Kino va sahna san’ati
Qanday qilib kerakli eshikdan kirish mumkin - fotoesse
Ildar Sadikov, Mariya Maksmicheva

«Teatr+» - Mixail Doloko jamoasiga atigi bir yil to'ldi. 8-oktyabr kuni jamoa Luidji Lunari pyesasi asosida «Troye na kachelyax» («Arg'imchoqda uchovlon») kattalar uchun birinchi spektaklining premyera oldi namoyishini o'tkazdi. Spektakl kadrlari va sahnaga chiqishga tayyorgarlik sehri - Ildar Sodiqovning fotoessesida
«Teatr+» hayotidagi yangi bosqichni nishonlash uchun rejissyor absurd teatr elementlariga ega falsafiy komediyani tanladi. Har xil madaniyatda uchraydigan uchta notanish odam qandaydir xonaning yopiq makonida qamalib qoladi. Har birining rejalari bor edi, har biri o'z qarashlari bilan cheklangan, har birining o'z psixozi bor. Ularning har biri oddiy mantiqqa sig'maydigan narsa o'zi bilan qanday yuz berganini tushunishga harakat qiladi.
Yengil, zukko suhbatlar, bir oz bema’nilik va qahramonlar tushib qolgan o'zga parallel voqelik tufayli pyesa nihoyatda mashhur bo'lib ketdi va o'nlab tillarda sahnalashtirildi.
Biroq, tushunmovchiliklar komediyasi o'lim, gunoh va oxirat hayot, mantiq va ma'no izlash haqidagi falsafiy suhbatga aylanadi.
Qahramonlar, jumladan ko‘ngilchan, lekin ba'zida qupol sobiq xarbiy, romantik uchrashuvga umid qilgan ishbilarmon-xotinboz va filologiya fanlari professori, o'z hayotining tugaganligini qabul qilish zarurati vaziyatiga tushib qoladilar. Yurakni muzlatuvchi muammolarga qaramay, sahnalashtiruvchi va aktyorlar masxarabozlik elementlariga ega hikmatning yengilligini saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan. Qahramonlar o'zlarining hayot va o'lim oralig'ida qolganliklarini darhol anglamay, iymon, mas'uliyat, tavba va ma'no-mazmun kabi masalalarda juda oddiy tarzda gaplashadilar.
«Niqoblar»ning mavjudligi qahramonlarga juda insoniy, tanish, o'z umidlari va zaifliklari bilan har bir kishiga yaqin bo'lib qolish imkonini beradi. Qo'shiq va raqs sahnalari behayo, xalq tilida aytganda «endi farqi yo'q, raqsga tushamiz!» kabi ishora va hayotning eng so'nggi daqiqalarigacha ham yashashga bo'lgan chanqoqlikning timsoli sifatida ishlaydi…
Hazil, myuzikl, vaziyatlar komediyasi, falsafiy hikmatni birlashtirib, spektakl bizga o'zimiz aniqlash imkonini beradi, ya'ni bu nima edi, noto'g'ri eshiklardan kirgan qahramonlar o'ladimi yoki qutulib qoladimi kabi savollarga mustaqil javob topishga undaydi…
Ba'zi nuqsonlarga qaramay, teatr aktyorlari, albatta, ertami-kechmi har birimiz boradigan joyni tragikomediyaning ko'p qirrali qahramonlari orqali yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Menimcha, sahnalashtiruvchining niyati ham aynan shu edi.
Bir yildan beri mavjud bo'lgan teatr uchun bunday sahnalashtirish - bu ajoyib natija. Men yigitlarga ham do'st, ham tomoshabin sifatida katta muvaffaqiyatlar tilayman. Bu spektaklni imkon qadar ko'proq odamlar ko'rishini istardim.
Yangiliklar
HD tahririyatidan maktub
Haftada bir marta Markaziy Osiyoning eng yaxshi materiallari, voqealari va madaniy kashfiyotlarini yuboramiz.






