«Musiqa bilan bolalikdan yonma-yonmiz»
Bu sanada katta bayramni his qilyapman, deb aytolmayman. Lekin men uchun bu yaxshi kun, chunki u o‘zimni bag‘ishlagan kasbga butun jahon e‘tiborini qaratadi. Shuningdek, bu yaqinlarim bilan uchrashish va farzandlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya setini o'ynashdan mamnun bo'lish uchun ham yaxshi sababidir.
Meni bu kasbga bolalikdan boshlangan ko‘p holatlar olib keldi. Bizning ijodiy oilamizda har doim musiqa yangrar edi. Olti yoshlimda vinil plastinkani qo‘llarimning izini qoldirmasdan ehtiyotkorlik bilan aylanib turgan diskka qo‘yishni bilardim. O‘sha paytning o'zida musiqani farqlay boshladim: fransuz shansonini jaz yoki, masalan, Volfgang Amadey Motsartning klassik asarlaridan ajrataishni bilardim.
Keyin musiqa maktabida o'qidim. Fortepiano bo'limida etti yil, klassik gitara bo‘yicha ikki yil. 1994-yilda 14 yoshda bo‘lganman, o'shanda birinchi marta bolalar lagerida radio rubkasida ishlashni boshladim va kechqurunlari "Elektronika-322" magnitofonida audio kassetalardan raqs maydonchasida musiqa qo‘yib berardim. O‘sha paytda men hali DJlik va miks qilish nima ekanligini bilmasdim. lekin o'sha paytning o'zida DJ Bobo va Haddawayning birinchi albomlari yangrar edi.
Keyinchalik "Ilhom" teatri qoshidagi Dramatik san'at maktabida o'qidim. U yerda vokal va raqs bilan shug‘ullandim, musiqiy spektakllarda qatnashdim, zarbli cholg'u asboblari va fortepiano chaldim. Musiqa meni har tomondan o‘rab turardi.
Bularning barchasi asta-sekin DJ bo‘lish uchun zarur bo‘lgan narsalarni shakllantirdi, ya'ni ritm, takt, uyg'unlik va eshitish qobiliyatini.
Bernar Nazarmuhamedov
Musiqiy did uskunalardan muhimroq
Albatta, mening didimga ta'sir ko'rsatgan burilish nuqtalari esimda qoldi. Ulardan biri 1989-yil bo'lib, o'shanda Maykl Jeksonning "Thriller" albomi qo'limga tushib qoldi. O'shanda men "Billie Jean" trekini umrbod sevib qoldim.
Uni balandroq qo'yib eshitib ko'ring va nafaqat qo'shiqqa, balki uning tuzilishiga diqqat bilan quloq soling. Bas chizig'iga, pedlar qanday kirib kelishiiga, gitara asta-sekinlik bilan qo'shilishiga, dram-sektsiya qanday qurilganiga e'tibor bering. Bek-vokal va alohida vokal tovushlari qanday ishlayotganiga quloq soling. O'shanda hamma narsa qanchalik oddiy va aql bovar qilmas darajada mohirona qilinganiga hayron bo'lasiz, aynan shuning uchun ham bu trek bugungi kungacha millionlab odamlarning qalbiga yo'l topmoqda.
Trekning tuzilishini tushunish qobiliyati tajriba bilan keladi. Bu ishda eng muhimi musiqani tinglashni to'xtatmaslik va qaysi jihatlar "badanni jimirlatishini" tahlil qilishdir.
Yana bir muhim voqea keyinroq, 1997-yilda sodir bo'ldi, men "Ilhom"da o'zimning birinchi kechalrimni tashkil qila boshlagan vaqtimda. O'shanda men do'stim va ustozim Gleb Deev bilan tanishdim, u mening musiqiy ongimni butkul o'zgartirdi. Men juda ko'p uslublarni kashf qildim va eng muhimi, yurakni titratadigan va ruhimning chuqur qatlamlariga kirib boradigan uyg'unlikni farqlashni o'rgandim. Ma'lum bo'lishicha, shunchaki jazz emas, balki Nu-Jazz, Acid Jazz, Future Jazz, Jazz House bor: tbular tovushning butun bir olami. O'sha paytda CD-disklar paydo bo'la boshladi va mening musiqiy kolleksiyam ham, musiqiy ongim ham kengaya boshladi.
Bernar Nazarmuhamedov
Texnika: boshlanichda nima kerak bo'ladi?
Mening birinchi uskunalarim Behringer DJM-600 mikseri va Pioneer CDJ-200 pleeri edi, aynan ular bilan treklarni aralashtirishni o‘rgandim. Menda CUE ni qanday to‘g‘ri o‘rnatish, Low/Mid/High ekvalayzerlarni qanday holatda ushlash va qachon krossfeyderni ko‘tarish kerakligini tushuntiradigan murabbiy yo‘q edi. Hammasiga mustaqil ravishda erishishga to‘g‘ri keldi.
Men soatlab turli klublardagi didjeylarning ishini kuzatib, keyin takrorlashga harakat qilardim, urinishlar va xatolar yo‘lidan bordim. Albatta, hozir hamma narsani texnika yordamida bitta sync tugmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin, lekin men o‘zimni va tomoshabinlarni aldashni xohlamayman, men klassik harakatlar bilan ijod qilishdan ilhomlanaman, hatto kontrollerda ham. Ko‘pchilik didjey bir nechta tugmachani bosadi deb o‘ylaydi, lekin odam musiqaning qanday o‘zgarganini sezmay qolishi uchun mahorat bilan harakat qilish kerak. Bu texnikaga mashaqqatli mehnat orqali erishiladi. "Repetitsiya — muhabbatim" deyiladi teatrda. Demoqchimanki, mahoratga uzoq va tirishqoq repetitsiyalar orqali erishiladi.
Bernar Nazarmuhamedov
Men ham ba'zan shogird olaman. Lekin sinab ko'rmay turib, bu sizning yo'lingizmi yoki yo'qmi tushunib bo'lmaydi.
Bernar Nazarmuhamedov
Vinilda chiqadigan musiqalar ham bor. Uni didjeylarning setlarida eshitish mumkin, lekin raqamli formatda u hech qachon chiqmasligi mumkin. Men bunday remiksni yigirma yil davomida izladim. Uni sotib olish mumkin edi, lekin faqat vinilda. Oxir-oqibat, do'stlarim menga bu plastinkani sovg'a qilishdi.
Vinilda ishlashni xohlasangiz butun dunyo bo'ylab vinil do'konlarini doimiy monitoring qilib borish, pley-listni yangilash uchun oyiga kamida o'nta plastinka sotib olish zarur. Keyin esa narx va yetkazib berish masalasi qoladi.
Arzon "raqamli" musiqaning mavjudligi va sync tugmasi tom ma'noda sahnaga juda katta raqobatni olib keldi. "300 mingga" ishlaydiganlar ko'p. Lekin vaqt o'tishi bilan tomoshabin baribir eksklyuziv sifat va didni farqlay boshlaydi. Faqat qat'iyatli, maqsadli va kundalik mehnat natijaga olib keladi. Juda siyqasi chiqqan gap bo'ldi, shunday emasmi?
Bernar Nazarmuhamedov
Klubga birinchi chiqish
Men har doim yangi setlar tayyorlayman. Avval ro'yxatlarni diqqat bilan tuzaman, treklarni tanlayman, so'ngra dinamika va uslub bo'yicha setni shakllantiraman.
Bernar Nazarmuhamedov
Tayyorgarlikka qaramay improvizatsiya uchun har doim joy topiladi. Chunki DJ zalni, odamlarning kayfiyatini va reaksiyasini kuzatishga majbur, trekning yoqmaganini his qila olishi va uni to'g'ri almashtira olishi kerak.
Unda ko'tarilishlar va pastga tushishlar bo'lishi kerak. Ikki soat davomida qattiq texno musiqa qo'yib bo'lmaydi. Hatto jo'shqin to'plamda ham o'tishlar bo'lishi kerak, ya'ni odamlar nafasni rostlab, dam olishlari uchun.
Bernar Nazarmuhamedov
Kasbning eng qiyin tomoni
Teatrda ham, musiqada ham men uchun hamma narsa men kayfiyat yarataman, go‘zallikni ulashaman va fikrlash jarayonlarini boshlayman, degan ishonchga asoslanadi. Men orqali huzur-halovatga cho‘milish lahzasi yaratiladi, ya'ni go‘zallikning sof g‘oyasi. Bu oson meditativ holat orqali ilhomning tug‘ilishi.
Ohang orqali raqsga cho‘milish kecha paydo bo‘lmagan. Qadimgi ajdodlarimiz ongni tozalash uchun musiqaning trans holatiga kirishgan. O‘ylab ko‘ring, nega siz raqsga tushasiz yoki shunchaki Techno, Drum’n’Bass, Funk, Disco yoki Melodic ritmiga bosh chayqaysiz.
Bernar Nazarmuhamedov
Biz tirik Ruhlarimiz, va shubha soatlari kamdan-kam bo'ladi. Bunday lahzalarda men ildizlar va ustalarga murojaat qilaman. Hozir House va Techno tarixining kelib chiqishi haqida juda ko'p adabiyot mavjud. Sevimli kitoblarimdan biri — Loran Garnye'ning «Elektroshok». Tavsiya qilaman.
Bernar Nazarmuhamedov
Kasb qanday o'zgardi
Men shaxsan, bizning shahrimizda 2017-2018 yillarda qayta yuklash sodir bo'lgan deb o'ylayman. Elektron musikaning yangi rivojlanish bosqichi boshlandi va House va Techno yangi ohangda yangradi.
O'sha paytda men va do'stim DJ Arthur Davidson elektron raqs musiqasi haqida radio dastur yaratishni o'ylab topdik. Shunday qilib, Maxima 105.4 FM radiosida Electro Esthetic Radio Show paydo bo'ldi. Arturning matonati tufayli dastur hali ham chorshanba kuni soat 22:00da efirga uzatiladi.
Bernard Nazarmuhammadov
2019-yilda ko‘plab musiqachilar, DJlar, eksperimentatorlar va o‘z fikrdoshlarim — Minas Connect, Potrvcheno, Farro Garsia — bilan birgalikda United Underground / IlhomElectroFestning dastlabki festivallaridan birini o‘tkazdik. O‘sha yerda men ilk bor elektron musiqa va dramatik san’atni birlashtirdim. Hozirgi kunda bu yo‘nalishda yozilgan bir nechta ssenariylarim bor.
Bernar Nazarmuhamedov
DJ likni endi boshlayotganlar uchun tavsiyalar: nima uchun oldinga harakat qilish muhim?
Avval fortepiano ustida eskizlar, keyin yangi DAW.ni o'rgandim. Didjeylikdan tashqari yana bir kasbga ega bo'lishingizni tushunish — ajoyib hissiyot. Yangi relizlar 2025-yil boshidan asta-sekin chiqa boshladi. Ko'proq haus musiqasi jalb qiladi, lekin janr palitrasi juda keng.
Men Ableton labirintlariga sho'ng'ishni davom etyapman. Oldinda ko'p muvaffaqiyatlar, g'oyalar va musiqa kutmoqda. Maqsad va vazifalar belgilandi. Kayfiyat a'lo, harakat davom etmoqda — buni hammaga tilayman.
Bernar Nazarmuhamedov
Nima uchun bu kasbga borish kerak?
Sevimli treklarimni omma uchun, odamlar uchun qo'yish istagi. Men efirga qo'ygan trek ritmiga kimdir boshini chayqaganini ko'rib, ulkan zavq olish.
Bernar Nazarmuhamedov
Tikanlar osha yulduzlarga!
Bernar Nazarmuhamedov





