Kettik!
Haftalik afisha
Bu hafta shaharga ko'proq chiqish uchun yaxshi sabab, chunki hafta davomida: jamoaviy o‘qishlar, katta jazz festivali, hatto kino-syurprizga ham borish mumkin, yoki oddiygina gullar festivalida odamlar orasida sayr qilishga nima deysiz. Bittasini tanlashingiz yoki Toshkent bo‘ylab hafta davomida borish kerak bo'lgan o‘z kichik yo'nalishingizni tuzishingiz mumkin.
Seshanba
MUSIQA

Xalqaro jazz festivali Toshkentda
Qayer: “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyining ochiq maydonchasi Jahon miqyosidagi yulduzlar va o‘zbek jazz sahnasining yetakchi vakillarini birlashtirgan keng ko‘lamli musiqiy tadbir. Festival afsonaviy bas-gitarachi Stenli Klarkning chiqishi bilan ochildi va yorqin improvizatsiyalar, hamkorliklar hamda yangi nomlar bilan har kungi konsertlar orqali davom etmoqda.
Kirish bepul
Shanba
TADBIR

Yevropa kuni 2026
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan katta ochiq shahar tadbiri. Tadbirda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchixonalari va xalqaro loyihalar vakillari to‘planib, ta'lim, malaka oshirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi. Mehmonlarni interaktiv hududlar, mahorat darslari, madaniy tadbirlar va jonli muloqot muhiti kutmoqda. Butun oila bilan borsa ham bo'ladi.
Yoshlar ijod saroyi
Kirish bepul
Yakshanba
MUSIQA

«Neboslov»: Olmachida musiqiy kecha
Qayer: “Drugiye zveri” teatri Tashkilotchilar tomonidan va’da qilingan va kutilmagan sovg‘alar ulashadigan fayzli konsert. Tanish hamda yangi kompozitsiyalar g‘ayrioddiy aranjirovkalarda, kaxon( zarbli muzika asbobi asli Perudan) da sirli mehmon jo'r bo'ladi. Bu “Neboslov” guruhi musiqasini yangi formatda eshitish uchun noyob imkoniyatdir. Bron: Telegram @misanthropic_toad
donat (erkin to‘lov)
MUSIQA

Gunxild Karling bilan musiqiy improvizatsiya ustaxonasi
Qayer: Respublika bolalar kutubxonasi Multiinstrumentalist Gunxild Karling bilan amaliy uchrashuv. Ishtirokchilarni o‘zaro hamkorlik jarayoni kutmoqda: artist tinglaydi, o‘yinga qo‘shiladi va musiqiy g‘oyalarni real vaqtda rivojlantirishga yordam beradi. Bu akademik maktabdan tortib eksperimental sahnagacha bo‘lgan har qanday yo‘nalishdagi musiqachilar uchun mos keladi. Til: ingliz (tarjima bilan)
Kirish bepul, ro‘yxatdan o‘tish orqali
Seshanba
TADBIR
"Insondek o‘qish" mahorat darsi
Jahon adabiyotidagi eng xavfsiz va bir vaqtning o'zida eng foydasiz mavjudlik haqidagi hikoya, tashkilotchilarning ta’kidlashicha, rejissyor va aktyorlik mahorati o‘qituvchisi Mariya Seleva rahbarligida chuqur o‘qish va muhokama qilish orqali amalga oshiriladi. Dasturda — yumshoq artikulyatsiyali mashq, past ovoz chiqarib o‘qish, diqqatni jamlash texnikalari va kitobxon kundaligini yuritish.
Human House
70 000 so‘m
Chorshanba
MUSIQA

Toshkent Flowers Fest 2026
Qayer: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Yorqin shahar festivali, u makonni keng ko‘lamli gullar ko‘rgazmasiga aylantiradi. Mehmonlarni tirik gullardan yasalgan installyatsiyalar, konsert dasturi, artistlarning chiqishlari va butun oila uchun turli interaktiv faoliyatlar kutmoqda.
Kirish bepul
Payshanba
TADBIR

Milleniallar kinoko‘rsatuvi: «Haqiqiy his-tuyg‘ularingizni qaytarib oling»
Sog'inch kinotajribasidagi film katalogdan tanlab olinmagan oddiy kino emas, balki u haqiqatan voqea aylangan davrlarga qaytaradi. Tashkilotchilar faqat janr va vaqtni oshkor qiladi — film nomi boshlanishiga qadar sir bo‘lib qoladi. Bu mashhur asar yoki 80–90-yillardan kutilmagan topilma, hatto o‘sha "manqa erkak" ovozi bilan tarjima qilingan bo‘lishi mumkin. Birinchi kecha Marvel va DC davridan ancha oldingi dastlabki kinokomikslarga bag‘ishlangan. Bron: Telegram @misanthropic_toad
“Drugiye Zveri” teatri
50 000 so‘m
Oldingi sonlar
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.