Kimdir xavotir bilan yilni sarhisob qilayotgan bo‘lsa, boshqalari shahar bo‘ylab yangi yil kayfiyatini izlab izg‘ib yuribdi. Yana kimdiryilning so‘nggi ish kunlarida ishga ko‘milib yurgan bir vaqtda, tashkilotchilar tomonidan odatdagiday yasatilgan archalarni nariroqqa surib turingda, biz taklif qilayotgan chuqur teatr muhitiga sho‘ng‘ing. Yil oxirini yorqin hodisalar bilan boyitish maqsadida spektakllar va shou-dasturlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
“Qarsildoq” baletini tomosha qilish xuddi olivye va bengal chiroqlarikabi Yangi yil arafasidagi majburiy dasturdan o‘rin olgan. O‘tayotgan yilda o‘tkazib yuborilgan ko‘plab teatr tomoshalari ortidan quvib yetadiganday, omma chiptaga ulgurmay qolishdan qo‘rqib kassaga hujum qiladi.
Dekabr oyida “Qarsildoq” haqidagi syujetni uch talqinda – mahalliyva Moskva balet truppalari ijrosida va “Ilhom” teatri spektaklidako‘rish mumkin.
“Qarsildoq”. “Russkiy balet” Moskva akademik teatri
Rus baleti spektakllarida har bir tomoshabin o‘zi kutgan zavqni oladi. Raqqosa va raqqoslarning mukammal mahorati, chuqur dramatizm vaajoyib musiqa – bularning barchasi klassik qonunlarga mos keladi.
“Qarsildoq” Rojdestvo moʻjizasi va ilk muhabbat hayajonlari dunyosiga sho‘ng‘ish imkonini vaʼda qiladi. Bu olamda ertak inson hayotining bir qismiga aylanadi. SSSR xalq artisti Vyacheslav Gordeyev sahnalashtirgan spektakl yilning eng uyg‘un so‘nggi akkordi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.“Russkiy balet” truppasi “Oqqush ko‘li”ni ham namoyish etadi. Balet spektaklni u shakllangan ijro an’analarida ko‘rmoqchibo‘lganlarga tavsiya etiladi.
Spektakllar jonli ijroda qo‘yiladi.
Sana:
27-dekabr – “Oqqush ko‘li”
28-dekabr – “Qarsildoq”
“Qarsildoq”. Alisher Navoiy nomidagi DAKT
Navoiy teatridagi “Qarsildoq” spektaklining O‘zbekiston Madaniyatva san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida yangilangandekoratsiyasi o‘zining hashamati bilan hayratga soladi. Baletxoreografiyasi neoklassik usullar va boshqa yangiliklarni o‘z ichigaoladi.
Postanovkachi rejissyor Maksim Petrovning aytishicha, tomoshabinbutun baletni Mashaning ko‘zi bilan ko‘radi. Mualliflar bosh qahramonni odatiy tasvirdan farqli o‘laroq, isyonkorga, butun syujetniesa uning fantaziyasiga aylantiradi. Shunga qaramasdan, ijodkorlarP.I. Chaykovskiy g‘oyasiga ixlos bilan ergashgan.
Bu spektakl uchun kiyimlar Moskvada tikilgan. Sahnadatomoshabinni haqiqiy karnaval kutmoqda – ular tovlanib, yonib, xilma-xilligi va ko‘lami bilan maftun etadi.
Spektaklga O‘zbekiston milliy simfonik orkestri jo‘r bo‘ladi.
Sana: 23-31-dekabr
“Qarsildoq…. Ibtido yoki shahzoda Pirlipat haqida ertak”. Ilhom
Toshkentning bosh mustaqil teatri “Ilhom” ham o‘z “Qarsildog‘” initaqdim etadi, faqat tor doiraga mo‘ljallangan variantda.
Ijodkorlar uni “yaxshi teatrni sevadigan kattalar uchun bolalarspektakli” deya ta’riflamoqda. Kichik sahnada haqiqiy sehr ro‘yberadi. Bu sintetik harakat natijasi: dramatik janr animatsiya bilanto‘ldiriladi, buni aktyorlar ekranning o‘zida buyumlar va rasmlarvositasida yaratadi.
Atigi 50 kishilik zalda maftun etuvchi ta’sirga ega Gofman hikoyasigaxayolan sho‘ng‘ish — “Qarsildoq”ning hashamdor balet talqiniga muqobil yoki to‘ldiruvchi variant sifatida namoyish etilmoqda.
Sana: 28-dekabr
O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrida “12 oy”
Atrofda hamma narsa chiroqlar bilan porlab, miltillab, tovlanib turarekan, yaxshilik, yomonlik va tabiatning o‘zgarmas qonunlari haqidagiezgu va abadiy ertaklar barhayotdir. Bu juda ajoyib! Bolalarning 80 yildan ortiq vaqt davomida eng sevimli yangi yil hikoyalaridan biribo‘lib kelayotgan Samuil Marshak asari asosida yaratilganqo‘g‘irchoq spektaklini tavsiya etamiz. Ertak syujeti qanchalik sehrlibo‘lsa, shunchalik ibratli hamdir: bolalarga tabiatni asrab-avaylash vauning hodisalari haqida hikoya qilish, ayniqsa muhimdir.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shomurot Yusupovsahnalashtirgan spektakl kichkintoylar uchun mo‘ljallangan, ota-onalar esa 12 oy qahramonlarining chuqur ramziyligiga e’tiborqaratishlari mumkin.
Sana: 25, 27, 29, 31-dekabr
CLINC! sovun pufakchalari teatri, Ispaniya. Temiryo‘lchilarmadaniyat saroyi
Ispaniyaning PortAventura ko‘ngilochar bog‘i prodyuserlik jamoasibilan hamkorlikda yaratilgan afsonaviy Pepa Bu shou-dasturiToshkentga keladi. U o‘z janridagi eng mukammal va“teatrlashtirilgan” asarlardan biri hisoblanadi.
Ovozsiz tomoshada xilma xil sovun pufakchalari tomoshabopbo‘lishiga qaramay, shunchaki tryuk emas. Ular ssenografiya, dramaturgiya va umuman spektaklning asosiy qahramonlari.
Teatr, fan va attraksion tutashgan joyda madaniy va til mansubligidanqat’i nazar, barcha avlod tomoshabinlari uchun so‘zsiz tushunarlibo‘lgan mashhur shou paydo bo‘ladi. O‘z vaqtida “Slava Polunin qorshou-dasturi” kabi, Clink ham attraksion vosita qanday qilib haqiqiy, chuqur san’atga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tomoshadankeyin siz boshqa odamga aylanasiz.
Sana: 27, 28-dekabr
Yaqin o‘tmishni qo‘msash o‘tayotgan yilning asosiy trendlaridan biri. Unga hurmat bajo keltirgan holda, ikkita tadbirda qatnashish mumkin:Operetta teatrida teatrlashtirilgan “Yangi yil disko-konserti”.
Operetta teatrida teatrlashtirilgan “Yangi yil disko-konserti”
Qadrdon Operetta teatri tomoshabinlarga katta teatrlashtirilganshouda disko ritmlari ostida cheksiz quvnoq muhitni va’da qilmoqda.
Xo‘sh, qaysi birimiz ABBA, Boney M va Gloriya Geynerga
jo‘r bo‘lmaymiz?
Disko raqs va erkinlik uchun musiqa bo‘lib tug‘ilgan,
uning ritmi bizni buvilarimizning yoshlik davriga olib ketadi. Disko-sharning
yorqinligi, ajoyib kostyumlar, jarandor
musiqa: disko bayram uchun yaratilgan! O‘zlikni saqlash va hayot
tantanasini nishonlash – Yangi yil arafasidagi kunlar uchun ajoyib imkoniyat.
Sana: 27, 28-dekabr
“Turkiston” konsert zalida Ne Prosto Orchestra Yangi yilkonserti
Taniqli qozog‘istonlik jamoa: simfonik orkestr, xor va yakkaxonlarijrosidagi mashhur saundtreklar.
Ne Prosto Orchestra – Qozog‘istonning birinchi mustaqil simfonikorkestri bo‘lib, u sakkiz yildan beri mashhur filmlar, seriallar, animelarning saundtreklarini ijro etib kelmoqda. Ushbu o‘ziga xos vamurakkab janrni o‘zlashtirgan jamoa turli mamlakatlardagitomoshabinlar qalbini zabt etmoqda. Ularning tomoshalari MDHningyirik shaharlarida chiptalar soni bo‘yicha rekordlarni yangilamoqda.
“Turkiston”dagi konsertda Yangi yil ruhini beruvchi eng sevimli filmlardan qo‘shiqlar va musiqalar ijro etiladi: “Uyda yolg‘iz”, “Narniya”, “Taqdir hazili”, “Ishdagi ishq”, “Anastasiya” va boshqalar. Gollivud miqyosidagi shou va baxtli bolalikka fleshbeklardan bahramand bo‘lish uchun keling
Sana: 25-dekabr







