Ikki minginchi
yillar nafosati – baraka
va kontrmadaniyat sintezi bugun juda uzoq va jozibali tuyuladi. Aynan ikki
minginchi yillardagi bu ijodkorlar bir necha avlodni shakllantirib, bugungi
kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan va hatto o‘sha davrlarni ko‘rmagan odamlarda
ham qandaydir sog‘inch
tuyg‘ularini uyg‘otadigan madaniy yo‘nalishni belgilab berdi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Bugun ushbu
madaniyatning O‘zbekistondagi taqdiri qanday kechyapti? Namunaviy filmlardagi
ko‘cha raqslari haqidagi tasavvurlar ortida aslida tirik jamiyat turibdi, va u o‘zini saqlab
qolishga urinyapti, u rivojlanyapti va shaharning
madaniy makonida o‘z o‘rni uchun kurashyapti.
Tarixiy asos
Toshkentdagi zamonaviy ko‘cha raqsi yo‘nalishlarining aksariyati AQShda
yetmishinchi-to‘qsoninchi yillarda vujudga kelgan vaziyat bilan bog‘liq: ya’ni iqtisodiy
inqiroz, irqiy jihatdan odam
ajratish, istiqbolning yo‘qligi yoshlarda jo‘sh urib turgan kuch-quvvatni sarf qilish va
hatto g‘azabdan qutulish
yo‘lini izlashga undagan. Bu uslublar ko‘chalarda, klublarda, blok-pati (ko‘cha ziyofati yoki mahalla bayramlari)
va xip-xop tadbirlarida rivojlangan. Ularni fristayl madaniyati, ya’ni improvizatsiya
yo‘li bilan yaratiladigan harakatlar birlashtirib turadi. Bugungi kunda uchta
asosiy uslubni ajratib ko‘rsatish mumkin: atletik breyking (breaking), gruvli
hip-hop (freestyle hip-hop) va mushak nazoratiga asoslangan papping (popping, musiqa ritmida
mushaklarning keskin qisqarishi va bo‘shashishiga (papa yoki xit) asoslangan
ko‘cha raqsi uslubi).
Biroq, raqs
sahnasi tarixini nazariyachilarga qoldirganimiz ma’qul, chunki ko‘cha
raqslarida maktab emas, balki jamoa har doim hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan.
20-dekabr kuni Toshkentda Unity Base har yillik battli bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bizda Toshkentning
ko‘cha raqs sahnasi nima bilan yashayapti,
degan savol paydo bo‘ldi. Ya’ni raqs jamoalari qanday shakllangan?
Qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqda?
Ushbu savollar bilan biz
Unity Base studiyasi asoschisi Timur Unity, professional raqqos va breyking-atlet Dmitriy Lukashyev va Overhitz jamoasi
asoschisi Vladimir Meshcheryakovlarga yuzlandik.
Nima uchun ko‘cha raqsi madaniyatga kiradi?
Ko‘cha raqslarini ko‘pincha o‘smirlarga xos,
vaqtinchalik, beqaror deb hisoblayman.
“Ko‘cha raqslariga uzoq vaqt davomida shubha bilan qaralgan, xuddi odamlarning
hali tushunib yetmagan yangiliklarga bo‘lgan munosabati kabi”, – deydi Dmitriy
Lukashyev.
Bu qisman fristaylning tabiati bilan bog‘liq – u
tomoshabin uchun noodatiy shaklga ega bo‘lib, har doim ham “tayyor san’at asari”ga
o‘xshamaydi. Biroq, madaniyat ichidagi fristayl – bu ma’lum bir improvizatsiyali algoritm, fikrlash
va musiqa hamohangligining o‘ziga xos usulidir. Raqqos musiqani real vaqtda talqin qiladi:
ritm, tanaffuslar, musiqaning
tuzilishi, ijrochining hissiy holati. Bu yodlanmagan matn, ammo o‘z
grammatikasi, dialoglari va urg‘ulariga
ega bo‘lgan til.
“Fristayl turlicha
bo‘ladi va u haqiqatan ham har doim san’atni aks ettira olmaydi. Fristayl – bu
lahzalar va his-tuyg‘ular haqida. Misol uchun, ko‘cha raqs uslubida
xoreografiyani sahnalashtirish yoki chiroyli videoga olish san’atdir. Ko‘cha
raqslarining ko‘p turli yo‘nalishlari mavjud va bularning barchasi madaniyatga
kiradi. Va hatto bu so‘z “submadaniyat” darajasigacha qisqartiriladi”, – deydi
Toshkentdagi Battle tashkilotchilaridan biri Timur Unity.
Shu tariqa, ko‘cha raqslaridagi san’at shakl sifatida fristaylning o‘zi
emas, balki raqsning improvizatsiya doirasidan chiqib, o‘zini ifoda etish va ijroga aylanish
xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda harakat so‘zlardan foydalanmasdan,
shaxsiy tajriba va ichki holatlar haqida gapirish usuliga aylanadi.
Bu xususiyat
haqida ijodkor va professional raqqos Artur Sadriyev (ARTHUR OVERHITZ) shunday
deydi:
“Raqs orqali biz
avvalo raqqosning o‘zi uchun muhim bo‘lgan his-tuyg‘ularini yetkaza olamiz,
boshqalar esa unda o‘zlari anglagan ma’noni ko‘rishi mumkin. Bular turli sabablarga ko‘ra so‘z
bilan ifodalab bo‘lmaydigan tuyg‘ulardir. Lekin ular haqida “sukut ham saqlay olmaymiz”. Raqsga tushish orqali biz o‘z hikoyamizni aytib beramiz. Og‘riq va quvonch, qayg‘u va muhabbat,
to‘g‘ridan to‘g‘ri tushuntirish qiyin bo‘lgan ichki holatlar haqida gapiramiz.
Bizning hunarimizda tanamizdan tashqari imo-ishoralar, yuz ifodasi, tanaffuslar, mayda
tafsilotlar ham muhim”, — deydi
Artur.
Ko‘cha
raqslarining o‘ziga xosligi nafaqat harakatlarning maxsus texnikasi, balki ular
yashagan muhitda ham bo‘lgan. Bu uslublar odamlarning jonli muloqotida
tug‘ilgan. Shu tariqa, jamoa asta-sekin shakllanib borgan. Aynan ushbu muhitdan musobaqa sifatida emas,
balki madaniyat ichidagi muloqot shakli sifatida battl kelib chiqqan.
Ko‘cha raqslarining madaniyat uchun ahamiyati haqidagi savol hali ham davom
etmoqda, ayniqsa, ularni ko‘ngilxushlik yoki vaqtinchalik tamoyil sifatida
qabul qilishga odatlangan muhitda.
Ko‘cha raqslari
madaniyat uchun muhimmi?
Ishonch bilan aytamanki, ha, muhim,
chunki raqslar rivojlangan vaqtdan buyon katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi va bu ularning
kelajagi buyuk ekanligini anglatadi! Ko‘cha raqslari odamlarga erkinlik, ritm
tuyg‘usi, o‘zini odamlar
orasida tirik his qilish va ijod qilish imkoniyatini beradi. Jismoniy
raqs bilan shug‘ullanadigan odamlar kuchliroq va kelishgan bo‘ladi”, – deydi Dmitriy Lukashyev.
Bugungi kunda
ko‘cha raqslarining ko‘lamini tushunish uchun jamiyatimizdagi qarashlar
doirasidan chiqib, bu madaniyatning jahon miqyosidagi o‘rnini ko‘rib chiqish
muhimdir:
“Ko‘cha raqslari – bu o‘ziga xos yo‘nalishlariga ega butun bir madaniyatdir (Masalan,
biz bugun musiqalariga raqsga tushayotgan MC, didjeylar, raqqoslar,
san’atkorlar). Ko‘plab san’atkorlarning o‘z teatr postanovkalari bo‘lib, ular
Yevropa, Yaponiya, Rossiyaning mashhur teatrlarida qo‘yiladi. Ko‘pgina
mamlakatlarda raqs madaniyatning ajralmas qismiga aylangan: masalan, Yaponiyada
hukumat Breykingni faol qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, Nike, Gshock, Casio,
Adidas, Mercedes Benz, Red Bull kabi yirik brendlar ham faol ko‘makchi. Ushbu
raqs madaniyatiga qiziqish bildirayotgan va uni mamnuniyat bilan
qo‘llab-quvvatlayotgan oddiy odamlar soni ortib bormoqda”, – deya hikoya qiladi
Dmitriy Lukashyev.
Battl muloqot
shakli sifatida
Battl – ko‘cha
raqs madaniyatining yuragi. Battl so‘zi jang deb tarjima qilingan bo‘lsa-da,
ko‘cha raqs madaniyatida battl dastlab haqiqiy ziddiyatni kamaytirish maqsadida
qarama-qarshi vazifani bajargan
Танец позволял выплеснуть напряжение, не разрушая связь между людьми. Именно поэтому после всех выходов танцоры часто жмут друг другу руки или обнимаются.
Raqs odamlar
o‘rtasidagi munosabatni buzmasdan, keskinlikni yo‘qotish imkonini bergan.
Shuning uchun ham barcha chiqishlardan so‘ng raqqoslar ko‘pincha
bir-birlarining qo‘llarini siqadilar yoki quchoqlashadilar.
Ключевой элемент баттла — круг. Он физически и символически объединяет. В отличие от сцены, здесь нет дистанции между участником и зрителем: каждый может стать частью действия. Ты можешь не танцевать, но ты уже внутри процесса, ты свидетель и соучастник, а для новичков баттл — это вход в комьюнити.
Bu sohada qat’iy
pog‘onaviylik yo‘q. Battlda eng mashhur raqqos ham yutqazishi mumkin, haqiqiy demokratiya ham
shunda. Bunda mavqe
g‘alabani kafolatlamaydi, hurmat esa har safar yangitdan qo‘lga kiritiladi. Bu
ijtimoiy tuzilmalar uchun kamdan-kam uchraydigan vaziyatdir: maqom doimiy emas,
balki raqsning o‘zi kabi harakatchan. Bunday tizim odamlarni bir-biridan
ajratmaydi, balki birlashtiradi.
Battlning asosiy belgisi doira hisoblanadi. U
jismoniy va ramziy jihatdan birlashtiradi. Sahnadan farqli o‘laroq, bu yerda
ishtirokchi va tomoshabin o‘rtasida masofa yo‘q: har bir kishi harakatning bir
qismiga aylanishi mumkin. Siz raqsga tushmasangiz ham, lekin jarayonning ichidasiz, guvoh va
ishtirokchisiz. Battlga endi
kirib kelganlar uchun esa bu jamoaga qabul qilinish imkoniyatidir.
Общий язык и взаимное признание Umumiy til va bir-birini tan olish
Battllar umumiy tilni shakllantiradi. Raqqoslar bir-birlarining
harakatlarini tushunishni,
ularga javob berishni, raqibning musiqa hissi va uslubini hurmat qilishni
o‘rganadi. Hatto uslublar
turlicha bo‘lsa ham, ishtirokning o‘zi e’tirofni anglatadi. Bu, ayniqsa, ko‘p
madaniyatli va turli yoshdagi jamoalarda muhimdir. Battllar mamlakatlar,
maktablar, avlodlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qiladi.
Battl g‘oyasi
qanday amalga oshganini Toshkentdagi Unity
Base loyihasi misolida ko‘rish mumkin.
Unity Base: birlashish nuqtasi
Unity Base har yili o‘tkaziladigan
battl bo‘lib, turli uslub va maktablardagi ko‘cha raqqoslarini
birlashtirgan noyob tadbirlardan biridir. Loyiha birdaniga va an’anaviy tarzda
paydo bo‘lmagan. Uning yaralish yo‘li murakkab.
Hammasi Unity Base
nomining paydo bo‘lishidan ancha oldin – kichkina zalda va o‘sha paytlardayoq aloqa
nuqtalarini qidirayotgan katta jamoada boshlangan.
“Biz – fristayl
yo‘nalishidagi raqqoslar (bugungi va bo‘lajak battlchilar) ish boshlaganimizda,
taxminan 300 kishi edik va atigi 100 metr kvadratdan iborat kamtargina zalimizga sig‘ardik. Joy kichkina edi, lekin siz
bu to‘rt devor ichida qanday energiya uchib yurganini tasavvur ham qila
olmaysiz”, — deydi Timur
Unity.
Aynan ushbu
daxldorlik, umumiy quvvat va jonli muloqot hissi keyinchalik loyiha g‘oyasiga
asos bo‘ldi. U birinchi navbatda odamlarni raqs atrofida birlashtirish muhim
bo‘lgan makon edi.
Timur bu sohaga deyarli tasodifan kirib qolgan, raqqos do‘stlarining
studiya ochish orzusiga sarmoya kiritgan. Hamkorlik to‘xtaganida,, uning qo‘lida tugallanmagan
loyiha qolgan edi.
“Men nima qilishni mutlaqo
bilmasdim, lekin hech bo‘lmaganda studiyani ta’mirlash xarajatlarini qoplashim
kerak edi. Men pedagog yoki xoreograf emasman – hammasi sarguzasht va boshqa odamlarga bo‘lgan
ishonchdan boshlangan”, – deydi Timur Unity.
Battllarni
o‘tkazish g‘oyasi studiya rasman ochilishidan oldin paydo bo‘lgan. O‘sha paytda
Toshkentda maktablar o‘rtasida kuchli raqobat mavjud bo‘lib, begona
maydonchadagi tadbirlar ko‘pincha e’tibordan chetda qolardi.
“Bu hudud kimniki
ekanligini hamma unutib
yuboradigan joy yaratish istagi paydo bo‘ldi. Shu tariqa, Unity Base –
baza, birlashish nuqtasi bo‘lgan
joy yaratildi. Bizda o‘z guruhlarimiz va raqqoslarimiz yo‘q edi, aynan
shuning uchun ular jamiyatimizga
kelishiga ishonardik”,
— deya eslaydi u.
Kichik makon: tanqislik sharoitidagi
sahna
O‘zbekiston ko‘cha
raqsi jamoalari makoni betashvish emas. Chuqur ma’nosi va ifodali ijrolariga
qaramay, ko‘cha raqslari jamiyatdan tashqarida har doim ham munosib qabul qilinavermaydi. Keng jamoatchilik uchun bu hali ham tushunarsiz yoki
jiddiy bo‘lmagan hunar bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistondagi raqqoslar aynan shu
muammoga duch keladi.
Xip-xop raqqosi,
Gorilla Energy Pro Team sportchisi, Overhitz jamoasi asoschisi Vladimir
Meshcheryakovning aytishicha, ko‘cha raqslari tizimli qiyinchiliklarga duch
kelmoqda.
“Jamoatchilik
uchun biz hali ham tushunarsiz madaniyatmiz. Xorijda bayrog‘imizni ko‘tarmoqchi
bo‘lsak, davlatimizni bu unchalik qiziqtirmaydi va hatto bu ma’lum ma’noda
qoralanadi ham”, — deydi u.
Vladimirning fikriga ko‘ra,
madaniyat bilan yashaydigan faol insonlar
sayohat qilib yurib, bu sohani rivojlantiradi. Ularning soni
butun mamlakat bo‘ylab atigi 50-60 kishini tashkil etadi. Yuzlab shogirdlar bor, lekin asosiy
tarkib juda kam.
Muammolarga iqtisodiy omil ham kiradi. G‘arbdagi kabi brendlar bilan hamkorlik bu yerda
kamdan-kam uchraydi.
“Brendlar
raqqoslar bilan bunday ishlashga tayyor emas. Ular raqs sifatiga emas,
obunachilar, qamrov darajasiga qaraydi”, — deydi Vladimir Meshcheryakov.
Raqqoslarga
nafaqat ish topish, balki o‘z loyihalarini to‘laqonli rivojlantirish uchun joy
topish ham muammo.
Jamoani
shakllantirish va mavjud muammolar
Raqqos va breyking-atlet Dmitriy
Lukashyev (Bboy
Lookout) bugungi kunda hip-hop madaniyatining rivojlanishi ikki yo‘nalishda
ketayotganini ta’kidlaydi.
Bir tomondan, uzoq
yillardan beri sohada faoliyat yuritayotgan, xorijga sayohat qilayotgan, jahon
sahna yetakchilarining battllari va mahorat darslarida ishtirok etayotgan
tajribali raqqoslar. Aynan ular, uning fikricha, shaxsiy o‘sishni ko‘rsatib,
yoshlarga yo‘nalish beradi va bilimlarni keyingi avlodlarga yetkazadi.
Boshqa tomondan, mashg‘ulotlar, baza va mahalliy battllar orqali
madaniyatga endigina kirib kelayotgan bolalar va o‘smirlar. Ularning rivojlanishi
O‘zbekistonda hali unchalik ko‘p bo‘lmagan jamlar (davrada turli uslubdagi raqqosalarning norasmiy
improvizatsiyali uchrashuvi) va tadbirlar soniga bevosita bog‘liq.
Shu bilan birga,
Dmitriy sahna ichidagi muammoga ham ishora qiladi, ya’ni alohida murabbiylar va
jamoalarning umumiy jamoadan ajralib turishga intilishiga:
“Rivojlanishning
qorong‘i tomonlari ham bor. Ko‘pchilik o‘zini chetga olishga va o‘z zalida,
jamoaning boshqa a’zolaridan uzoqda mashq qilishga harakat qiladi. Bu
bo‘linishlar harakatni sekinlashtiradi, chunki bunday murabbiylar o‘z tarbiyalanuvchilariga
faqat chetlashish haqida ta’lim beradi. Vaholanki, o‘sish aynan muloqot va
almashinuv orqali bo‘lishi mumkin”,
– deydi raqqos.
Artur Sadriyev
(ARTHUR OVERHITZ) ko‘cha raqs sahnasi sekin, ammo barqaror rivojlanyapti, degan
fikrda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamjamiyat yanada jipslashgan, battllar tez-tez
bo‘lib turibdi, biroq xalqaro hakamlar hali yetarli emas va bu masalada ish
ko‘p.
“Qiyinchilik
shundaki, rivojlanish, sinflar va sayohatlar uchun pul kerak, bu pulni har kim
ham raqsdan topa olmaydi. O‘sish faqat batllar orqali sodir bo‘lmaydi. Boshqa mamlakatlarda daraja qandayligini
ko‘rish uchun albatta mahorat darslariga qatnashish va chet elga – MDH,
Yevropa, Xitoyga chiqish kerak. Shuningdek, biz barqaror va samarali
mashg‘ulotlarsiz yashay olmaymiz”, — deydi Artur.
Qanday kun ko‘rish,
o‘sish va geografiyani kengaytirish mumkin?
Ko‘cha raqslarida
akademik tizim yo‘q. Qiyinchiliklarga qaramay, hamjamiyatimiz o‘zining noyob rivojlanish retseptlarini topdi.
“Raqqosning o‘sishi uchun eng asosiy mezonlardan biri bu sayohat. Ammo
sayyoh sifatida emas, balki battllarga, mahorat darslariga qatnashish, odamlar
bilan tajriba almashish uchun. Bu tashqi dunyoni ko‘rish uchun darcha hamda yangi bilimlar va
motivatsiya manbaidir”,
– deydi Vladimir Meshcheryakov.
Ikkinchi band
sifatida ta’lim berishni ajratib ko‘rsatish mumkin:
“Ma’lumotni
baham ko‘rishni boshlaganingizda, ichingiz “bo‘shaydi” va yangi bilimlar uchun joy ochiladi. “O‘rgan – biliming
bilan bo‘lish – yana o‘rgan”
kabi tushunchalar shaxsiy va kasbiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi”, – deya
tushuntiradi u.
Uchinchi kalit – turdosh
sohalarda rivojlanish:
“Raqqos – bu
cholg‘u asbobi kabi. U
qanchalik yaxshi “sozlangan” va ko‘p qirrali bo‘lsa, uning “ovozi” ham shunchalik jarangdor
bo‘ladi”, – deydi
Vladimir Meshcheryakov.
Ko‘plab raqqoslar didjeylik yoki rassomlik bilan
shug‘ullanishni boshlaydi, musiqaga chuqur kirishib ketadi, bu esa ularning
raqsini boyitadi.
Nihoyat,
to‘rtinchi kalit – raqqosning qat’iyati va kayfiyati.
“Agar siz
mag‘lubiyatdan so‘ng zalga yanada kattaroq ishtiyoq bilan qaytib, nimaga qodirligingizni isbotlashga
tayyor bo‘lsangiz – shunda o‘z maqsadingizga erishasiz”, – deydi Dmitriy Lukashyev (Bboy Lookout).
Bboy Lookout o‘zi
haqida gapirar ekan, 11 yildan ortiq vaqt davomida breyk bilan shug‘ullanayotganini, shu davr mobaynida ko‘plab battllarda
g‘olib bo‘lganini, yosh raqqoslarni o‘qitganini va O‘zbekistonni xalqaro
sahnada namoyish qilganini ta’kidlaydi. Uning asosiy maqsadi o‘zbekistonlik
raqqosning jahon miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishini isbotlash va bu natijalarni keyingi avlodga yetkazishdir:
“Men oddiy oiladanman va necha marotaba “Bu
raqslaring umuman jiddiy emas”, – degan gap-so‘zlarga duch kelganman. Lekin
aynan raqs tufayli yarim dunyoni aylanib chiqdim va hozir onam mening ishimga
faxr bilan qaraydi”, – deydi raqqos.
Dmitriy Lukashyevning
so‘zlariga ko‘ra, ko‘cha raqslari xalqaro miqyosda e’tirof etiladigan to‘laqonli madaniy
shaklga aylandi. U sport intizomiga breykingning kiritilishi badiiy ifoda va
musobaqa shakli o‘rtasidagi
muvozanatni saqlashga imkon bergan muhim bosqich bo‘lganini ta’kidlaydi:
“Breyking yaqindan
boshlab sport intizomiga kiritilgan (aynan shu yo‘nalishda san’at va sport
mukammal muvozanatda). Masalan, Yaponiyada
yirik chempionatlar o‘tkaziladi va ushbu yo‘nalish chempionlari butun dunyo
bo‘ylab bellashadi hamda butun Yaponiya o‘z vakillariga muxlislik qiladi. Rossiya, o‘z navbatida, breyking
sahnasi chempionlariga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun katta imtiyozlar
beradi, “Gazprom”, “Lukoyl” kabi yirik homiylar ushbu yo‘nalishda sifatli
musobaqalar o‘tkazish uchun katta mablag‘ ajratadi. Xitoy Breyking nuqtai nazaridan so‘nggi yillarda kashf etilgan davlat. U ko‘p
sonli ko‘cha raqslari vakillarini yetishtirdi va tarbiyaladi, boshqa
mamlakatlardagi kabi yuqorida aytilganlarning barchasi Xitoyda ham qo‘llaniladi,
u yerda so‘nggi yillarda o‘sish deyarli 600% ni tashkil etdi. Foizlar sonida
adashishim mumkin, ammo jamoaga qo‘shilgan yangi odamlar soniga shubha
qilmayman. Ular butun
dunyoga jar solmoqda va Xitoy o‘z chempionlarini faol qo‘llab-quvvatlamoqda!” –
deydi raqqos.
Kelajakda TikTok va qadriyatlar
o‘rtasida
Timur hozirda
fristaylning muhim muammosini ko‘tarmoqda. TikTokning mashhur bo‘lib borishi va
madaniyatga intilishi
tufayli ko‘cha raqslaridagi yengillik va tasodifiylik o‘rnini sinovdan o‘tgan trend
harakatlari egallamoqda:
“Nega katta
oiladan kichik jamoalarga
aylanib qolganimiz zamon ruhi bilan bog‘liq alohida mavzu. O‘sha davrlarda hayot,
odamlar, yoshlar o‘rtasidagi muhit boshqacha edi. Bugungi kunda bu ko‘proq
tiktok va rilslar bilan bog‘liq, bu esa erkin hamjamiyat degani emas. Bu
ko‘proq raqamlar poygasi bo‘lib, unda improvizatsiya ishlamaydi va hamma
harakat qilishi kerak bo‘lgan tayyor namuna mavjud. Keyin esa kim uni chiroyli o‘ramda
sotgani va kimda u yanada ishtahali
va xaridorgir ko‘ringani bilan
qadrlanadi”.
Madaniyatga yangi voqelik bosim o‘tkazmoqda. Bugungi tanlovning mohiyati
ham mana shu
qarama-qarshilikda. Hamjamiyatimiz tezkor va mashhurlikni sevadigan dunyoda o‘zligini saqlab qolishga
harakat qilmoqda.
Murakkab yo‘lning
natijasi qanday?
“Raqslar menga
o‘zimni namoyon qilish imkoniyati, muloqot ko‘nikmalarini va jismoniy kuch
berdi. Men O‘zbekiston vakili sifatida sayyoramizning turli burchaklariga uchib
bordim va bu o‘z ishimni butun qalbim bilan sevish uchun yetarli deb
hisoblayman”, – deydi Dmitriy Lukashyev.
“Qoidalarni buzishdan qo‘rqmaslik oqimga qarshi
harakat qilish demak. Raqs orqali yetkazmoqchi bo‘lgan murojaatimni odamlarning
tushunishi men uchun juda muhim. Bu shunchaki harakatlar to‘plami emas, balki anglanishi
zarur bo‘lgan mazmundir”, — deydi Vladimir Meshcheryakov.