga va o‘zini kino orqali namoyon etishga yordam beradigan kichik institutsiya tashkil qilish uchun ochganimizdek tuyuladi”, – deya qo‘shimcha qiladi rejissyor Mixail Borodin.
“Kino qanday bo‘lishini bilmay turib, uni yarata olmaysan”, – deydi u ishonch bilan.
Ushbu sonda Borodin original kontentni sotib olish va o‘zbek kinosining rivojlanishiga nima to‘sqinlik qilayotgani haqida gapirib beradi.
Taniqli hujjatli filmlar rejissyori, Toshkent kino maktabi bitiruvchisi Umida Ahmedova bilan ham suhbatlashdik.
To‘liq video YouTube kanalimizda.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.