Eksperimental stend-ap shou «Qoralamalar»

Qachon: juma / 10-iyul / 22:00
Qayerda: SAHNA Stand-Up Club, Matbuotchilar ko'chasi, 17
Komedianlar Umid Nurxonov, Shaxrom Shukurov va Danya Fazal yangi hazillarini to'g'ridan-to'g'ri sahnada sinab ko'rishadi: material real vaqt rejimida tomoshabinlar reaktsiyasiga qarab tahrirlanadi va qayta yoziladi. Har bir namoyish o'ziga xos bo'lib, muvaffaqiyatsiz chiqqan hazillar boshqa takrorlanmaydi. Chiptalar telegram orqali: @sahnastandup_bot yoki telefon raqami: +998 95 545-03-03
Narxi: 30 000 dan 60 000 so'mgacha

«RETRO EMAS» musiqa kechasi

Qachon: juma / 11-iyul / 19:00
Qayerda: SAHNA Stand-Up Club, Matbuotchilar ko'chasi, 17
«Ne Xoroshiy Orkestr» va «Prosto Oripov» o'tgan yillarning rok va pop hitlarini yangi arranjirovkalarda ijro etadi. Repertuarda — «Kino», «Korol i Shut», «Nautilus Pompilius», Zemfira, «Alyans», Kipelov, «Yalla», «Otpetye Moshenniki». Chiptalar telegram orqali: @sahnastandup_bot yoki telefon raqami: +998 95 545-03-03
Narxi: 100 000 dan 400 000 so'mgacha
Manba: yallaofficial.ru

«Yoz ritmi» konserti

Qachon: juma / 11-iyul / 18:00
Qayerda: Operetta teatri, Chilonzor-Ts, Chopon-Ota ko'chasi
O'zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatrining yozgi konserti. Ma'lumot uchun telefon raqamlari: +998 90 052-65-62, +998 71 273-85-91
Narxi: 55 000 dan 77 000 so'mgacha
Manba: Afisha.uz

Ingliz tilida kitob klubi — yozuvchi Gulchehra-Begim Mahmudova bilan uchrashuv

Qachon: yakshanba / 12-iyul / 13:00
Qayerda: Respublika bolalar kutubxonasi, Yahyo G'ulomov ko'chasi, 47
Gulchehra-Begim Mahmudova — san'atshunoslik fanlari nomzodi, prodyuser va «Zamonlar ruhi haqida afsona» nomli bolalar kitoblari seriyasining muallifi. Yozuvchi bilan birga mehmonlar «Zamon Ruhining sayohatlari» kitobidan parchalar o'qiydi: unda qahramonlar Xivada qadimiy afsunni topadi va Semurg' qushida malika Tomiris, yosh Amir Temur va tabib Ibn Sino bilan uchrashadilar. Tadbir 6–10 yoshli bolalar va ularning ota-onalari uchun mo'ljallangan.
Kirish bepul, ro'yxatdan o'tish talab etiladi

«Art-Bozor» ko'rgazma-yarmarkasi

Qachon: yakshanba / 12-iyul / 10:00
Qayerda: AZIMUT Grand Hotel Tashkent, Amir Temur prospekti, 107A
Muallif buyumlari, rassomlar asarlari va mahalliy brendlar mahsulotlarining yarmarkasi. Ustalar, dizaynerlar va rassomlar bir maydonda.
Kirish bepul

Peru madaniyati kechasi «And musiqasi va inklar merosi»

Qachon: yakshanba / 12-iyul / 18:00
Qayerda: Human House Gallery, Ivliev ko'chasi, 43
Braulio Salas Mayta tomonidan autentik peru cholg'u asboblarida jonli musiqa — Janubiy Amerikadan tashqarida kamdan-kam yangraydigan And an'anaviy kuylar. Parallel ravishda César Villalobos an'anaviy peru tibbiyoti, inklar merosi va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan amaliyotlar haqida so'zlab beradi.
Telegram orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi: @hhuzevent yoki telefon raqami: +998 93 580-88-31
Kirish bepul

Nukus89 da San'at muzeyi

Qachon: yakshanba / 12-iyul / 11:00–00:00
Qayerda: Nukus89, Nukus ko'chasi, 89
Zamonaviy san'at kechasi: ko'rgazma, ijodiy installyatsiyalar, art-makonlar, fotozonar va rassomlar, dizaynerlar hamda media vakillari bilan networking. So'ngra — DJ-set bilan after party. Kiyim kodi: Elegant / Art Chic.
Telefon raqami orqali ro'yxatdan o'tish: +998 50 756-39-33
Narxi: 250 000 so'm eshik oldida

Yashil bozor

Qachon: yak/12 iyul/15:00–21:00
Qayerda: Joydaman
Uy o'simliklari muxlislari uchun bozor: novdalar almashinuvi, o'simliklar va ko'chatlar sotib olish, hamfikrlar bilan suhbat. Kirish bepul, Joydaman profilidagi havola orqali oldindan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.
Kirish bepul
Manba: Pinterest

«Buyuk me'morlar: Ludwig Mies van der Rohe» ma'ruzasi

Qachon: pay/16 iyul/19:00
Qayerda: Laminam showroom
Kandinsky art-klubi va Laminam showrumining ochiq networking kechasi. Mies van der Rohe — Bauhausning so'nggi direktori, «Less is More» tamoyilining muallifi va XX asr shisha me'morchiligining otalaridan biri. Uchrashuvda uning tarjimai holi va modernizm g'oyalarining bugungi Toshkent me'morchiligida qanday aks etayotgani tahlil qilinadi. Interaktiv format — mehmonlar shahar qiyofasini tahlil qilishda faol ishtirok etadilar.

CTRL+ART yoshlar ko'rgazmasi

Qachon: sal/14 iyul/10:00–18:00 
Qayerda: Tasviriy san'at galereyasi (NBU), Buyuk Turon ko'chasi, 2
Yosh rassomlarning zamonaviy global o'zgarishlar haqidagi vizual tadqiqoti. Bir vaqtning o'zida Nur Art School bilan hamkorlikda «San'at ichida» maxsus loyihasi — bloggerlar va kontent-meykerlar uchun laboratoriya ishlaydi. Ma'lumot uchun: +998 71 209-80-15
Narxi: 10 000 dan 50 000 so'mgacha
Manba: NBU galereyasining Telegram-kanali

«XX asr fotoxronikasi» ko'rgazmasi

Qachon: chor/15 iyul/12:00–20:00
Qayerda: Bonum Factum Gallery, Sadiq Azimov ko'chasi, 20A
Ko'rgazmada mehmonlarni turli o'n yilliklarning arxiv plyonka suratlari kutadi: Yuriy Gagarinning Toshkentga tashrifi, eski shahar ko'chalari, konstruktivizm geometriyasi va sovet qurilishlarining industrial estetikasi.
Narxi: 15 000 so'm
Manba: Bonum Factum Telegram-kanali

Alim Maratovichning «Tortishish markazi» ko'rgazmasi

Qachon: du/13 iyul/10:00–23:00
Qayerda: Andakulova Gallery, Tashkent City Mall, 2-qavat
Akademik maktab va zamonaviy til kesishmasida rassomlik, grafika va raqamli san'at. Seriyaning manbai — Samarqanddagi Tillya-Qori madrasasining muqarnoslari bo'lib, ular shakllar, ritmlar va fazoviy o'zaro ta'sirlar tizimi sifatida qayta talqin etilgan.
Kirish bepul
Manba: Andakulova gallery Telegram-kanali