Ernest Kurtveliyevning Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga uyushtirgan foto sayohati bu yerda hech qachon bo‘lmagan odamlarda ham sog‘inch hissini uyg‘otadi. Unda sayyohlik o‘yin-kulgilari va bayram mushakbozliklari bo‘lmagan haqiqiy hayotning jozibasi aks etgan, bu holatni to‘xtatib, mangu saqlab qolish mumkin emas, lekin tasvirga olish mumkin. To‘laqonli kadrlar ortida haqiqiy millat vakillarining hikoyalari yashiringan.
image
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Thumbnail 5
Baxmal tumani O‘zbekistondagi eng sersuv olmalari bilan dong taratgan. Bir paytlar ular mana shu hosildor zamindan to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh kotiblar dasturxoniga uzatilgan bo‘lsa, hozir bu mintaqa iqtisodiyotining asosi. Tuman nafaqat meva eksporti, balki turizm orqali ham yaxshigina daromad topadi.
G‘arq pishgan olmalardan tashqari, Baxmal bir nechta muqaddas joylari bilan mashhur bo‘lib, ular orasida afsonaviy “Besh panja” shifobaxsh suvi manbai bo‘lgan “Novqat ota” qadamjosi ham bor. Bu yil kuzda bu yerda Olma festivali bo‘lib o‘tdi, unda fermerlar va agroxoldinglar innovatsiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qilishdi.
Yuqori tog‘ yo‘li orqali Baxmal tumani mamlakatning asosiy dam olish maskanlaridan biri bo‘lgan Zomin bilan bog‘langan; bu yo‘l atigi 5 yil oldin ochilgan va hozir bu yerda turistik zonalar infratuzilmasi qurilishi boshlanmoqda. Azaldan shu yerda keng tarqalgan arxarlar vahimaga tushib, yaqinlashib kelayotgan sivilizatsiyadan qochgan holda, o‘zlari uchun yangi xilvat joylarni izlashga tushgan. Lekin yaqin-yaqingacha bu yerda hayot boshqacha edi.
Fotoesse bizni yaqin o‘tmishga, arxarlar hali g‘am-tashvishni bilmagan, daraxtlar katta-katta bo‘lgan, yerlar hali o‘zlashtirilmagan davrga yetaklaydi.
2011-yilning bahorida Jizzaxda ko‘pkarini tasvirga oldik. Baxmalga borishni rejalashtirmagan edik. Lekin odatga ko‘ra, bayram mehmonlaridan biri bilan gaplashib qoldik va u bizni tug‘ilgan qishlog‘iga taklif qildi. Bu tuman ma’muriy markazi Usmatga yaqin tog‘dagi qishloq edi. Yetib borsak, Navro‘z bayramiga tayyorgarlik avjida. Bu qishloqdagi asosiy an’analardan biri go‘sht va bug‘doydan to‘yimli va juda mazali taom halim tayyorlash ekan.

Ernest Kurtveliyev

Tadbirda Baxmalda yashovchi 1500 ta oilaning hammasi qatnashadi. Jarayonning tantanavorligi tahsinga loyiq: butun qishloqdan olib kelingan mahsulotlar taxlanadi. Halim pishirish jarayoni kechqurun boshlanadi. Har xil joylarga qo‘yilgan qozonlar oldida faqat erkaklar turishibdi. Hangomalar avjida, ular xalq sayillariga ulanib ketadi.
Bu atrofda boshqa hech qayerda halim pishirishmaydi, chunki bu mashaqqatli ish. Ko‘pchilik retseptni bilmaydi yoki tayyorlashga erinadi. – Halim tayyorlashning qiyinchiligi shundaki, uni bir kecha-kunduz davomida uzun va yo‘g‘on tayoq bilan doimiy aralashtirib turish kerak, aks holda taom kuyib ketadi.Halim boshqa joylarda ham tayyorlanadi, masalan, Urgutda. Lekin u yerda no‘xat yoki loviya qo‘shiladi. Toshkentda ham shunday qilishadi, lekin sut qo‘shib, sovuq holda tortiladi.

Ravshan domla Yo‘ldoshev, shu yerlik odam

Baxmalda bayram tadbirlari ko‘plab joylarda, butun atrof bo‘ylab o‘tkaziladi. Sovet davrida bayram diniy sarqit sifatida e’tibordan chetda qolib mahalliy aholi an’anaviy taomni yashirincha, faqat bir joyda pishirib, keyin qishloq aholisiga tarqatishgan. Navro‘zni “Navbahor” deb atash, u bilan bog‘liq, zardushtiylikkacha bo‘lgan qadimgi davrlarga borib taqaladigan marosimlarni yo‘q qilish buyurilgan. Shu tariqa, bu joylarda bayramona halim tayyorlash an’anasi yo‘qolib ketishiga sal qolgan.
image
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Thumbnail 5
Taomning tarixi haqiqatan ham qadimiy va aynan bahor bayrami bilan bog‘liq. Hamma gap bahorgi bug‘doyda. Odamlar bug‘doy ekishdan oldin u qozonga tushishi kerakligiga ishongan. Bug‘doy donlari tegirmonda ishlov berilgandan so‘ng uch qismga bo‘linadi: yirik, o‘rtacha yanchilgan va maydalangan un.
Halim mazali chiqishi uchun baxmalliklar taomga solinadigan masalliqlar miqdoriga alohida e’tibor berishadi: go‘sht, uch turdagi bug‘doy, paxta yog‘i va 5 qism suv qo‘shiladi.
Bir kun oldin so‘yib tayyorlangan qo‘y va mol go‘shtiga ertalab yirik yanchilgan bug‘doy qo‘shiladi. Suv qaynab chiqqandan keyin qattiq yanchilgan bug‘doyning birinchi qismi yumshaydi, 2-3 soatdan keyin o‘rtacha yanchilgan don solinadi. Yana shuncha vaqt o‘tgach, qozonga atala ko‘rinishidagi un va sut aralashmasi qo‘shiladi va hammasi aralashtiriladi. Taom bir kecha-kunduz tayyorlanishi kerak. Bunday texnologiyaga rioya qilinganda, go‘sht juda yumshoq, tilda eriydiganday pishadi.
Jarayonning bamaylixotir o‘tishi va jamoaviy mas’uliyat nuqtayi nazaridan halim sumalak tayyorlashni eslatadi, faqat bunda erkaklar harakat qiladi. 200 litrli qozondagi atalani to‘rt kishi aralashtiradi.
Katta qozonni to‘ldirish uchun 125 litr suv kerak bo‘ladi.
Mahalliy suv ham baxmalliklarning faxri. 1500-2000 ta xo‘jalik Baxmal tizmasidagi tog‘ tizmasidan boshlanadigan va ko‘rinishi bilan inson panjasini eslatuvchi “Besh panja” issiq bulog‘idan suv bilan ta’minlanadi. Mahalliy aholi uni “Xudoning in’omi” deb ataydi: u toza, shaffof, tarkibida ko‘plab foydali minerallar mavjud. Mahalliy avliyo Novqat otaning duosi bilan paydo bo‘lgan buloq kasal yoki farzandsizlikdan qiynalgan odamlarning so‘nggi umidiga aylanadi.
Baraka qayerdan kelishini hech kim bilmaydi. Odamlar muqaddas joyga ezgu tilak bilan tosh qoldirib ketadi. Chin dildan duo qilganlarga esa Alloh farzand yuboradi.

Ravshan domla Yo‘ldoshev

image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Bu yerda odamlar asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Bu yerning tog‘li iqlimi bir vaqtlar Olmaotaning butun Ittifoqda tanilgan olmaning “Aport” naviga munosib raqobatchi bo‘lgan va olma yetishtirish uchun mukammal sharoitlarni ta’minlagan. Mahalliy aholining faxri Baxmalning sariq va qizil olmalari rasman respublikadagi eng mazali olma deya tan olingan. Oilada o‘g‘il farzand tug‘ilsa, kelgusida oilasini boqishi, shu yerda tadbirkorlik qilishi uchun uning uchun olma bog‘i barpo etiladi. Qadimdan shunday bo‘lib kelgan. Ammo baxmalliklar faqat bog‘larni yetishtirmaydi.
Bir oilaning mehmoni bo‘lganimda butun yog‘ochdan egar yasash jarayonini kuzatish baxtiga muyassar bo‘lganman. Ko‘pkari uchun mo‘ljallangan sport egarlari poyga vaqtida yaxshi amortizatsiya bo‘lishi uchun shunday tuzilishga ega. 

Ernest Kurtveliyev

Mehmonlar yangi yil taomining tayyorlanishini ko‘rish bilan birga ko‘plab qadriyatlarga guvoh bo‘lishdi. Bahorda qishloqlarda sunnat to‘ylari o‘tkazilib, kelin salomlar o‘zgacha o’tadi: bu hayot o‘z maromida davom etayotganidan dalolat beradi.
Yana halimga qaytamiz.
Bayramona halimni faqat yog‘och qoshiqda yeyish tavsiya etiladi. Bu an’ananing juda muhim qismi. Ularni shu yerning o‘zida, payrahalardan randalashadi. Taom yuzida paydo bo‘lgan yog‘ qavatiga qarab, uning tayyorligini aniqlasa bo‘ladi. Bu degani, bug‘doy paxta yog‘iga to‘yinsa, o‘zidan ortiqcha yog‘ni chiqarib yuboradi. Halim, albatta, issiq holda yeyiladi.
image
image
image
image
image
image
image
Thumbnail 1
Thumbnail 2
Thumbnail 3
Thumbnail 4
Thumbnail 5
Thumbnail 6
Thumbnail 7
Aytishlaricha, hozir boshqa qishloqlarda ham baxmalliklar mahoratini o‘rganishga harakat bor va ularning retsepti bo‘yicha halim tayyorlash boshlangan, lekin baribir bu yerning halimi boshqacha.
Baxmalliklar o‘z yurtini tabarruk deb biladi. Ba’zan shaharlarda Navro‘z nafaqat bahorgi teng kunlik bayrami, balki dala ishlarining boshlanish vaqti ekanini unutib qo‘yamiz. Shu tarzda aholi hayoti charxpalagi davom etadi – yana yaylovga poda haydash, yerga ishlov berish, daraxt ekish, bolalarni katta qilish. Bayram esa... Bayram belgilangan vaqtda takrorlanadi. Faqat an’analarni unutmasak bas.