Xellouin arafasida mistik janrdan tortib, trillerlargacha mintaqaning eng
yorqin va dahshatli filmlarini to‘pladik. Ulardagi dahshat an’analar, e’tiqod
va odamlar qo‘rqadigan tilda gapiradi. Bu filmlar har doimgidek qichqiriq yoki
ko‘lami bilan emas, balki kadrdagi muhit orqali qo‘rqitadi.
«Ruh 5:13» (O'zbekiston, 2006)
«Ruh 5:13» — o‘zbek kinematografiyasi uchun muhim film bo‘lib, u haqida omma orasida hali ham yangi afsonalarni to‘qib chiqariladi. Bu o‘zbek kinosi tomonidan inson qalbining qorong‘i tomonini ilk bor yoritishga urinish deb baholanadi. Qolaversa, bu film, ehtimol, ushbu janrdagi eng kuchli ishlardan biridir.
Film odatdagidek taqiqqa uchradi va 11 yil davomida tomoshabinga
ko‘rsatilmadi, oxirgi qism esa 2018-yilda efirga uzatildi. Bugungi kunda «Ruh
5:13» — shunchaki qo‘rqinchli film emas, balki o‘zbek kinosining tarixiga
aylangan filmdir.
Shunday ekan, aynan shu filmdan o‘zbek kinosida yangi janrni o‘zlashtirish
boshlandi. Agarda «Ruh 5:13» filmi haqida eshitsangiz, bilingki — bu shunchaki
qo‘rqinchli film emas, balki bu janrdagi birinchi o‘zbek kinosidir.
«Dastur» (Qozog'iston, 2023)
Mashhur «Irina Kayratovna» jamoasining klipmeykeri sifatida avval tanilgan
rejissyor Kuanysh Beysеkning ushbu filmi 2023-yilda ommaga taqdim etildi va bir zumda muhim
voqeaga aylandi. Uning debyut ishi — og‘riqli, dolzarb va haqiqiy qozoqlarning
fe’l-atvorini ko‘rsatib bergan, ya’ni ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va
jamiyatning bu muammoga jimgina qarab turish mavzusiga bag‘ishlangan.
«Dastur» — shunchaki og‘riq haqidagi film emas, balki an’analar
shafqatsizlikni oqlash bilan band bo‘lgan jamiyatning qiyofasidir.
Syujet bo‘yicha Voqealar «Bolashak» qishlog‘ida sodir bo‘ladi. Bitiruv
kechasidan keyin Diana ismli qiz mahalla boyvachchasining o‘g‘li tomonidan
zo‘rlanadi. Qizning «Sha’nni saqlab» qolish maqsadida ota-ona uni
zo‘ravonga turmushga berishga majbur bo‘ladi va tez orada kelinlik uyida
qo‘rqinchli, mistik voqealar sodir bo‘la boshlaydi: katta pashshalar to‘dalari
paydo bo‘ladi, ikki boshli buzoq tug‘iladi, Diananing qulflangan xonasidan
do‘mbira ovozi eshitiladi. Go‘yo osmonning o‘zi insoniy shafqatsizlik, sukunat
va yolg‘on an’analar uchun qasos olayotgandek.
Beysek ataylab janrning odatiy usullaridan voz kechadi — bu yerda
audiovizual ta’sirlar yoki g‘amgin saundtreklar yo‘q. Buning o‘rniga rejissyor
tanish madaniy ramzlardan — do‘mbiradan, qishloq turmushidan, oilaviy
marosimlardan foydalanadi — ularni xavotirlik va og‘riq manbasiga aylantiradi.
Bunda «Dastur» nafaqat oddiy qo‘rquv, balki ijtimoiy bayonot hamdir. Unda
haqiqiy fojialar, jumladan, xotini Saltanat Nukеnovani o‘ldirganlik uchun
sudlangan sobiq vazir Kuandyk Bishimbayеvning butun dunyoni larzaga
solgan jinoyati haqidagi aks-sado eshitiladi.
«Ot» (Qirg'iziston, 2024)
Hikoyaning markazida — qirg‘iz qishlog‘i, u yerda bolaning o‘limidan va
uyda sodir bo‘lgan yong‘indan keyin odamlar shaytonlar haqida shivirlasha
boshlaydi. Xurofotlar ortida haqiqiy jinoyatlar yashiringani asta-sekin ma’lum
bo‘ladi.
Radik Eshimovning qo‘rqinchli dramasi, qozoq «Dastur»ida boshlangan mavzuni
davom ettiradi. Ikkala film ham bitta muammo haqida gapiradi, ya’ni ayollarga
nisbatan zo‘ravonlik, qo‘rquv, sukunat va adolatsizlikni yashiradigan «an’analar» haqida. Ammo agar «Dastur» qasosni mistik dahshat
shakliga ko‘rsatsa, «Ot» realizm va zo‘ravonlikni qoralashni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rsatadi, bu yerda yovuzlik oxir-oqibat qonun tomonidan jazolanadi.
Syujet fojiadan boshlanadi: kichik qirg‘iz qishlog‘ida bola halok bo‘ladi
va tez orada uning oilasining uyi yonib ketadi. Qishloq aholisi uyga shaytonlar
joylashib olganini va bu uy bekalari sehr-jodu bilan shug‘ullangani uchun
shunday fojiali voqealar sodir bo‘lgan degan fikrga kelishadi. Asta-sekin film
afsonalar va mish-mishlar ortida haqiqiy insoniy jinoyatlar yashiringanligini
ochib beradi, ya’ni zo‘ravonlik, jazosizlik va qurbonlarni sukut saqlashga
majbur qiladigan uyat kabi jamiyatdagi muammolarni.
Film syujeti Akira Kurosavaning «Rasemon» kartinasi uslubida qurilgan: uch
hikoyachi — ikki erkak va bir ayol — bir xil voqealarni turlicha tasvirlaydi.
Har birining o‘z haqiqati bor va har bir hikoyada qoralashdan qo‘rqish hissi
aks etadi, «odamlar nima deydi» mashhur iborasi esa deyarli alohida
personajga aylanadi.
Tog‘li qishloq manzaralari, yorug‘lik kadrlari, xavotirli musiqa va islom
mistikasining unsurlari tomoshabinni xavotirda ushlab turadi. Ammo asosiysi —
filmda axloqiy masalalar aniq belgilangan: qurbon aybdor emas, yovuzlik
jazolanishi kerak.
«Ot» — qirg‘iz kinosi uchun jasur qadam, bu janrda kamdan-kam uchraydigan
namunadir. Bu yerda dahshat eng og‘riqli ijtimoiy mavzular haqida gapirish
usuliga aylanadi.
«Vzapеrti» ("Qamoqda") (Qozog'iston,
2023)
Syujet bo‘yicha ikki yosh yigit Maks va Kеma tasodifan xonadonda qamalib
qoladi. Bu yerda go‘yoki o‘z qonunlari bor: aloqa tutmaydi, eshiklar
ochilmaydi, vaqt to‘xtab qolgandek. Tez orada qahramonlar sharpalarni ko‘ra
boshlaydi — bu o‘tmish fojialarning qurbonlari, bu joyning mahbuslari edi.
Qochish uchun ular bu ruhlarning tinchlik topishiga yordam berishlari kerak,
ya’ni bu tuzoq-uyning egalari haqidagi haqiqat bilan yuzma-yuz kelishlari
kerak.
Aslida esa "Qamoqda" — ko‘proq qo‘rqinchli film emas, balki
muallif qo‘rqinchli narsani falsafiy, metafizik narsani kundalik hayot bilan,
mistikani esa ijtimoiy drama bilan birlashtirishga harakat qiladigan filmdir.
Bu esa tanqidchilar va tomoshabinlar uchun tushunarsiz holat. Chunki
qahramonlar "qamalib qolgan" uy qo‘rquv hissini haqiqatan ham
keltirib chiqarish uchun juda kattalik qiladi. Qo‘rqinch esa mistika, oilaviy
drama va sevgi chizig‘i o‘rtasida taraladi.
Shunga qaramay, filmning o‘z kuchli tomonlari ham bor. Birinchi navbatda —
vizual qism. Operator ishi aniq ishlab chiqilgan va qahramona o‘z aksini
ko‘radigan va cheksiz xonalar bo‘ylab yuguradigan sahnalar haqiqiy xavotirlikni
keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, final. U urg‘u berish kerak bo‘lgan ma’noli
kadrlarni, film bo‘ylab tarqalgan ramzlarni jamlagan, mistik trillerni
aybdorlik va yo‘qotish haqidagi hikoyaga, qachonlardir hafsalasi pir bo‘lgan
bola va buning oqibatlari haqidagi hikoyaga aylantiradi.
Ha, film o‘ta qo‘rqinchli emas, to‘laqonli triller ham emas. Bu Qozog‘iston
kinematograflari hali birinchi qadamlarni qo‘yayotgan janrda shakl va o‘z
usulini izlash harakatidir.
«Koshmar na otlichno» ("Аjoyib dahshat") (O'zbekiston,
2020)
«Koshmar na otlichno» — o‘zbek veb-kontеnt tarixidagi eng dadil va
ziddiyatli loyihalardan biri. Serial ijodkorlari O‘zbekistonda suratga olingan
birinchi haqiqiy qo‘rqinchli film bo‘lishini va’da qildi va kamida bitta
masalada so‘zining ustidan chiqdi: tomoshabinlar bunday kinoni ilgari aniq
ko‘rmagan.
Serial tavsifi quyidagicha: voqealar zamonaviy Toshkentda sodir bo‘ladi, u
yerda ikki jinoiy guruh — eski avlodning "oliyjanob" mafiozilari va
yangi avlodning "bezorilari" to‘qnashadilar. Ularning o‘rtasiga
tasodifan sotuvchi yigit tushib qoladi. U sotgan jomadon ichidan ayolning
parchalangan jasadi topiladi. Shu paytdan boshlab uning ortidan ov boshlanadi:
uni tutganga katta mukofot va’da qilingan. Ovga esa manyaklar, dinga
ortig‘idan berilganlar va yollanma qotillar chiqishadi.
Serial rejissyori Sultanbеk Abbasovning so‘zlariga ko‘ra, u ataylab ruxsat etilgan narsalar
chegarasida muvozanat ushlangan: kadrda zo‘ravonlik, qon, qiynoqlar, ochiq
videolar, iblislarga oid udumlar bor. O‘zbek kinosida hali bunaqasi bo‘lmagan. Serialning
o‘ziga xosligi — aqldan ozishni ko‘rsatib berishi. Har bir film qahramoni
ma’lum ruhiy kasallikni ramziy ifodalaydi, hikoyani me’yor va aqldan ozish
o‘rtasidagi chegara haqidagi allegoriyaga aylantiradi.
Serial ba’zi joylarda haddan tashqari, notekis, ba’zan ataylab tomoshabinni
shokka tushiradi. Lekin aniq esda qoladi. Kamida u Nеtflixda
chiqishi kerak edi (oxir-oqibat uni YouTubе’ga joylashtirishdi). Serialda
o‘zbek muallifi odatda e’tibor berilmaydigan narsalarni tushuntirish uchun
dahshat tilidan foydalanishdan qo‘rqmagan kamdan-kam misolga aylandi.




