CTRL+ART yoshlar ko‘rgazmasi

Qachon: juma/3-iyul/10:00-18:00
Qayerda: Tasviriy san’at galereyasi (NBU), Buyuk Turon ko‘chasi, 2
Yosh rassomlarning zamonaviy global o‘zgarishlar haqidagi vizual tadqiqoti. Shu bilan birga, Nur Art School bilan hamkorlikda “San’at ichida” maxsus loyihasi ishlaydi — voqea joyida material yaratuvchi blogger va kontent-meykerlar uchun laboratoriya.
Narxi: 10 000 dan 50 000 so‘mgacha
Manba: Telegram NBU art gallery

Marionettes video ko‘rgazmasi — Piter Ershmann

Qachon: juma/3-iyul/10:00-18:00
Qayerda: ARTepa galereyasi, Osiyo ko‘chasi, 30
Shveytsariyalik rassomning video-arti: odamlarning bir xil harakatlari cheksiz takrorlanadi, xuddi halqa kabi. Ko‘rgazma nazorat va erkinlik o‘rtasidagi chegara haqida savol qo‘yadi — odatlarimiz va kundalik harakatlarimizni aslida kim boshqaradi.
Kirish bepul

V. Filipenko bilan uy o‘simliklarini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha master-klass

Qachon: shanba/4-iyul/16:00
Qayerda: “9 Muz” san’at maydoni, Muqanna berk ko‘chasi, 18
Amaliy master-klass: ko‘chirib o‘tkazish texnikasi, tuproq va idish tanlash, keyingi parvarish. Har bir ishtirokchi o‘z o‘simligi bilan ketadi. Narxga barcha materiallar va salqin ichimliklar kiradi.
Narxi: 350 000 so‘m
Manba: Lifehacker

“Bo‘yoqlar” oilaviy spektakli

Qachon: shanba/4-iyul/12:00-13:00
Qayerda: Teatr+, Matbuotchilar ko‘chasi, 17
Butun oila uchun interaktiv spektakl: jonlangan bo‘yoqlar palitradan chiqib, asosiy bo‘lish huquqi uchun bahslashadi. Tomoshabinlar bu qarama-qarshilikning ishtirokchisiga aylanadi. Spektakl Buyuk Britaniyadagi eng yirik teatr festivali Fringe’ning eng yaxshi 7 ta spektakli ro‘yxatiga kiritilgan.
Narxi: 80 000 dan 200 000 so‘mgacha

“Toshkentda eshitilgan” kechki shousi

Qachon: shanba/4-iyul/21:00
Qayerda: SAHNA Stand-Up Club
Komediyachilar va Toshkentning qiziqarli odamlari bilan late night shousi. Kechani Gimal G‘afiyatullin va Yekaterina Kabulova olib boradi. Sahna yuzida shuningdek Yeva Romanova, Rustam Musaqulov va Roma Impuls.
Narxi: 50 000 so‘mdan

D. Nesterenkoning “Xayao Miyadzaki olamlari: Ruhlar o‘lkasi” ma’ruzasi

Qachon: yakshanba/5-iyul/15:00
Qayerda: “9 Muz” san’at maydoni, Muqanna berk ko‘chasi, 18
“Ruhlar o‘lkasi”ning yapon mifologiyasi, sintoizm va folklor nuqtai nazaridan tahlili. Ma’ruzachi — filolog Darya Nesterenko. Suhbat Miyadzaki animelaridagi har bir obraz va madaniy ma’no ortida nima turgani haqida bo‘ladi.
Narxi: 300 000 so‘m
Manba: Kinoafisha.info

“Qorong‘u gotikaning tug‘ilishi va o‘rta asrlar tongi” ma’ruzasi — Xafiz Xon

Qachon: yakshanba/5-iyul/17:00
Qayerda: Human House Gallery, Kichik Mirabad, 43
XII asrda soborlar qanday qilib yuqoriga intila boshlagani, yorug‘lik qurilish materialiga aylangani va qorong‘u obrazlik butun bir davr tiliga aylangani haqida ma’ruza. Ma’ruzachi — me’morchilik va san’at tarixchisi Xafiz Xon.
Narxi: 100 000 so‘m

“Karmen” operasining premyerasi

Qachon: yak/5-iyul/19:00
Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi GABT, Zarafshon ko‘chasi, 28
Jorj Bize operasining Konstantin Kamımin talqinidagi yangi sahna ko‘rinishi. Voqealar 1940-1950-yillar Ispaniyasiga ko‘chirilgan. Asosiy e’tibor shaxsiy erkinlik va jamiyat bosimiga qarshilik ko‘rsatishga qaratilgan: fojiali yakun bosh qahramon ruhining g‘alabasi sifatida talqin qilinadi.
Narxi: 55 000 dan 165 000 so‘mgacha

“Tortishish Markazi” ko‘rgazmasi — Alim Maratovich

Qachon: du/6-iyul/10:00-23:00
Qayerda: Tashkent city mall, 2-qavat, Andakulova Gallery
Alim Maratovich rangtasvir, grafika, dizayn va raqamli san’at uyg‘unligida ijod qiladi. Rassomning ilhom manbai — Samarqanddagi Tillа-Qori madrasasining muqarnaslari. Muallif an’anaviy naqshlarni qayta talqin qilib, ularni mustaqil shakllar, ritmlar va fazoviy o‘zaro ta’sirlar tizimiga aylantiradi.
Kirish bepul

Tanabata festivali

Qachon: se/7-iyul/17:00-19:00
Qayerda: Ikuo Hirayama nomidagi Xalqaro Karvon-saroy madaniyati, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37A
Tanabata — 7-iyulda nishonlanadigan yapon Yulduzlar bayrami. Afsonaga ko‘ra, shu kuni yiliga bir marta Vega va Altair yulduzlari uchrashadi. Mehmonlar qog‘oz chiziqlariga tilaklar yozib, ularni bambukka bog‘lashadi — bayramning asosiy an’anasi shu. Dasturda musiqa va interaktiv tadbirlar ham mavjud.
Kirish bepul

R. Safinaning “Yevropaning mashhur qal’alari 2.0” ma’ruzasi

Qachon: chor/8-iyul/19:00
Qayerda: “9 Muz” san’at maydoni, Muqanna berk ko‘chasi, 18
Yevropa qal’alari arxitekturasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar silsilasining davomi. Urushlar, egalar almashinuvini boshdan kechirgan va butun davrlar ramziga aylangan binolar haqida yangi hikoyalar.
Narxi: 300 000 so‘m

D. Nesterenkoning “Yevgeniy Onegin” kitob klubi

Qachon: ju/9-iyul/19:00
Qayerda: “9 Muz” san’at maydoni, Muqanna berk ko‘chasi, 18
Pushkin romanining klub tahlili: birgalikda o‘qish, matn muhokamasi, qahramonlar haqida suhbat va “Onegin” nima uchun 200 yildan so‘ng ham zamonaviy roman sifatida o‘qilishi haqida. Boshlovchi — D. Nesterenko. Narxga choy / qahva / suv va shirinlik kiradi.
Narxi: 200 000 so‘m

“XX asr fotoxronikasi” ko‘rgazmasi

Qachon: pay/9-iyul/12:00-20:00
Qayerda: Bonum Factum Gallery, Sodiq Azimov ko‘chasi, 20A
XX asrning turli o‘n yilliklariga oid arxiv plyonkali suratlar: Yuriy Gagarinning Toshkentga tashrifi, eski shahar ko‘chalari, konstruktivizm geometriyasi va sovet qurilishlarining sanoat estetikasi. Ko‘rgazma 25-avgustgacha davom etadi.
Narxi: 15 000 so‘m
Manba: Telegram Bonum Factor