To‘qsoninchi yillardayoq video ishlab chiqarishning bu yo‘nalishi hozirda mashhurlikka erishgan minglab rejissyorlarning o‘z sohasida rivojlanishiga, san’atkorlarga esa yanada tanilishiga va musiqiy taronalarini tasvirlar bilan to‘ldirishga imkon berdi. Qanchalik mantiqqa zid bo‘lmasin, oradan 30 yil o‘tib ham, biz xuddi shunday manzarani mahalliy klipmeykingda kuzatyapmiz.
Devid Fincher, Spayk Jons, Mishel Gondri va boshqa ko‘plab yetakchi rejissyorlar faoliyatini klipdan boshlagan. MTV kanali rejissyorlarning muallifligini hujjatlashtiraboshlaganidan keyin, klipmeyking vizual madaniyatning muhim qismiga aylandi. Musiqiy video ishlab chiqarish shu darajaga yetdiki, uning o‘ziga yarasha qoidalari paydo bo‘ldi va TV klip siyosati ishlab chiqildi, sanoat tijoratlashtirildi va natijada oldingi erkinlikni siqib chiqarildi.
Kreatorlar bu yerda ham yo‘l topdilar: ba’zi bir ijodkorlar va prodakshnlar san’atkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlay boshladilar, yangi platforma esa bevosita internetga o‘tdi.
Tahlillarimizga ko‘ra, shunga o‘xshash jarayonlarni o‘zbek klipmeykingida ham kuzatish mumkin. Bugungi kunda sanoatimiz shakllanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu yo‘nalish asta-sekin vizual madaniyatning alohida qismiga aylanib bormoqda. Bu yerda rejissyorlar san’atkorlar bilan birgalikda umumiy til topishga harakat qiladi, investorlar va reklama mahsulotlarini jalb qiladi, shu orqali tijorat va ijod o‘rtasida muvozanatni saqlaydi.
Biz ushbu harakat yo‘nalishini kuzatishni maqsad qildik – mamlakatimizdagi klipmeyking tamoyillari haqida tarixiy ma’lumot to‘pladik va mahalliy sanoatning bir nechta asosiy vakillari: montajchi Vahoblon Norbo‘tayev, rejissyorlar Damir Mubinov va Doni Axmadjonov, Abstract Visuals reklama prodaksheni asoschisi Bekzod Abduvaliyev, marketolog Alisher Mamadaliyev va "Kasta" guruhi bilan bugungi jarayonlar hamda ilgari nimalar bo‘lgani haqida suhbatlashdik.
Yorqin pop-kliplardan to‘ylargacha: klipmeyking 2000-yillarda
Sobiq Ittifoq parchalanganidan so‘ng O‘zbekistonda musiqa sanoati rasman mustaqil bo‘lsa-da, ammo imkoniyatlar cheklangan edi: kliplar ko‘pincha bir joyning o‘zida (studiyalar, sahnalar, oddiy joylar) suratga olinardi, targ‘ibot esa televideniye, musiqiy ko‘rsatuvlar, kassetalar va DVD orqali amalga oshirilardi. 90-yillarda tanilib ulgurgan ko‘plab yulduzlar, masalan, Yulduz Usmonova yoki “Jonim” guruhi, “televizion” kliplarni chiqarishni davom ettirardi.
Ikki minginchi yillardan buyon klipmeykingdagi asosiy o‘zgarish kliplar uch xil avlod ijodkorlari tomonidan suratga olingani bilan bog‘liq. 2000-yillar boshida bular eski maktab professionallari – O‘zbekkino uchun filmlarni suratga olgan rejissyorlar va operatorlar edi. Ular kliplarga kinematografik yondashuv va vizual til bilan ishlash tajribasini olib kirdi.
Damir Mubinov –– kliplar va reklama roliklarini sahnalashtiruvchi rejissyor
Keyin ijodda o‘ziga xos pasayish yuz berdi, natijada to‘ybop studiyalar kutilmaganda yetakchi o‘rinni egallab oldi. To‘laqonli reklama bozori paydo bo‘lishidan oldingi butun davr davomida asosiy manbalar – asbob-uskunalar, mutaxassislar va byudjetlar aynan shu yerda jamlandi, shuning uchun ko‘plab kliplar to‘y sanoati doirasida yaratildi.
2000-yillarning boshida internet va YouTube qoidalari o‘zgardi
Keyinchalik sanoat raqamli distributsiyaga o‘tdi: san’atkorlar YouTubeda kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini ochdi; kliplar uzoqroq yashay boshladi va xalqaro auditoriyaga ega bo‘ldi. Byudjet ko‘payib, sifat yaxshilandi, “virallik” Virallik (yani "virusli" kontent foydalanuvchilarining o‘zlari reklamaga qo‘shimcha mablag‘ sarflamasdan ma’lumotlarni baham ko‘rib, qamrovni oshirishi) klip madaniyati paydo bo‘ldi (long-pleylar, remikslar, jonli efirlar).
Biroq tijoratlashuv ijodni siqib chiqara boshladi. Syujet va mahorat jihatidan sodda, yorqin taqdimot va barchaga ma’lum qahramonlar ishtirok etgan kliplar keng qamrovga ega bo‘ldi.
2018-2019-yillarga kelib mamlakatda reklama sanoati faol rivojlana boshlanganida vaziyat o‘zgardi. Bozorga faqat tijorat videoroliklariga yo‘naltirilgan prodakshnlar kirib keldi. Ular vizual sifatning yangi darajasini ko‘rsatdi, lekin asosan yuqori byudjetli loyihalar bilan ishladi.
Bugungi O‘zbekiston klipmeykingi
Klipmeyking mutaxassislarining fikricha, bugungi kunda soha yuksalish bosqichini boshdan kechirmoqda.
Hozirgi ahvol, menimcha, yaxshi. Shunday bo‘lsa-da, yana o‘sishda davom etish kerak. Konsta, Jahongir Otajanov, “Q.zlar” guruhining kliplarini tahlil qildim. Ularda hikoya, qalb borligini, bu kliplar haqiqatan ham puxta ishlanganini ko‘rdim.
Deya ta’kidlaydi “Vaha Montazh” nomi bilan tanilgan montaj rejissyori Vahobjon Norbo‘tayev
Biroq ixtisoslashtirilgan ta’limning yetishmasligi va zaif infratuzilma, shubhasiz, sanoat rivojlanishi uchun asosiy to‘siqqa aylanmoqda. Masalan, Qozog‘iston bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, sanoatimiz ancha orqada. Qo‘shnilardagi kliplar darajasi sezilarli darajada yuqori.
Musiqiy sahna asosan ikki lagerga bo‘linishi san’atkorlar
orasida sir emas: to‘ylar va buyurtma konsertlar hisobiga yashaydigan eski estrada hamda o‘zga yo‘l izlayotgan yangi san’atkorlar to‘lqini mavjud. Xususan, bu vizual madaniyatni ishlab chiqishdir. Masalan, Laylo Rixsiyevaning kliplarida ko‘proq ijodiy manifestlar bo‘lsa, Konsta ijtimoiy muammolar haqida tushunarli tilda kuylaydi. Bu tor auditoriyaga ega san’atkorning muhim mavzularni ko‘tarishi, og‘riqlar haqida gapirishi natijasida ko‘p muхlislarga ega bo‘lishi mumkinligini isbotlaydi.
Vahobjon Norbo‘tayevning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Konstaning musiqiy videokliplari soha uchun namuna hisoblanadi:
Konsta bilan ko‘plab rejissyorlar ishlagan, u turli odamlar bilan ham yaxshi va professional kliplar suratga olish mumkinligini ko‘rsatdi. Doni Ahmadjonovning Konsta va “Q.zlar” uchun yaratgan ishlarini, Sardor Faxretdinovning Jahongir Otajonov uchun suratga olgan kliplarini ko‘rib chiqdim – ularda g‘oya, temp va ritm bor. Bu rejissyorlar O‘zbekistonda yangi sur’at va yangi yo‘nalishni belgilab bermoqda. Biz “syujet – trek – syujet” uslubidagi kliplarga o‘rganib qolganmiz, ularda esa musiqaga singdirilgan hikoya boshidan oxirigacha ko‘rsatiladi.
O‘z shaklini izlayotgan sanoat
Abstract Visuals prodakshn asoschisi Bekzod Abduvaliyevning aytishicha, klipga buyurtma sifatida emas, balki o‘zini namoyon etish shakli sifatida qaraydigan ijodkorlarning yangi avlodi paydo bo‘ldi.
Hozir yangi maktab shakllanyapti. Bu yaxshi, chunki uzoq vaqt davomida eski, konservativ tizim ishlayotgan edi va u hali ham bor. Ammo bugun yangi ijodkorlar, ijrochilar paydo bo‘lmoqda, biznes bu jarayonga kira boshladi. Hammasi endi boshlanyapti va bu quvonarli holat.
Bekzod
Klip olami yosh ijodkorlarning yangi avlodini shakllantirmoqda, ya’ni digital-madaniyatda ulg‘aygan mustaqil yoshlarni:
Bugungi kunda kliplarni 18-20 yoshli yigitlar suratga olyapti. Ularning ko‘pchiligi kinoda ham, to‘ylarda ham, prodakshnda ham ishlamagan. Bular rilslar, snippet (sarlavha va sahifaga havola ostida chiqarish natijalarida ko‘rsatadigan matnning qisqa qismi)lar suratga olishni boshlagan, ijtimoiy tarmoqlarda vizual tilini rivojlantirgan, keyin esa to‘laqonli kliplarga o‘tgan zumerlardir. Ular orasida dadil ijod qilayotgan haqiqiy mualliflar ham bor. Mana shunday sharoitda qiziqarli asarlar paydo bo‘ladi.
Damir Mubinov
Bundan tashqari, uyda musiqa yaratib, mahalliy brendlarni, underground yo‘nalishini rivojlantirayotgan ko‘plab mustaqil musiqachilar paydo bo‘ldi. Bunday san’atkorlar ko‘pincha yosh klipmeykerlar bilan hamkorlikda ijodiy loyihalar ustida ishlash uchunbirlashadi.
Reklamadan pul topish afzalmi yoki kliplarga pul sarflash?
Videolarni ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar, xususan, reklama sanoatining yuqori o‘sishini kuzatgan holda, bizda shunday savollar paydo bo‘ldi: reklama va klip o‘rtasidagi farq nimada? Biri ikkinchisiga qanday ta’sir qiladi va (yoki) yordam beradi?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kliplar ustida ishlashda ijodiy yondashuv va erkinlik ko‘proq. Gap erkinlikning mavhum ma’nosi haqida emas, balki aniq ma’nosi haqida ketmoqda:
Reklamada pog‘onaviylik bor – yuqorida har doim mijoz turadi. Agentlik, ijodkorlar, rejissyor g‘oyani qanday taqdim etishni o‘ylab topishi mumkin, ammo so‘nggi so‘zni har doim mijoz aytadi.
Vahobjon Norbo‘tayev
Reklamada odatiy sxema ishlaydi: mijoz aniq yo‘nalishni belgilaydi, agentlik va prodakshnesa ijrochilar hisoblanadi.
Reklama qanday yaratilishi haqida Bekzod Abduvaliyev shunday deydi:
Biz prodakshn sifatida har doim tizim bo‘yicha ishlaymiz va kliplarda, ayniqsa, jamoa bepul ishlaganda yoki ish jarayonini o‘zimiz moliyalashtirganda, haqiqiy erkinlik paydo bo‘ladi. Bu xuddi imtiyozga o‘xshaydi – siz shunchaki o‘zingizga yoqadigan g‘oyani yaratasiz.
Damir Mubinov rejissyorning kliplar va reklamalardagi rolini tasvirlab berdi:
Reklama loyihalarida hammasi brif (buyurtmachining loyihaga bo‘lgan asosiy talablari va istaklarini o‘z ichiga olgan, buyurtmachi va ijrochi o‘rtasidagi maqsadlar, vazifalar va parametrlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hujjat) dan boshlanadi. G‘oyani rejissyor emas, balki reklama agentligi o‘ylab topadi. Ko‘pincha ssenariyni boshqa odam yozadi. Rejissyor amalga oshiradi, lekin bu uning mualliflik ishi emas, klip esa to‘liq mualliflik natijasi bo‘lishi mumkin. Rejissyorning o‘z g‘oyasi, klip orqali aytadigan dardi bo‘lsa, san’atkor matn orqali o‘zining dardini kuylaydi. Va bular birlashtirilganda, ikki sabab tufayli qalbga yetib boradigan ijod mahsuli paydo bo‘ladi – mana shu asosiy yutuq.
Vahobjon klipmeyking daromadi va mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi:
Kliplar mijozlarni olib keladi, mijozlar esa pulni. Ijod va tijoratni ajratib olish kerak: reklama pul degani, ammo kliplar o‘zingizni ifoda etish imkonini beradi.
Klipmeyking ijod va o‘zini namoyon etish makoni sifatida
Bekzodning so‘zlariga ko‘ra, aynan ijodiy erkinlik yirik prodakshnlar va kinoijodkorlarni klipmeykingga jalb qiladi. Ko‘pchilik uchun bu tijorat loyihasi emas, PR va imij tarixi esaprodakshn darajasini ko‘rsatish va o‘zini namoyon qilish imkoniyatidir.
Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda ijodkorlarning ichki KPIlari bor – yiliga ikki-uchta kreativ loyiha. Bular kliplar, qisqa metrajli filmlar, ijtimoiy videolar bo‘lishi mumkin. Odamlar buni bepul qilishadi, shunchaki ichidagi dardini ifoda etish uchun. Shuning uchun ham tomoshabin ularni kuradi, chunki bu zavq, bu erkinlik.
Bekzod Abduvaliyev
Prodakshnning klipmeykingga ta’siri
Damir Mubinovning ta’kidlashicha, prodakshn klipmeyking rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prodakshn-kompaniyalar ijodiy loyihalarga qiziqish bildirmoqda, chunki ular festivallarda e’tiborni jalb qilish, mavqeni mustahkamlash va e’tirofga sazovor bo‘lishga yordam beradi:
Ko‘pincha prodakshnning o‘zi tashabbus ko‘rsatadi – rejissyor kelib: “Klip suratga olmoqchiman, keling, mijoz topib, buni birgalikda qilaylik”, – deyishi mumkin. Shunday holatlar bo‘ladiki, prodakshn shunchaki zo‘r loyihani amalga oshirish uchun xarajatlarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Prodakshn – jamoa bilan sifat va ko‘lamni ta’minlay olishdir, bunga yolg‘iz erishib bo‘lmaydi. Prodakshnsiz klip suratga olinmaydi.
Muvaffaqiyatli keyslar: Kasta uchun klip
9-noyabr kuni Abstract VS va SEKTA Agency prodyuserligida Kastaning yangi “Sozvon” klipi ommaga taqdim etildi. Loyiha jamoasining so‘zlariga ko‘ra, Vladida tayyor g‘oya bor edi va rejissyor uni amalga oshirdi xolos/ Natijada hammualliflikdagi ijod mahsuli paydo bo‘ldi:
Men loyihaga qo‘shildim, yigitlar konsert arafasida Toshkentga kelishdi va biz tom ma’noda bir kun ichida klip suratga oldik. Bungacha bir hafta davomida qo‘ng‘iroqlashib, barcha tafsilotlarni soatlab muhokama qilgandik.
Damir Mubinov
Biz Vladi bilan klip haqida gaplashdik:
Biz kamerali klip suratga olmoqchi edik, hatto telefon syomkasi haqida ham o‘ylagandik. Tanishim Sergey Kimga qo‘ng‘iroq qilib, operatoringiz bormi, deb so‘radim. U: “Bir g‘oya bor, o‘zingnikini menga tashla”, – deb qoldi. Men klip g‘oyasini yubordim – hammasi tez bo‘lib ketdi. Natijada maydonda 30 ijodkordan iborat zo‘r jamoa yig‘ildi, hamma hamjihatlikda ishladi.
Xonanda Toshkentga kelganida O‘zbekistonda musiqa sanoati rivojlanishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va o‘zining san’atdagi yo‘li qanday boshlanganini esladi:
Bu yerda sanoat endi rivojlanyapti. Siz bir nechta roliklaringizni namoyish etdingiz – ajoyib ishlar, ularda tartibli tasvirlar, tafsilotlarga e’tibor, mahoratli ijrochilar bor. Dastlabki bosqichda kooperatsiya juda muhim. Asosiysi, jarayonning o‘zi zavq bag‘ishlashi kerak.
Vladi
Biz musiqachidan “Qizil poyezd” klipini suratga olish jarayoni haqida so‘radik – bu ilhomlantiruvchi tarixga ega ijod mahsuli va guruhning birinchi video ishlaridan biri:
Pul beradigan odamlar topildi. Kassetada klipni yuborishganda, xuddi tug‘ilgan kun yoki Yangi yil bayramidagiday hissiyotlarni boshdan kechirdik.
Muvaffaqiyatli keyslar: Konstaning AI-klipi
Konsta uchun AI-klipini olgan rejissyor Damir Mubinov bunday loyihani yaratish g‘oyasi ancha oldin paydo bo‘lganini aytdi. Bu vaqt ichida u ikkita g‘oyani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi: biri Konsta uchun (Ismim Sharif qo‘shig‘iga), ikkinchisi esa Kasta guruhi uchun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi loyiha shunchaki qisqa rolik emas, balki neyron tarmoq bilan to‘laqonli ishlash istagidan tug‘ilgan:
Men bunga mos keladigan omilni qidirdim. Konsta odamlarning, ba’zi san’atkorlarning sun’iyligi va soxtaligi haqida qo‘shiq yozgan. Men odamlar va neyron tarmoqlarning soxtaligida o‘xshashlik topdim va mana shu metamodern klipni taqdim etdim.
San’atkorlar bilan ishlash, Konsta klipi
Men ko‘p kliplar suratga oldim deyolmayman, lekin tajribamdan kelib chiqib, san’atkorga: “Buni mana shunday ko‘ryapman”, – deyman va ko‘pincha: “Zo‘r, menga yoqdi”, – degan gaplarni eshitaman. Yoki loyihani yanada kuchliroq qilish bo‘yicha taklif berishadi.
Rejissyor ish tajribasi haqida shunday hikoya qiladi:
Konsta uchun oxirgi klipni suratga olayotganimda, yigitlar bundan nima chiqishini umuman tasavvur qila olmagan. Shunchaki hammani yig‘ib, tayyor ishni ko‘rsatdim. Reklamada bunday bo‘lishi mumkin emas. U yerda sen buyurtmachini har bir qadamingdan xabardor qilib turishing, hammasini kelishib olishing, tasdiqlashing kerak. Kliplarda esa buning keragi yo‘q. Shuning uchun ko‘pchilik ijodiy tomonlama, ba’zan esa tekinga ham ishlashga tayyor.
Damir yaqin yillarda klipmeykingni o‘zgartiradigan texnologiyalar haqida gapirar ekan, sun’iy intellekt asosiy drayver bo‘lishini ta’kidlaydi:
Bu soha ichida hali ko‘p yangiliklar bo‘ladi – kliplarda qo‘llaniladigan texnologik yutuqlar. Hozirda rakursni o‘zgartirish yoki tasvirga olingan material ichida kamera harakatini qo‘shish mumkin bo‘lgan neyron tarmoqlar mavjud. Qolaversa kamera va chiroqlar endi arzonroq, yengilroq, unumliroq bo‘lib bormoqda. Yetakchi AI bularning barchasini kuzatib borishga yordam beradi. Ya’ni “temir” yaxshiroq, soft (dastur ta’minoti) esa aqlliroq bo‘lyapti:
Bu soha ichida hali ko‘p yangiliklar bo‘ladi – kliplarda qo‘llaniladigan texnologik yutuqlar. Hozirda rakursni o‘zgartirish yoki tasvirga olingan material ichida kamera harakatini qo‘shish mumkin bo‘lgan neyron tarmoqlar mavjud. Qolaversa kamerava chiroqlar endi arzonroq, yengilroq, unumliroq bo‘lib bormoqda. Yetakchi AI bularning barchasini kuzatib borishga yordam beradi. Ya’ni “temir” yaxshiroq, soft (dastur ta’minoti) esa aqlliroq bo‘lyapti.
Klipmeyking rivojlanishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?
Zarur ta’limning yetishmasligi va infratuzilmaning sustligi, shubhasiz, sanoatni rivojlantirish uchun asosiy to‘siqqa aylanmoqda. Rejissyorlar, operatorlar va prodyuserlarni deyarli hech qayerda klipmeykerlikka o‘rgatishmaydi. Bundan tashqari, san’atkorlar va rejissyorlar har doim ham bir-birini topa olmaydi. Muloqot maydonchalari va hamkorlikdagi tashabbuslar yo‘qligi sababli ko‘plab g‘oyalar amalga oshmay qolyapti.
Kliplarning asosiy muammosi shundaki, ularning soni juda kam. Musiqa sanoati endi shakllanyapti.
Doni Ahmadjonov
Abstract prodakshn asoschisining ta’kidlashicha, asosiy to‘siqlardan biri biznes tomonidan tushunmovchiliklardir. Kompaniyalar va mijozlar hozircha kliplar joylanadigan digital-kontentning qadriga yetmayapti, vaholanki aynan shu narsako‘rishlar sonini ko‘paytiradi va auditoriyani shakllantiradi.
Asosiy to‘siq – digital-kontent haqiqatan ham ishlayotganini biznes tezroqtushunishi kerak. Klip pul topish vositasi emas, bu ijod. Bizda uzoq vaqt davomida bunga reklama sifatida qaralgan, ya’ni jamoa bor, mablag‘ bor – nimani suratga olishning nima farqi bor degan ma’noda. Bunday yondashuv ijodni o‘ldiradi.
Bekzod Abduvaliyev
Abduvaliyev sanoatning o‘sishi uchun mualliflik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor homiylar va yangi ijodkorlar kerakligiga ishonadi. Biznes klipmeykingning faqatgina iste’molchisi emas, balki akkumulyatoriga aylanishi kerak.
Damir Mubinovning ta’kidlashicha, klipmeykingni rivojlantirish uchun asosiy to‘siq hamon mablag‘ bo‘lib qolmoqda. Video qimmat mahsulot: rejissyor tekinga ishlasa ham, baribir texnika, lokatsiya va boshqa ko‘plab narsalar uchun pul kerak bo‘ladi.
Hamma ham kliplarga byudjet ajratishga tayyor emas, chunki kliplar reklamadan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foyda olib kelmaydi. Tijorat mijozi bir zumda shu joyning o‘zidapul topa olmaydi. Brendlar qadriyatlariga mos kelsagina kliplarni yaratish jarayoniga qo‘shiladi. Masalan, agar brend ekologiya mavzusini ko‘tarsa, san’atkorning qo‘shig‘i ham shu haqida bo‘lsa, ular loyihaga kirishi mumkin. Lekin bu istisno.
Damir Mubinov
Vahobjon professional montajchi sifatida ba’zi bir ishlarni boshqalarga topshirish kerakligi haqida gapirib berdi:
Musiqaviy klip rivojlanishi yo‘lidagi asosiy to‘siq – faqat bitta odamning ishlashi. Ko‘pgina videograflar hamma narsani o‘zlari qilishga odatlangan: suratga oladi, montaj qiladi va g‘oyani ham o‘ylab topadi. Bu esa loyihalarning sifatini pasaytiradi va ishga xalaqit beradi. Bu umumiy bozor uchun katta muammo, chunki oxir-oqibat bizda qandaydir "universal askarlar" paydo bo‘lyapti. To‘g‘ri, ularni ishga olgan odamlarga bu foydali, chunki alohida mutaxassislarni yollashning keragi yo‘q.
Vahobjonning aytishicha, bu bozorda demping (narxni sun’iy pasaytirish) hodisasini paydo qiladi va loyihalar sifatini pasaytiradi. Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik asosan o‘z tasavvurida o‘ylaydi, jamoada esa ishonch qolmaydi. Sanoat taraqqiyoti uchun jamoa bilan ishlash, vazifalarni taqsimlash va hamkasblarga ishonish juda muhim, chunki ular siz kutganingizdan ham yaxshiroq natijalarni berishi mumkin.
Har bir qo‘shiq uchun klip shart emas
Damir yana bir to‘siq sifatida barcha treklar ham klip uchun mos emasligini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab qo‘shiqlar vizual jihatdan salohiyatsiz, shunchaki yozilgan:
Buni hamma san’atkorlar ham tushunavermaydi. “Yana qanaqa qo‘shiqlaringiz bor? Boshqasini eshitib ko‘raylik”, — desam ba’zi birlari xafa bo‘ladi. Har ikki tomon ham ijodga beg‘araz yondashish kerakligini tushunishi kerak.
Unga klip suratga olish taklifi bilan murojaat qilishganda, u har doim trekni tinglashdan boshlaydi: agar musiqa unga yoqmasa, u rad etadi, chunki ichki hissiyotsiz sifatli ish qila olmaydi.
Uning aytishicha, O‘zbekistondagi aksariyat rejissyorlar kliplarni bepul suratga oladi va qaysi qo‘shiq bilan ishlashni tanlash huquqiga ega. Jamoa materialni chin dildan his qilgan taqdirdagina loyihaga qo‘shiladi va san’atkorlar bu ijodiy fidoyilikni anglashlari muhimdir.
Bundan tashqari, Damirning ta’kidlashicha, yosh klipmeykerlar ko‘pincha bozorni tushunmaydi: ko‘pchilik mijozning qiziqishlarini hisobga olmasdan va biznes jarayonlarini tushunmasdan, san’atkorlarga g‘oyalarni taklif qiladi.
To‘y-meyking o‘tmishga aylanmoqda
O‘zbekistonda klip yaratish sanoati nafaqat yangi san’atkorlarning paydo bo‘lishi, balki taniqli ijrochilarning yangiliklar kiritishi va tajribalari tufayli ham o‘zgara boshladi.
Buning yorqin misollari – Lola, Jahongir Otajonov, Munisa Rizayeva kabi san’atkorlar o‘z kliplariga yangi vizual shakllar va g‘oyalarni faol joriy etib, tijorat muvaffaqiyatini ijodiy tajribalar bilan uyg‘unlashtirish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Rejissyor Doni Ahmadjonov Munisa Rizayevaning “Mish-Mish” nomli so‘nggi klipi ustida ishlagan.
Estrada o‘zgara boshladi, san’atkorlar vizualni yangilashga, tajriba o‘tkazishga tayyor. Bizda bu “Mish-Mish” klipida amalga oshdi. San’atkorlar kreativ rejissyorlarga ishonch bildirishi, ular bilan til topisha olishi juda muhim. Yorqin misol – Jahongir Otajonov va Sardor Faxriddinovning bir qator kliplardagi hamkorligi. Ularning “Happy Birthday” klipi menga juda yoqdi.
Doni Ahmadjonov
SAVR, Kulinar, Nishon Group savdo va marketing bo‘yicha direktori, “Legkoye Retro” brendining otasi Alisher Mamadaliyev o‘zgarishlar haqida shunday deydi:
So‘nggi ikki yil ichida klipmeyking ancha rivojlana boshladi, ammo bu ishi bilan "yonib turgan", g‘oya ostida birlashayotgan, nimalarnidir yaratayotgan va shu orqali mintaqamizning zamonaviy madaniyatini shakllantirayotgan sanoatdagi kam sonli ijodkorlar tufaylidir. Zamondoshlarimiz Konsta, Mirshakar, A’zam, Jamshidxon, ularning qilayotgan ishlari oson kechadi, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, lekin ular to‘xtab qolmayapti, ijodini davom ettiryapti! Muhim ijtimoiy mavzularni yoritib, hamfikrlarini birlashishga va tashabbuslarni jamiyatga kengroq yetkazishga ilhomlantiryapti.
Kelajakni rivojlantirish tashabbuslari: jamiyat qanday shakllanadi
Buro Notfrom Tashkent Film School bilan hamkorlikda kino va video ishlab chiqarish xodimlari uchun bir qator uchrashuvlar tashkil etdi. Ular rejissyorlar, operatorlar, prodakshnlar va musiqachilarni bir joyga yig‘adi.
Prodakshn asoschisi Doni Ahmadjonov uning jamoasi shaharda nima sodir bo‘layotganini ko‘rsatishga va mahalliy sahnaning shakllanish jarayonini hujjatlashtirishga intilayotganini tushuntirib o‘tdi:
Bunday uchrashuvlarda eng qizig‘i rasmiy qismdan keyin sodir bo‘ladi, ya’ni ishtirokchilarko‘chaga chiqqanida, muloqot qilganida va bir-biri bilan tanishganida. Aynan shu jonli sanoatdir. Shunday tadbirlarning biridan so‘ng rejissyorlar va musiqachilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishlari uchun biz umumiy chat yaratdik. Hozircha faollik kam, ammo birlashishning o‘zi oldinga tashlangan qadamdir. Muloqotsiz rivojlanish qiyin.
Biznes ijodga sarmoya kiritmoqda: brendlarning roli va qo‘llab-quvvatlashi
Ijodiy tashabbuslarni qo‘llashning noyob namunasi – SAVR brendi. Uning sotuv ishlari bo‘yicha direktori Alisher Mamadaliyev birinchilardan bo‘lib hali tanilmagan blogerlar, komik artistlar, ijodkorlarning video va podkastlarini qo‘llab-quvvatlashni boshladi.
Bunday piar yurishning maqsadi tushunarli – ijrochilarning o‘z muxlislari bor. Va ushbu ijrochilarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali brend ularning auditoriyasi ishonchini qozonadi.
Alisher bilan ijod va tijorat o‘rtasidagi chegara haqida suhbatlashdik:
Mening vaziyatimda tijorat va ijod o‘rtasida to‘siq yo‘q, bu yerda odamlar tijorat deganda nimani nazarda tutishini tushunish muhim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotnimi, savdo faolliginimi yoki monetizatsiyanimi? Biz esa bunga boshqa nuqtayi nazardan qaraymiz. Biz ijodkorlik orqali hissiy aloqa o‘rnatamiz, tijorat esa bizning holatimizda ko‘proq doimiy qo‘llab-quvvatlash intizomi degani, bu esa, o‘z navbatida, jamiyat, ijodkorlar va sanoat oldidagi mas’uliyatga olib keladi.
Alisher Mamadaliyev
SAVR ijodiy loyihalarga homiylik qiladi. U yosh mualliflarga o'zi yaratgan i g'oyalarini shu yo'nalishda rivojlantirishga yordam beradi. Bu odamning yordamisiz, ko'plab xudolar ostalis Bi ko'rinmas, ostalis Bi g'oyalari esa amalga oshirilmagan. So'nggi ishlardan biri-o'z ijodini endigina boshlagan va muvaffaqiyatga erishayotgan ijodkor Rishatning "okean" trekiga klip.
Biz, ya’ni SAVR brendi jamoasi uchun ijtimoiy faol, dadil, atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmagan iste’dodli ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Birgalikda ijod qilish esa yanada muhimroq. Ko‘plab loyihalarni musiqachilar, rejissyorlar, ijodkorlar, rassomlar bilan birgalikda ishlab chiqamiz. Loyihaning g‘oyasidan tortib, uni amalga oshirishgacha barchasini qamrab olamiz.
Doni Ahmadjonov
Alisher o‘z biznesi bilan professional tarzda shug‘ullanib, Q.zlar, Konsta kliplari, Nqe.podcast podkasti va boshqa ko‘plab yosh ijodkorlarga homiylik qildi. Doni Ahmadjonov Alisherning ijodi haqida shunday fikr bildirdi:
Rejissyorlar va san’atkorlarni o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash muhim. SAVR auditoriya bilan uzoq muddatli aloqa o‘rnatadigan brendning yorqin namunasidir. SAVR ijodkorlarga tanilish imkonini beradi. Bu boshqa brendlar uchun namunadir – madaniyatni qo‘llab-quvvatlash uni rivojlantirishdan boshlanadi.
Shu tariqa, prodakshnlar va ishqibozlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli katta san’atkorlar bilan kliplar suratga olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ko‘pincha mablag‘ juda kam bo‘ladi, lekin g‘oya va ishtiyoq hamma narsani qoplaydi.
Yosh klipmeykerlarga
O‘zbekistonda klipmeyking ishtiyoq, qiziquvchanlik va ishlash istagi orqali “pastdan” boshlab o‘sib bormoqda. Sanoat ko‘lami hozircha kichik, ammo unda oldinga siljish uchun yetarli quvvat bor.
Klip suratga olish uchun faqat kamera va g‘oya kerak. Qolgan hammasi xohishga bog‘liq.
Doni Ahmadjonov
Vladi ("Kasta" guruhi) mahalliy video sanoatining o‘ziga xos tomonlari haqida shunday deydi:
“O‘z etnik merosingizni davom ettiring, uni xalqaro darajaga olib chiqishga harakat qiling. Yorqin shaxslar va kuchli submadaniyat paydo bo‘lsagina, haqiqiy harakat boshlanadi.
Damir Mubinov yosh rejissyorlarga beradigan maslahatlari haqidagi savolga javob berar ekan, eng muhimi, shunchaki suratga olishni boshlash kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, qo‘shiq g‘oyasini minimal vositalar bilan amalga oshirish mumkin, ya’ni kichikklip suratga olish, mavjud lokatsiyalar bilan ishlash.
Asosiysi, kamroq o‘ylash va ko‘proq ishlash. Ijod mahsullaringizni boshqa rejissyorlarga, mijozlarga ko‘rsatishingiz, ularning fikrlarini olishingiz va rivojlanishingiz lozim. Mukammal sharoitni yoki mashhur san’atkorlarni kutish kerak emas. Ertaga Kendrik Lamar qo‘ng‘iroq qilib, klip suratga olishni taklif qilishini orzu qilmang. Yaxshisi, hozirda hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan – hali kliplari yo‘q va hamkorlikdan mamnun bo‘ladigan ijrochilarga e’tibor qaratish lozim. Balki aynan o‘sha san’atkor mo‘ljalga aniq urar, klip esa uning uchun burilish nuqtasi bo‘lar. Mabodo bunday bo‘lmasa, portfoliongiz bittaga ko‘payadi. Asosiysi, qo‘rqmaslik va doimo suratga olish.
Vahobjonning aytishicha, kliplar odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad keltirmaydi, lekin tanitadi va keyinchalik daromad keltiradigan mijozlarni jalb qiladi.
Mijozlar topilishi uchun avvalo ijodda o‘zini ko‘rsatish, o‘z ishlarini namoyish qila olish muhim.
Vahobjon Norbo‘tayev
Klipmeyking kelajagi: u nima uchun kerak va yo‘nalishni rivojlantirishga ehtiyoj bormi?
Klipmeykingga ijod o‘lchovli natija beradigan barqaror o‘sishning iqtisodiy modeli kerak: bunga faqat “zo‘r chiqibdi” degan fikrning o‘zi yetarli emas, balki muxlislarning kuzatishlari, ularning qiziqishlari, chiptalar/merch (brend ramzi tushirilgan kiyimlar, aksessuarlar, suvenirlar)lar sotilishi, obunachilarning oshishi, media olamidagi qamrov darajasi muhim.
Kliplarning sanoat uchun ahamiyati haqidagi savolga Damir Mubinov shunday javob berdi:
Kino sohasiga kirish qiyin, reklama faqat xizmat turi, u yerda erkinlik yo‘q va bo‘lmaydi ham. Yana reportajlar, to‘ylar bor; SMM ham xizmat – unda fikr bildirish uchun joy topilmaydi. Kliplar esa aynan ijodkorlik, his-tuyg‘ular va ijtimoiy mavzular haqida. Nafaqat kino, balki kliplar ham muhim narsalar haqida gapira oladi. Klipmeyking yashashi kerak. Uni rivojlantirish kerak – bu o‘zimizga va tashqi sharoitlar: biznes, iqtisodiyot, mamlakatdagi umumiy vaziyatga ham bog‘liq.
Kelgusida kliplar suratga olinishda davom etishi uchun bevosita ularni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher mahalliy klipmeykingga kim ilhom berayotgani va yangi iste’dodlarni kimlar qo‘llab-quvvatlayotgani haqida shunday deydi:
Video prodakshn sanoati haqida gapiradigan bo‘lsak, barcha uchun Bekzod Aduvaliyev va uning Abstract jamoasi namunadir. Bu yigitlar bizning (va boshqa) iste’dodli ijodkorlarimizni mutlaqo samimiy, hech qanday tijorat maqsadlarisiz har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Yigitlarda bunday ijod mahsullari juda ko‘p! Yaqinda Kastaning Toshkentda suratga olingan klipi bunga misol bo‘la oladi. Shu yil Doni Ahmadjonov o‘z jamoasi bilan yosh musiqachilar bilan bir nechta muhim loyihalarni amalga oshirdi [Q,zlar, Rishat]. Xullas, inson borki, iymon bo‘ladi. Menimcha, jamiyatimizda bunday odamlar qancha ko‘p bo‘lsa, bizning milliy, zamonaviy madaniy kodimiz shunchalik tez va kuchli shakllanadi!
Xulosa qilsak, O‘zbekistonda klipmeyking bugungi kunda musiqa sanoatining yordamchi yo‘nalishi emas, balki o‘zini namoyon qilish uchun to‘laqonli maydonga aylanmoqda. U hali ham barqaror shaklini izlayapti, ammo o‘z ramzlari va qahramonlarini topishga ulgurgan. Bir kun kelib, bu ijodiy tashabbuslar kuchli sanoat poydevoriga aylanadi va bir paytlar MTV erishgan mavqedan qolishmaydigan darajada ilhom manbai bo‘la oladi.
* * *
Marketologlar qanday vositalardan foydalanishi, patriarxal va gender andozalarni qanday qilib vizual kitch (madaniy-estetik kategoriya bo‘lib, seriyali ishlab chiqarishning klishelashtirilgan san’at asarlarini o‘z ichiga oladi) va reklama vositasiga aylantirishi haqida “Urdimi, demak sotib oladi” sarlavhali materialimizda o‘qing.


























