2019-yilda bir
nechta do‘stlar kichik qahvaxonada uchrashishdi – o‘shanda ularning hamjamiyati
bir necha yildan so‘ng yuz nafar ishtirokchiga aylanishini va Toshkentda yangi
ijodiy ekotizimning o‘zagiga aylanishini hech kim tasavvur qilmagan edi.
“Ijodiy soha
mamlakatga sanoatdan kam daromad keltirmasligiga ishonamiz. Ammo buning uchun
tavakkal qilishga tayyor turganlarga
imkoniyat berish kerak”, – deydi tashkilotchilar.
Shu tarzda, bugungi
kunda shahar madaniy jarayonlarining katalizatori deb atash mumkin bo‘lgan MOC
makoni paydo bo‘ldi. “Biz filmlar namoyishi va kichik uchrashuvlardan
boshlaganmiz. Asosiy maqsadimiz, ko‘pincha g‘oyalarini amalga oshirish uchun
joy topa olmaydigan odamlar – musiqachilar, rassomlar, dizaynerlarni
birlashtirish edi”, – deya eslashadi asoschilar.
Biz qanday qilib
MOC oddiy hamjamiyatdan kreativ xabga aylanganini, erkinlik hissini saqlab
qolgani haqida ham bilib oldik. Ushbu erkinlikni jamoa tadqiqot deya qabul
qilgan. Vaholanki, baʼzi birovlar buning mohiyatini hali ham anglab yetgan emas.
To‘liq video YouTube
kanalimizda
