«Aqldan ozgan Piyero» monospektakli
Qachon: juma/26-iyun/19:00
Qayerda: «Drugiye zveri» teatr-studiyasi, Olmachi 1-tor ko‘chasi, 37
Fransuz «yangi to‘lqini» va Jan-Lyuk Godarning filmiga murojaat. Piyero (Adrian Uge) va Marianna (Mariya Tixomolova) bir vaqtning o‘zida ikki tilda — fransuz va rus tillarida gaplashadilar. Spektaklda yengillik kuchayib borayotgan fojiaviylik bilan yonma-yon turadi. Mavsumning yakuniy namoyishi: teatr «Piyero»ni 16-iyuldan 25-iyulgacha Avinyon festivaliga olib boradi.
Bron: @misanthropic_toad / +998993465117
Narxi: 100 000 so‘m
Foto: Anna ShishkinaYashil Uyim ekologik festivali
Qachon: shanba/27-iyun/soat 12:00 dan
Qayerda: Alpine Land, Yalang‘och massivi, 63
Ekologiyaga bag‘ishlangan oilaviy festival: iqlim haqida ma’ruzalar, DJ-set, jamoaviy o‘yinlar, she’riyat kechasi va ekspertlar bilan uchrashuvlar. Bolalar uchun — ilmiy tajribalar, robototexnika va mahorat darslari. Maydonda eko-yarmarka, kitob va narsalar almashish uchun svop-zona, batareyka va plastik qabul qilish punkti, sekond-xend market va fudtrak ishlaydi.
Narxi: 30 000 so‘mdan
Manba: Telegram @yashil_uyimGrande Amore konserti
Qachon: shanba/27-iyun/19:00
Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi GABT, Zarafshon ko‘chasi, 28
O‘zbekiston xalq artisti va o‘zbek opera sahnasining yetakchi lirik tenorlaridan biri Samandar Alimov sevgi va vokal san’atiga bag‘ishlangan konsertni taqdim etadi.
Narxi: 77 000 so‘mdan
NepruK — Live Electronic Show
Qachon: shanba/27-iyun/19:00
Qayerda: Sahna klubi
Jonli ijro, etnik ohanglar va zamonaviy saund kesishmasidagi elektron performans. Asosan — bas-gitara, uning atrofida elektronika, saksofon, doira va improvizatsiya quriladi. Maxsus mehmonlar — Oybekjon Tullayev va Alexey Diakov.
Narxi: 80 000 so‘mdan
San'at sohasiga endi kirib kelganlar uchun «Eng mashhur rassomlar» san’at intensivi
Qachon: shanba/27-iyun/12:30
Qayerda: Manor Hotel, Taras Shevchenko ko‘chasi
San’at tarixidagi eng mashhur rassomlar dunyosi bo‘ylab 3 soatlik sayohat — nafis Uyg‘onish davridan XX asrning dadil tajribalarigacha, Bottichellidan Pollokgacha. Ma’ruzachi —
san’at tarixi o‘qituvchisi Natali Novik. 20 o‘rin. Narxga intensiv, otkritkalar to‘plami va materiallar kiradi.
Telegram-akkaunt orqali yozilish: @nathalienovik
Narxi: 350 000 so‘m
«Naqsh hunarmandchilik maktabi»da ochiq eshiklar kuni
Qachon: juma/26-iyun/15:00–16:00
Qayerda: «Naqsh hunarmandchilik maktabi»
Maktabning yangi diplom dasturi taqdimoti, ustaxonalar va ko‘rgazma maydonlari bo‘ylab ekskursiya, o‘qituvchilar bilan uchrashuv. Dasturga savol-javob sessiyasi kiritilgan bo‘lib, unda ma’ruzachilar qabul, portfoli va ariza topshirish muddatlari haqidagi savollarga javob beradilar. Shuningdek, tajriba dasturining beshinchi moduli bitiruvchilarining yakuniy ishlari taqdimoti va guruh surati bilan sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Kirish bepul
«San’atdagi komiklar» komediya-madaniy shousi
Qachon: yakshanba/28-iyun/19:00
Qayer: Sahna stand-up Club
San'atshunos Natalya Novik jahon san'ati durdonalarini namoyish etadi, antik haykallarning nozik detallari va o'rta asr rangtasviridagi odobsiz pasxalkalar haqida so'zlab beradi, shuningdek, zamonaviy performanslar nima uchun tomoshabinni uyaltirishini tushuntiradi. Sahnada komiklar Yekaterina Kabulova va Umid Nurxonov ham bor. Mavzu: 18+.
Narxi: 50 000 so'mdan
RRT Team bilan Social Ride
Qachon: shb/27-iyun/soat 6:00 da yig'ilish
Qayer: "Rassvet" qahvaxonasi, Chimkent ko'chasi, 17
RRT Team jamoasi bilan 50 km lik guruhli velosiped poygasi. Ishtirokchilar tezlik bo'yicha ikki guruhga bo'linadi — 23–25 km/soat va 27–30 km/soat, yo'nalishda kuzatuv bor, shuning uchun har kim o'z tezligida yurganida, ortda qolib ketganida yoki adashib qolganida xavf bo'lmaydi. Dam olish kunlarini faol boshlash va yaxshi jamoada masofa o'tishni xohlovchilar uchun ayni muddao.
Kirish bepul
Vinil Networking
Qachon: shb/27-iyun/18:00–22:00
Qayer: Joydaman
Haftalik vinil kechasi: mehmonlar o'z plastinkalarini olib kelishadi yoki muassasa kolleksiyasidan tanlashadi. Kecha musiqa, suhbatlar va taomlar bilan o'tadi — shanba oqshomini shovqinsiz o'tkazishni xohlovchilar uchun ayni muddao.
Kirish bepul
D. Nesterenkoning "Yevgeniy Onegin" kitob klubi
Qachon: jm/25-iyun/19:00
Qayer: "9 Muza" san'at maydoni, Muqanna berk ko'chasi, 18
Pushkin romanini klub formatida, akademik ma'ruzasiz, suhbat va birgalikda kitob o'qishga urg'u berib tahlil qilish. Boshlovchi — D. Nesterenko.
Narxi: 200 000 so'm
V. Filipenko bilan uy o'simliklarini ko'chirish bo'yicha mahorat darsi
Qachon: shb/27-iyun/16:00
Qayer: "9 Muza" san'at maydoni, Muqanna berk ko'chasi, 18
Amaliy mahorat darsi: ishtirokchilar uy o'simliklarini to'g'ri ko'chirishni o'rganadilar va o'z o'simliklarini uyga olib ketadilar. Narxga mahorat darsini o'tish uchun barcha materiallar kiradi.
Narxi: 350 000 so'm
Manba: Gamediving.ruD. Nesterenkoning adabiyot bo'yicha ma'ruzasi "Axmatova Toshkentda"
Qachon: ya/28-iyun/15:00
Qayer: "9 Muza" san'at maydoni, Muqanna berk ko'chasi, 18
Anna Axmatovaning Toshkent davri — evakuatsiya, mahalliy shoirlar bilan do'stlik va urush yillarida shaharda yozilgan she'rlar haqida ma'ruza.
Narxi: 300 000 so'm
Davlat akademik katta teatrda Yoshlar orkestri konserti
Qachon: psh/2-iyul/19:00
Qayer: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, Zarafshon ko'chasi, 28
Dasturda jahon klassikasi durdonalari va taniqli bastakorlarning asarlari teatrning Yoshlar orkestri ijrosida taqdim etiladi. Katta teatrning yosh musiqachilari teatrning asosiy tarkibi bilan bir xil repertuar bilan sahnaga chiqadi.
Narxi: 110 000 so'm
Manba: Pixabay«Romeo va Julyetta» spektakli
Qachon: yak/28-iyun/19:00
Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi
Davlat akademik katta teatri, Zarafshon ko‘chasi, 28
Sergey Prokofyevning Shekspir tragediyasi asosidagi baleti — XX asrning eng ko‘p ijro etiladigan balet partituralaridan biridir. Ikki oila o‘rtasidagi adovat fonida Romeo va Julyettaning sevgi hikoyasi birorta so‘zsiz raqs va musiqa orqali hikoya qilinadi.
Narxi: 77 000 dan 220 000 so‘mgacha
«Bayaderka» baleti
Qachon: juma/26-iyun/19:00
Qayerda: Alisher Navoiy nomidagi
Davlat akademik katta teatri, Zarafshon ko‘chasi, 28
Lyudvig Minkus musiqasiga yozilgan balet — jahon klassik xoreografiyasining asosiy asarlaridan biridir. Sevgi, sadoqat va fojiali taqdir hikoyasi qadimiy Sharq manzaralarida, hashamatli liboslar va klassik repertuarning mashhur sahnalari bilan namoyon bo‘ladi.
Narxi: 77 000 so‘mdan