Har bir xonadonda «Bolalar» yangragan, to‘ylarda Yulduz Usmonova qo‘shiq kuylagan, sevishganlar
esa «Setora» qo‘shiqlari yozilgan kassetalarni bir-biriga sovg‘a qilishgan.
Yoshlar bu qo‘shiqlarni yoddan
bilgan, ularni tinglaganda yig‘lagan va xursand bo‘lgan, tongacha raqsga tushgan va
birinchi bor sevib qolgan. Bugun
ular yangraganda — butun bir avlodni vaqt mashinasi kabi yoshligiga qaytaradi.
Yulduz Usmonova — Olma-olma
Yulduz
maktabdayoq qo‘shiq kuylashni boshlagan, ammo uning haqiqiy parvozi
1980-yillarga to‘g‘ri kelgan.
Tadbirlardan birida uning iste’dodini Tamaraxonimning singlisi ko‘rib qolib,
Marg‘ilondan Toshkentga o‘qishga olib kelgan. O‘shanda xonandaning omadi kulib boqdi: O‘zbekistonda milliy estrada faol rivojlangan bir
paytda Yulduzning «Mayda» nomli albomi chiqdi. 1990-yildayoq u «Osiyo ovozi» xalqaro tanlovining finaliga chiqdi
va tez orada qo‘shiqlari butun sobiq
Ittifoq bo‘ylab yangradi.
Usmonovaning
musiqasi an’anaviy o‘zbek ohanglarini zamonaviy ritmlar — pop, folk, ba’zan rok
va sharqona etnik elementlar bilan bog‘laydi. Uning ovozi kuchli, shuning uchun
u hali ham boshqa ijrochilar orasida sal xirillagan tovushi bilan ajralib turadi. Usmonova endilikda o‘zbek sahnasining tirik
afsonasidir. Uning ta’siri yosh san’atkorlar ijodida sezilib turadi. Hatto 30
yil oldin yozilgan qo‘shiqlar ham hali hanuz har
qanday avlodning pleylistidan joy olishi mumkin.
Jonim — O’tib etadi
«Jonim» guruhi esingizdami? Guruh uzoq yashamagan bo‘lsa-da
(1999-yildan 2001-yilgacha), u 90-yillar yakunining yorqin namoyandasi bo‘lgan.
O‘shanda guruhning qo‘shiqlari hamma joyda yangrardi – «O‘tib ketadi» va «Qarama ko‘zlarimga» taronalarini ko‘pchilik yoddan bilishardi.
Guruh tarkibiga
Aziza Nasriddinova va Zilola Musayeva (yakkaxon faoliyatini ikki minginchi
yillarda boshlagan Shahzoda) kirgan. Oradan bir-ikki oy o‘tib, ularning «O‘tib ketadi» singli xitga aylandi va «Tohir
va Zuhra» filmida yangradi.
Aziza ketganidan
so‘ng uning o‘rnini bastakor va guruh asoschisi Vagif Zokirovning rafiqasi
Natella egalladi va «Jonim»ning yangilangan tarkibida «Tarona 2001» mukofotiga
sazovor bo‘ldi. Ammo ko‘p o‘tmay ishtirokchilarning yo‘llari ayrildi
va guruh butun bir davrning go‘zal xotirasiga aylandi.
Bolalar — Esingdami seni?
Ular birinchi
bo‘lib o‘zbek pop-musiqasini sahna
timsollari, raqslar va g‘arb ohangi bilan haqiqiy modaga aylantirgan. «Bolalar» 1989-yilda Toshkentda Tohir Sodiqov va uning do‘stlari — Ruslan Sharipov hamda 41-maktabdagi sinfdoshlari — Bahodir Po‘latov va Javohir Zokirovlar tomonidan tashkil etilgan. Bir
yil o‘tgach, jamoa «Esingdami seni» debyut albomini ommaga taqdim etdi va bu ularga mislsiz mashhurlik
keltirdi, keyin esa guruh tarixi shakllandi.
Ko‘pchilik ularni an’anaviy boysbend (tashqi ko‘rinishi kelishgan yigitlardan iborat vokal va
raqs pop-guruhi)ning sharqona jozibaga ega o‘zbekcha muqobili deb atagan edi. Vaqt o‘tishi
bilan tarkib o‘zgardi va ishtirokchilar, odatdagidek, yakkaxon loyihalarni
boshladilar. Ammo oradan o‘nlab yillar o‘tgan bo‘lsa-da, «Bolalar» qo‘shiqlari
tinglovchilarda sog‘inch hissi va tabassum
uyg‘otadi.
Al-Vakil — Bom-bosh ko’chalar
Afsuski, bugungi
kunda ushbu guruh xonanda Laylo Aliyevaning dahshatli qotilligi orqali
tanilgan.
Biroq o‘z vaqtida «Al-Vakil» guruhini haqli ravishda o‘zbek sahnasining kashshoflari deb atash mumkin
edi, chunki aynan ular mamlakatga rep yo‘nalishini olib kirgan. «Bo‘m-bo‘sh
ko‘chalar», «Ajoyib Kun», «Dam-dam» kabi qo‘shiqlar xit bo‘lgan. Ushbu mashhurlikka 1998-yilda chek qo‘yildi.
Setora — Ohim
1998-yil 1-mart kuni uch nafar sinfdoshlar — Kamila Xo‘jayeva, Laylo
Galiyeva va Feruza Latipova «Sevgi qaydasan» nomli qo‘shig‘i bilan butun
mamlakatni zabt etdi. «Setora» guruhining nomi «uch tor» va «yulduz» degan ma’noni anglatadi. Asr boshida
boshqalarga qaraganda yorqinroq yangragan va esda qolgan qizlar uchun bu nom
ramziy ma’noga ega bo‘ldi.
Debyut albomi chiqqanidan so‘ng, ular gastrol
safarlariga chiqdi,
zallarni tomoshabinlar bilan to‘ldirdi hamda «Yonma», «Ohim» va «Yo‘q demagin» xitlarini ommaga taqdim etdi. Ularni O‘zbekistonning barcha burchaklarida
bilishar va sevishar edi.
2005-yilda guruh
Tarona Records leybli bilan kelisholmay
qoldi va «Setora» nomini yo‘qotdi. So‘ngra
qizlar yangi «SeTanho» nomi bilan sahnaga qaytdi va «Number
1» albomini chiqardi.
Keyinchalik ishtirokchilarning yo‘llari ayrildi: Laylo «Leyli» nomi
bilan yakkaxon faoliyatini boshladi, Kamila va Feruza esa birgalikda chiqish
qilishda davom etdi. Ammo «Setora» nomi o‘zbek pop-musiqasining
yorqin, samimiy va nazokatli
davrining ramzi sifatida tinglovchilar xotirasida abadiy saqlanib qoldi.
DJ Piligrim — Мне не жить без тебя (Sensiz yashay olmayman)
DJ Piligrim,
ya’ni Ilhom Yo‘lchiyev, 90-yillarning oxirida O‘zbekiston musiqa sahnasiga
yorqin, dadil, mamlakat uchun yangi ohang bilan kirib keldi.
DJ Piligrim paydo
bo‘lgunga qadar muxlislar
o‘zbek tilida yaratilgan qo‘shiqlar zamonaviy klublarda va raqs maydonlarida yangrashini
tasavvur qila olmas edi. U buni o‘zgartira oldi — sharqona ohanglarni elektron
ritm bilan bog‘ladi va o‘zbek pop-musiqasini yangi bosqichga olib chiqdi.
Faoliyatini yerto‘ladagi kichik studiyadan boshlagan Piligrim bir necha
yil ichida jahon darajasidagi qo‘shiqlarni
yaratdi. Best DJ taxallusi ostida ijod qilgan dijeydan u 90-yillar
oxiri-2000-yillar boshidagi zamonaviy o‘zbek estradasining qiyofasini belgilab
bergan san’atkorga aylandi.
Dado — Dado-Nado
Ularni tanishtirib o‘tirishning keragi yo‘q. Guruh 90-yillarda, ilgari
«Anor» jamoasi ishtirokchilari bo‘lgan aka-uka Alisher va Rustam Madumarovlar
o‘z loyihasini yaratishga qaror qilganidayoq estrada olamida iz qoldirishga
ulgurgan edi. O‘shanda milliy sahna faqat yangi ohangni izlar, «Dado» esa tomoshabinga aynan
kerakli narsani taklif qila oldi, ya’ni xalqaro talabga javob beruvchi va benuqson ohangga ega
zamonaviy pop-musiqani
(«Dado-Nado» bunga yaqqol misol).
Duet o‘z
qo‘shiqlarini o‘zbek va rus tillaridan tortib italyan va turk tillarigacha ijro
etgan. Bu ularni boshqalardan ajratib turardi, balki shu tufayli ular
mamlakatdan tashqarida ham mashhurlikka erishgandir. «Y?» debyut albomi
2000-yilda ularni tezda tanitdi, ikkinchisi «Yoz» (2002) esa postsovet hududida
muvaffaqiyatni mustahkamladi. «Yuragim», «Benom», «Yoz» va «Chat-Pat» treklari hamma
joyda: radiostansiyalarda, klublarda, hatto Rossiyaning
MTV kanallarida ham yangrardi.
Dado xalqaro
musiqa maydoniga kira olgan O‘zbekistonning noyob guruhi
bo‘lib qoldi. Biroq ko‘p kuzatilganiday, loyiha vaqt
sinovidan o‘ta olmadi va 2008-yilga kelib o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
