Festivalning O‘zbekistondagi asosiy maydoni Toshkent shahri bo‘ladi: bu yerdagi namoyishlar 2-5-oktyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi («Panorama») va Kinoxona kinoteatrida bo‘lib o‘tadi.
Festivalni David Tebulning «Fransua Tryuffo: Hayotim ssenariysi» (2024) hujjatli asari ochib beradi. Film Tryuffoning nashr etilmagan intervyularidan va do‘sti Klod de Jivrega yozgan maktublaridan yig‘ilgan bo‘lib, ularda rejissyor o‘z tarjimayi holi eskizlarini ko‘rsatadi. Bu “yangi to‘lqin” vakilining shaxsan o‘zidan voqealarni “eshitish” uchun noyob imkoniyat bo‘lib, uning lentalarida ulg‘ayish, yaqinlik izlash va erkinlikka intilishning shaxsiy tarixi aks etgan. Rejissyor David Tebul kartinasini namoyish etish uchun Toshkentga tashrif buyuradi.

Festival dasturida yana nimalar bor?

«So‘nggi metro» (1980) — Truffoning mashhur filmi bo‘lib, o‘nta Sezar mukofoti bilan taqdirlangan. Voqealar Ikkinchi jahon urushi davrida bosib olingan Parijda sodir bo‘ladi: teatr dargohi yashiringan yahudiy rejissyori uchun boshpana va ayni vaqtda san’at qo‘rquv va senzuraga qarshi kurashadigan qarshilik ramziga aylanadi.
«Mayya, menga nom o‘ylab top» (2024) — Mishel Gondrining yangi animatsion asari bo‘lib, unda bolakayning tasavvurlari karton dunyosiga ko‘chadi. Kichik qahramon Mayya o‘ylab topgan hamma narsani otasi karton ertaklarga aylantiradi: ketchupdan okean, gamakdagi olmaxonlar va boshqa g‘alati timsollar. «Berlinale-2025» da multfilm yosh tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi badiiy film mukofotini qo‘lga kiritdi.
«Jeyn Ostin hayotimni barbod qildi» (2024) — haqiqiy muhabbatni izlashga bag‘ishlangan romantik komediya. Fransuz ayoli Agata ilhom manbai va yangi hayotni orzu qilib, ingliz yozuvchilari qarorgohiga boradi, oxir-oqibat esa Jeyn Ostin romanlaridagi kabi voqeaga aralashib qoladi.
«Jim haqida roman» (2024) — Arno Larye ijodiga mansub begona odamlar qanday qilib bir oilaga aylanishi va o‘tmishdagi xotiralar yangilanganda, nima sodir bo‘lishi haqidagi drama. Qahramon Emerik butunlay yolg‘iz qolgan sobiq hamkasbi homilador Florens bilan uchrashib qoladi. Emerik Florens o‘g‘lini dunyoga keltirganda ishtirok etadi, ular oila bo‘lib yashay boshlaydilar, birga o‘g‘ilni tarbiyalaydilar. Biroq Jimning o‘z otasi Kristof paydo bo‘lganda, hammasi o‘zgaradi.

Toshkentdagi namoyishlar jadvali:

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi («Panorama»), Alisher Navoiy ko‘chasi, 4A
  • 2-oktyabr, 19:00 – Festival ochilishi: «Fransua Tryuffo: Hayotim ssenariysi» + rejissyor David Tebul bilan uchrashuv
  • 3-oktyabr, 19:00 – «So‘nggi metro» (namoyish bekor qilindi)
  • «Jim haqida roman» ga almashtirildi
Kinoxona, Sokrat ko‘chasi, 10-uy
  • 4-oktyabr, 16:00 — «Mayya, menga nom o‘ylab top»
  • 4-oktyabr, 19:00 — «Jeyn Ostin hayotimni barbod qildi»
  • 5-oktyabr, 19:00 — Festival yopilishi: «So‘nggi metro» (almashtirilgan)

Namoyishlarga kirish:

Toshkentdagi festival namoyishlariga kirish quyidagi havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tilganda bepul.
Istisno tariqasida «Jim haqida roman» filmi (festivalni yopadi). Chiptalarni showgo.uz saytidan xarid qilish mumkin.