Kettik! 12.12

Kettik!

Haftalik afisha

Shahar ko‘chalarini sekin-asta yangi yil shukuhi to‘ldirmoqda, aholi so‘nggi dedlaynlarni yopishga harakat qilib, natijalar sarhisob qilinmoqda va madaniy muhitga sho‘ng‘ib bormoqda. Bu hafta bizni balet afsonalari, tor doiradagi ma’ruzalar, Rojdestvo kuylari, she’riyat kechalari, shaxsiy ko‘rgazmalar va noyob kino namoyishlari kutmoqda.

“To‘maris” baleti

Qachon: 12-dekabr,19:00

Qayerda: DAKT, Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri 

Kuch, g‘urur va ozodlik haqida hikoya. Balet tomoshabinni miloddan avvalgi VI asrga olib ketadi, u yerda To‘maris va uning xalqi mustaqillik uchun hal qiluvchi kurashga kirishadi. Sahnada jonlanadigan qudratli kuchga ega musiqa, ravon harakatlar va timsollar.

“Alisher Navoiy” filmi namoyishi

Qachon: 13-dekabr, 19:30

Qayerda: Kinoxona 

Buyuk shoirning tarixi va merosiga nazar. O‘zbek kinosining dastlabki va eng muhim tarixiy filmlaridan biri. Namoyishdan so‘ng Markaziy Osiyo sovet merosi tadqiqotchisi Anna Pronina va kinotanqidchi Aleksey Artamonov bilan muhokama o‘tkaziladi.

Aleksandra Demchenkoning prodyuserlik haqidagi ma’ruzasi

Qachon: 13-dekabr, 17:00

Qayerda: Fabrica Art Space 

Prodyuserlik jarayonlari haqida tor doiradagi uchrashuv. Unda  ijoddagi tartibsizlikni qanday bartaraf etish, qaror qabul qilish va kasbga bo‘lgan ishonchni his qilish, shuningdek hunarmandchilik va turli ish jarayonlari haqida gap boradi. Faqat 30 ta joy bor.

Human House galereyasida she’riyat kechasi

Qachon: 13-dekabr (shanba) soat 18:30da

Qayerda: Human House Gallery 

Mualliflik sovg‘alari, hunarmandchilik buyumlari, fayz va shinamlik kun davomida ilhom bag‘ishlaydi. Bu tadbir bayram uchun o‘ziga xos buyumni topish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bir sahnada AQSh, Rossiya va Toshkentning "Litera" birlashmasi shoirlari: Andrey Gritsman (AQSh) - shoir, esse yozuvchisi, "Interpoeziya" jurnalining asoschisi; Vadim Muratxanov (Moskva) - shoir, muharrir, xalqaro mukofotlar sohibi. Toshkentlik shoirlar tarkibi: Olesya Tsay, Natalya Beloyedova, Aleksandra Spiridonova, Farhod Yunusov, Bax Ahmedov.

Kirish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish bilan.

Telegram: @hhuzevent, +998 90 061 40 56

Tynda Music kamera orkestri ijrosidagi Yangi yil konserti

Qachon: 14-dekabr

Qayerda: A. Navoiy nomidagi kino saroyi 

Qish oqshomiga fayz bag‘ishlaydigan tanish musiqa. Orkestrning jonli ijrosidagi “Jingle Bells”, “Let it Snow”, “White Christmas” va boshqa sevimli yangi yil kuylari bayram yaqinlashayotganini his qilishning ajoyib usulidir.

Art Bazar yarmarkasi

Qachon: 14-dekabr, 10:00-18:00

Qayerda: Azimut Grand Hotel

Mualliflik sovg‘alari, hunarmandchilik buyumlari, fayz va shinamlik kun davomida ilhom bag‘ishlaydi. Bu tadbir bayram uchun o‘ziga xos buyumni topish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kirish bepul 

Sardor Erkinovning “Iqbol” kartinalar ko‘rgazmasi

Когда: 15 декабря, 18:00

Qachon: 15-dekabr, 18:00

Qayerda: Andakullova Gallery, Tashkent City Mall,1. 

Rassom Sardor Erkinovning go‘zallik, xotira va hijron haqidagi lirik turkumi. “IQBOL – mening yangi shaxsiy ko‘rgazmam. Bu gullar, yorug‘lik va ichki sukunatdan tug‘iladigan qizlar haqidagi asarlar turkumi. U ham quvonch, ham ayriliqdan iborat bo‘lgan go‘zallik haqida”, – deb yozadi rassom.

Sympho Disco konserti 80-90: Yangi yil oldidan drayv

Qachon: 15-16-dekabr, 19:00

Qayerda: “Xalqlar do‘stligi” saroyi

Milliy simfonik orkestri va dirijyor Alibek Kabdurahmonov “Xalqlar do‘stligi” saroyini yorqin raqs maydoniga aylantiradi. 80 va 90-yillarning Modern Talking, Abba, Boney M, A-ha guruhlarining barcha xitlari kuchli simfonik ijroda. Yangi yil arafasidagi katta ziyofat muhiti.

Toshkentda “Van Gog bo‘lish” multimedia ko‘rgazmasi

Qachon: 8-dekabr – 8-mart, 10:00-23:00

Qayerda: Tashkent City Mall, 2-qavat.

Narxi: 40 000-60 000 so‘m.

Van Gog olamiga interaktiv sayohat: jonli polotnolar, keng ko‘lamli proyeksiyalar, to‘yingan ranglar va musiqa jo‘rligidagi dizayn. Bu rassom ijodini yangicha ko‘rish va uning kartinalari ichiga tom ma’noda kirish imkoniyatidir.

Oldingi sonlar

Yangiliklar

HD tahririyatidan maktub

Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.