Bayram dam olish kunlari uchun noodatiy filmlar to‘plamini yig‘dik
(rostini aytsam ular orasida Garri Potter yo‘q). Trillerlar, romantik
komediyalar, qo‘rqinchli filmlar va hatto yangi yilga umuman to‘g‘ri kelmaydigan kinolar ta’tilni biroz mazmunli qiladi
(va’da beramiz).
"Yalang‘och to‘pponcha" (Nison ishtirokidagi film davomidan tashqari barcha qismlar)
Yo‘ldan adashgan, ammo "uchar otryad"ning daho xodimi Frenk
Drebin haqidagi trilogiya butun politsiya janriga katta va yoqimli parodiya sifatida
suratga olingan kartina. Bu yerda Bondianaga qarata olqishlar ham,
"Kolombo" tomoniga hazilomuz bosh irg‘ashlar ham, "Iflos
Garri"dagi taniqli elementlar ham bor - Devid Suker bitta seriyaga bir
dunyo iqtibos va bema’nilikni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Ammo eng muhimi, bu filmlardan so‘ng Lesli Nilsen ijrosidagi Frenk
Drebin barcha gipermaskulin (stereotip erkak xususiyatlariga ega) ekran
qahramonlarini osongina ortda qoldirgani ma’lum bo‘ladi. Film shunchaki ko‘tarinki
ruhsiz ham zo‘r bo‘lish mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
"Ku‘rinmas ip" (2017-yil)
2025 yilda bizga "Jang ketidan jang" filmini taqdim etgan Pol
Tomas Anderson nozik va vizual jihatdan boy dramalar ustasi ekanligi shubhasiz.
Bu filmda u XX asr o‘rtalarining o‘ziga xos qat’iy va zamonaviy muhitini yaratgan.
Deniel Dey-Lyuis Londonning mashhur tikuvchisi, benuqson did va
mustahkam odatlarga ega bo‘lgan Reynolds Vudkok qiyofasida namoyon bo‘ladi.
Ammo yangi ilhom parisining paydo bo‘lishi muqarrar ravishda uning puxta o‘ylangan
hayotini buzadi. Filmda eng kuchli va hayajonli sahnalardan biri yangi yil
kechasidan so‘ng sodir bo‘ladi.
"Shafqatsiz tun" (2022)
Bu kartinani bir vaqtning o‘zida yangi yil uchun eng yomon va eng yaxshi
film desak adashmaymiz. Gap shundaki, unda jangari film, triller, qora komediya
va deyarli ertaknamo Rojdestvo muhiti dadillik bilan aralashtirilgan. Natijada,
shunday g‘alati to‘plam hosil bo‘lganki, u haqiqiy bayramona attraksionga aylangan.
Bu yerda Santa Klaus o‘zini to‘xtatishga qaror qiladi, chunki odamlar
endi mo‘jizaga ishonmay quygan, bolalar faqat pul talab qiladi, bayram esa
ma’nosini yo‘qotgan. Santa Klaus bu Rojdestvoda oxirgi marta xizmat qilishga
qaror qiladi, lekin tasodif tufayli u Trudi ismli qiz yashaydigan hashamatli uyga
kelib qoladi. Jinoyatchilar uyni egallab olgan paytda Santa aralashishga majbur
bo‘ladi. Faqat sehr o‘rniga qo‘liga tushgan og‘ir buyumlardan foydalanadi va
kutilmaganda... yangi yil uchun o‘ta shafqatsiz harakatlar yuzaga keladi.
"Sen uxlayotganingda" (1995)
"Haqiqiy sevgi", "Ayirboshlash ta’tili" yoki "Taqdir hazili"
dan boshqa filmlarni ko‘rishni xohlasangiz, Sandra Bullok, Bill Pullman va
Piter Gallaxer ishtirokidagi ushbu romantik komediya ularning o‘rnini munosib
bosa oladi.
Metroda ishlaydigan kamtarin Lyusi kelishgan Piterni pinhona orzu qiladi
va bir kuni uni fojiadan qutqaradi. U komada yotganida, Piterning oilasi
Lyusini yanglishib uning qaylig‘i deb o‘ylaydi va aynan shu odamlarda qiz
to‘satdan o‘ziga yetishmagan oilani topadi. Lekin, Lyusy kutilmaganda Piterning
akasiga ko‘ngil qo‘yganida, voqea biroz murakkablashadi.
"Shrek 2" (2004)
Asl nusxadan yaxshi chiqqan kitob yoki kino kamdan-kam uchraydi. Bunga
misol tariqasida "Betmen qaytmoqda," "Telba Maks 2,"
"Terminator"ning ikkinchi qismi va "Cho‘qintirgan ota"
kiradi. Ular qatoriga Shrek va Fiona haqidagi hikoyaning davomini ham bemalol
joylashtirish mumkin.
Asal oyidan so‘ng er-xotin O‘ttiz to‘qqizinchi qirollikdan maktub oladi
- Fionaning ota-onasi qizi va uning sevgilisini ko‘rishni xohlaydi. Shrek,
Fiona va Eshak oilaviy tanishuvga yo‘l oladi, ammo Fionaning qarindoshlari endi
ularning malikasi ham ogr ekanligini tasavvur qila olmaydi. Vaziyatga
qaynotasi, Cho‘qintirgan pari va ideal (ularning fikricha) shahzoda Charming
aralashadi. Shunda yangi turmush qurgan yosh juftlikning xotirjam hayoti
tugaydi.
"Qozon yetimchasi" (1997)
Vladimir Mashkovning debyut kartinasi eski sovet kinosiga bo‘lgan ehtiromdir.
Bosh qahramon Nastya onasining o‘limidan
so‘ng uning jo‘natilmagan maktubini topib oladi va uni manzilga - Pavel ismli
shaxsga yuborishga qaror qiladi. Biroq, Yangi yil kechasida to‘satdan birdaniga
uchta Pavel ismli har xil erkaklar paydo bo‘ladi: biri - fokuschi, ikkinchisi -
kosmonavt-dublyor, uchinchisi - Tinch okeani kemasida ishlagan oshpaz. Shunday
qilib, g‘alati, ta’sirli va kutilmagan (muhimi yangi yil!) hikoyasi boshlanadi.
"Nimadir" (1982)
Jon Karpenterning klassik dahshatli filmi o‘zining kuchli qishki
kayfiyati tufayli dekabr to‘plamlaridan joy oldi. Voqea Antarktidadagi yashirin
Amerika bazasida sodir bo‘ladi. U yerga har qanday tirik shaklni mukammal
ravishda nusxalashga qodir bo‘lgan o‘zga sayyoralik tushadi.
Parazit allaqachon jamoaga singib ketgani va endi har bir odam
"ko‘ringanidan boshqacha" bo‘lishi mumkinligini qutbda ishlayotganlar
tezda tushunadi. Film "O‘nta negr bolasi" kabi shiddatli detektivga
aylanadi, unda yopiq joy, bir biriga ishonchsizlik va Antarktidaning sovug‘i alohida
personajga aylanadi.
Ennio Morrikonening minimalistik saundtreki esa sodir bo‘layotgan
voqealarni qo‘rqinchli ko‘rsatadi. "Tirik qolganlar odammi yoki
yo‘qmi?" - degan savol tug‘iladi.
"Ko‘zlarni katta yumib" (1999)
Yangi yil uchun noodatiy filmlar to‘plami uchun Stenli Kubrikning
so‘nggi filmidan ko‘ra ig‘vogarona filmni topish qiyin. Kartina xuddi
rejissyorning butun faoliyati kabi javobsiz savol bilan yakunlanadi.
Tanqidchilar, tomoshabinlar va tadqiqotchilar chorak asrdan beri filmning
ramzlari, tafsilotlari va yashirin ma’nolarini tahlil qilib, muallif aynan
nimani nazarda tutganini tushunishga harakat qiladi: bu nikoh allegoriyasimi?
hokimiyatning elita tuzilmalariga kinoyasimi? istakning tabiatini o‘rganishmi?
yoki hammasi birdanigami? Bir paytlar adabiyot darslarida bo‘lgani kabi aniq
javoblar yo‘q.
Rojdestvo kechasi doktor Bill Xarfordning tungi shahar bo‘ylab gotik
sayohatining boshlang‘ich nuqtasiga aylanadi. Bu yerda niqoblar, maxfiy
jamiyatlar va paranoyya cheksiz uyqu-labirintga aylanadi.
Bu qish uchun ideal tanlov bo‘lgan tashqi ko‘rinishi bayramona, mazmuni
g‘amgin filmda bosh rollarni Nikol Kidman va Tom Kruz ijro etadi.
"Mustahkam yong‘oq" (1988)
Jon MakTirnanning klassik jangari filmidagi voqea Rojdestvo arafasida
sodir bo‘ladi: politsiyachi Jon MakKleyn rafiqasi bilan yarashish uchun
Los-Anjelesga keladi va terrorchilar tomonidan osmono‘par binoni egallab olayotgan
jarayonga tushib qoladi.
Bir qarashda bu otishmalar va portlashlar sodir bo‘ladigan oddiy jangari
film, ammo "Mustahkam yong‘oq" umuman Rojdestvo haqidagi film emas:
korporativ bayram Mak Kleynga sun’iy, tomoshabinga esa asabiy tuyuladi. Jon
shamollatish shaxtalari bo‘ylab emaklab yuradi, garovga olinganlarni qutqaradi
va, aslida, yangi yil kayfiyatidan charchaganlar uchun Rojdestvo va Yangi yil
ma’nosini qaytaradigan muqobil Santa Klausga aylanadi.
"Batman qaytib keladi" (1992)
Tim Byorton Rojdestvoni muzli gotik bayram muhitiga singdiradi. Gotemda
qor, girlyandalar, archa yoqish marosimlari va tabriklar mavjud, ammo tantana
yolg‘izlik, jinoyat bilan yonma-yon turadi. Bryus Ueynning raqiblari bayram
mavsumini o‘zlarining yovuz rejalari uchun qurolga aylantirib, ta’tildan qasos
olish uchun foydalanadi. Betmen esa u shaharni himoya qiladigan haqiqiy
qahramon.
Film tavakkal qiladiganlar uchun Rojdestvo murakkab vaqt ekanligini ko‘rsatadi.
Film yakunida qor yog‘adi va film qahramoni hammaga Rojdestvoda yaxshi
tilaklar tilaydi. Aynan shu tufayli bu filmni noodatiy yangi yil filmlari
qatoriga qo‘shdik. Bayramona super qahramon shunday bo‘ladi.










