Naqshlar haqida tushuncha

Odamlar orasida Toshkent qadimdan faqat savdo-hunarmandchilik shahri edi, u me’morlar va rassomlarning asarlaridan mosuvo bo‘lgan, degan fikrlar mavjud. Lekin bu xato xulosa: Afrosiyob va Varaxshadagi kabi Qonqa va Shohruxiya xarobalarida ham moddiy madaniyatning rivojlangan shakllari mavjud bo‘lgan, faqat Qonqada arxeologlar devoriy rasmlarni nisbatan kechroq topishgan.
Tarixchi Oleg Grabar, o‘z navbatida, islom san’atining o‘ziga xosligi ilohiy mukammallik, Xudo yaratgan go‘zal dunyo g‘oyasini ifodalash uchun eng munosib vosita bo‘lgan mavhum nafis naqshning ustuvorligi bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. Bino devorlari va qo‘lyozma kitoblar sahifalari, matolar va gilamlar, qurollar va idishlarni qoplagan naqshlar nafaqat bezak, balki muqaddas ma’nolarni o‘z ichiga olgan va naqshlarni ramziy o‘qish, ichki, muloqot va mushohada, hatto meditatsiyaga qaratilgan.
Pokistondan Ispaniyagacha tarqalgan islomiy naqsh namunalari Toshkentda Xiva va Samarqanddagidek qadimiy emas. Ularning aksariyati XX asrda, tarixiy binolarni rekonstruksiya qilish jarayonida eski chizmalar bo‘yicha yaratilgan. Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalari, Yunusxon maqbarasi shular jumlasidan. Zamonaviy me’morchilikda ham e’tiborga loyiq namunalarni ko‘rish mumkin, masalan, yangilangan Suzuk ota majmuasida va yangi Minor masjidida.
И речь идёт не только об орнаментах, выполненных из обожжённых глазурованных плиток. В Ташкенте есть замечательные образцы резьбы по дереву в частности, двери Музея истории Тимуридов и Шейхантоурские ворота в Музее истории Ташкента. Один из самых ярких примеров резьбы по ганчу декор на фоне зеркал в Бухарском зале Государственного академического Большого театра имени Навои.
Gap faqat olovda kuydirilib sirlangan plitkalardan yasalgan naqshlar haqida ketmayapti. Toshkentda yog‘och o‘ymakorligining ajoyib namunalari mavjud, xususan, Temuriylar tarixi muzeyi eshiklari va Toshkent tarixi muzeyidagi Shayxontohur darvozasi. Ganch o‘ymakorligining eng yorqin namunalaridan biri Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrining Buxoro zalidagi oynalar fonidagi bezakdir.
Shuningdek, buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich Romanov saroyida va O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida yog‘ochga bo‘yoq bilan chizilgan naqshlar bor.
Toshkentda “Jasorat” monumenti atrofidagi granit plitalarga o‘yib ishlangan naqshlarni ham ko‘rish mumkin. Biroq, bu islomiy naqsh emas, balki 1966-yilgi zilziladan keyin shaharni tiklashda ishtirok etgan turli respublikalar xalqlarining naqshlari.
Xalq naqshlariga do‘ppi va so‘zanalarga tikilgan kashtalar, lagan, stol va kitob muqovalaridagi naqshlar ham kiradi.
Turkiston davridagi binolar, boshqa zamonaviy inshootlar, masalan, sobiq “Inturist”da quyoshdan himoyalovchi chiroyli shakldagi panjaralar hamda devorlardagi bejirim terilgan g‘ishtlar ham san’at namunalari hisoblanadi va naqshli merosning bir qismidir.
Va  nihoyat, poytaxtning asosiy xazinalaridan biri — uylar, sovet modernizmi obyektlari va metro bekatlaridagi mozaikalardir. Aynan ular ko‘p jihatdan Toshkentning o‘ziga xos vizual qiyofasini shakllantiradi va butun dunyodan sayyohlarni jalb qiladi.
Sharqiy davlatlarning musulmon badiiy an’anasida cheksiz o‘zgarishlarga ega bo‘lgan ikkita asosiy naqsh turi ajralib turadi: bu islimi, ya’ni o‘simliksimon va girih geometrik shakl.
Girih Xudo tomonidan yaratilgan olamning ilohiy ibtidosi va mutlaq mukammalligini qat’iy geometrik aniqlik orqali ramziylashtirsa, islimi insonga xos, tabiiy, jonli timsolni ifodalaydi. Islimi — egri chiziqlar, kamonsimon, to‘lqinli va jingalak shakllar, gullar va toklar tasviri. Girih esa to‘g‘ri va ko‘p burchakli uzluksiz shakl-to‘r va tugunlarni birlashtirib, g‘ayritabiiy aniq naqsh ritmini hosil qiladi.
Har ikkala naqsh qat’iy matematik formulalar asosida hisoblab chiqilgan bo‘lib, ularning shakllari va kompozitsiyalari cheksiz xilma-xildir.
Maqolaning davomini bu erda o'qing: