Kettik! 28.11

Kettik!

Haftalik afisha

Noyabr oxirida shahar o‘zgacha jarang topadi: mayin akustika va chiroqlar yog‘dusidan simfonik sehr va o‘tkir stendapgacha. Konsertlar, spektakllar va kamera muziqasi ushbu haftani hissiyotlar bilan rang-barang qiladi. Shovqin, g‘ala-g‘ovur, tashvishlardan chekinib, dekabrni yanada bayramona kutib olish imkoniyati!

Chorshanba

SAN’AT

Xorazmlik rassomlarning ko‘rgazmasi

Xorazmlik rassomlarning ko‘rgazmasi

O‘tkazilish vaqti: 10:05–19:00 Xorazmning zamonaviy san’ati bir makonda jamlangan: mintaqa madaniyati, uning ritmi va an’analarini aks ettiruvchi rangtasvir, grafika va bezak ishlari. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida 11 nafar xorazmlik rassomning 50 dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda.

Ikuo Xirayama madaniyat karvonsaroyi

Kirish bepul.

Juma

MUSIQA

Candle Fire Turkish

Candle Fire Turkish

Chiptalar narxi: 157 000 so‘mdan 697 000 so‘mgacha. "Bravo" orkestri “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi”, “Ezel”, “Beqaror”, “Choliqushi”, “Aliya” va boshqa ko‘plab mashhur seriallardagi musiqalarni ijro etadi. Haqiqiy olov va sehrli muhit ohanglari. Candle Fire konserti musiqa, yorug‘lik va dramatik aranjirovkalarga butunlay sho‘ng‘ish imkoniyatini beruvchi kechani va’da qiladi.

Temiryo‘lchilar markaziy madaniyat saroyi

Shanba

MUSIQA

"Garri Potter" konserti

"Garri Potter" konserti

Chiptalar narxi: 230 000 so‘mdan 700 000 so‘mgacha. Xogvarts ustidan supurgida uchib o‘tish, snitch (qilich)ortidan quvish, fakultet ramzi yo‘l-yo‘l sharfni o‘rab olish, do‘stlik va hayot haqida ko‘proq bilish kabi hissiyotlarni yangitdan boshdan kechirish. Mashhur kino-saga musiqasi katta konsert ijrosida jonlanadi — simfonik ohang tovushidan eting jimirlaydigan sevimli mavzular! Konsert har qanday yoshdagi tinglovchilar uchun sehrga to‘la, milleniallar esa bundan ortig‘iga tayyor tursin…

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi

TADBIR

"Keramistan" kulolchilik ko‘rgazmasi

"Keramistan" kulolchilik ko‘rgazmasi

Mahalliy hunarmandlardan kulolchilik bayrami. Unda mualliflik vazalari, likopchalar va haykalchalar joy olgan. Ko‘rgazma mavzusi – bezak. Rassomlar qadimiy naqshlarni qayta ko‘rib chiqib, an’anaviy qadriyatlar va usullarni dolzarb badiiy ifodaning go‘zal tiliga aylantiradi.

Studio Artikul 32

Kirish bepul.

MUSIQA

Rassom Yigit Sattorning “ERROR 404: Art Not Found” shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishi

Rassom Yigit Sattorning “ERROR 404: Art Not Found” shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishi

Ko‘rgazma 30-noyabr – 9-dekabr kunlari barcha uchun ochiq bo‘ladi. Manzil: Toshkent fotosuratlar uyi Yigit Sattorning yo‘qotish va izlanish mavzularini nozik, ifodali tarzda tadqiq qilish harakatlari aks etgan yangi ishlari namoyish etiladi. Mehmonlarni "Uzumfermer"ning eksklyuziv vinolari va "Qand" shokoladlari hamda musiqa va yoqimli muhit kutmoqda.

MUSIQA

“Qofiyani unutdik” akustik konserti

“Qofiyani unutdik” akustik konserti

Kirish narxi: 70 000 so‘m. Ko‘nglingiz qandaydir iliq va shinam muhitni xohlasa, ushbu tadbir ayni muddao. Mehmonlar aylana shaklda o‘tirib, gitara va turli zarbli cholg‘ularning umumiy jo‘rligida sevimli qo‘shiqlarni kuylashi noyabrning sovuq kechasida kayfiyatingizni ko‘tarishi tayin. “Qofiyani unutdik” tadbiri — bu kichik musiqiy konsertlarda ijod namunalari bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega Toshkentning musiqali-ijodiy hamjamiyatidir.

Eco Cafe

TADBIR

“O‘g‘il” spektakli

“O‘g‘il” spektakli

Boris Gafurov tomonidan sahnalashtirilgan mashhur fransuz yozuvchisi Florian Zellerning xuddi shu nomli pyesasi – bu munosabatlar, aybdorlik va bir-birini tinglashga urinishlar haqidagi keskin, hissiy drama. Bu “Ilhom”ning eng kuchli spektakllaridan biri bo‘lib, unutilmas taassurotlarni qoldiradi.

Ilhom tearti

150 000 — 180 000 so‘m.

Yakshanba

MUSIQA

Swap Party

Swap Party

Odamlar bir biri bilan kiyim almashadigan ekologik toza format. Narsalaringizni yaxshi holatda olib keling va yangisiga almashtiring. Bu ortiqcha xarajatlarsiz garderobni yangilash imkoniyati. Mehmonlarni musiqa, raqslar, yangi tanishuvlar, taomlar, tanangizni isituvchi ichimliklar, shuningdek, “Ponayexali”dan sovg‘alar bilan brend ramzi tushirilgan buyumlar kutmoqda.

Ponayexali

Kirish bepul.

Seshanba

TADBIR

“Yevgeniy Onegin” operasi

“Yevgeniy Onegin” operasi

Chiptalar narxi: 77 000 so‘mdan 220 000 so‘mgacha. Poytaxt teatri tomonidan sahnalashtirgan Chaykovskiyning klassik operasi sevgi, begonalashuv va taqdir hikoyasidir.

Alisher Navoiy nomidagi DAKT

Chorshanba

MUSIQA

Ariana Lolayevaning stend-up konserti

Ariana Lolayevaning stend-up konserti

Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 400 000 so‘mgacha. Ko‘pchilik yaxshi ko‘radigan qiziqchi, “Ochiq mikrofon”, “Comedy Battl”, “Stendap Andegraund” shoulari ishtirokchisi, Stand Up Club #1 sobiq rezidenti Ariana Lolayeva o‘zining mualliflik ijodini namoyish etadi. Zamonaviy sahnaning eng yorqin stendap sanʼatkorlaridan birining o‘tkir va haqqoniy komediyasi.

SAHNA stand-up club

TADBIR

Ka mate. Ka ora performansi

Ka mate. Ka ora performansi

Kurash va tiklanish g‘oyalaridan ilhomlangan zamonaviy teatr. Inson o‘zini qabul qila oishi va o‘zida qorong‘ilik va yorug‘likni birlashtirish qobiliyati, ruhning harakati va kuchi haqidagi visual harakatlardan iborat spektakl.

Ilhom teatri

150 000 — 180 000 so‘m.

Oldingi sonlar

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.